O‘zbekiston tarixi


Tarixni o’rganishning metodologik tamoyillari va manbalari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

2.Tarixni o’rganishning metodologik tamoyillari va manbalari
Tarixiy voqealarni o’rganishda to’g’ri ilmiy-nazariy metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati 
juda katta. Sovetlar davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o’qitish va o’rganish ishlari markscha - lenincha 
metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazarlardan 
yoritildi. 
Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga - eksplutator va ekspluatasiya qiluvchilar, mulkdorlar va 
yo’qsillar tarixiga bo’lindi. 
Din, diniy qadriyatlar qoralandi, buyuk olimlar, yozuvchilar ikkiga: materialistlar va idealistlarga 
bo’lindi. Dinga e’tiqod qilganlar - idealistlar deb ataldi, ularning ijodiy faoliyatini o’rganish chegaralandi, 
yosh avlodga ularni xurofat, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. Tarix fani totalitar tuzum tashviqotchisiga, 
himoyachisiga, kommunistik mafkura xizmatkoriga aylantirilgan edi.
Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, xodisalarni to’g’ri yoritishga va o’rganish uchun bir qator nazariy-
metodologik tamoyillarga tayanmoq zarur.
Dealektik usul ana shunday tamoyillardan biridir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dealektak 
jarayondir. Dialektika olam yagona, unda sodir bo’ladigan xodisalar, voqealar umumiy va o’zaro 
bog’lanishda, uzluksiz harakatda ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi deb ta’lim beradi. Dialektika uzoq tarixga 
ega, uni bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, Farobiy, 
Beruniy, ibn Sino, Spinoza, Gegel, Gersen va boshqalarning xizmati yuksakdir. Ular moddiy va ma’naviy 
dunyoni uzviy bog’liq jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz harakat qilib, o’zgarib, taraqqiy qilib 
turadigan holda, taraqqiyotning ichki bog’lanishda olib o’rganish qoidalarini yaratdilar.
Dealektik metodologiya har qanday mamlakat tarixni, shu jumladan, O’zbekiston tarixini jahon 
xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o’ziga 
xos betakrorlik xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy 
bog’lanishdadir. 
Tarixni o’rganishda tarixiylik prinsipi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni 
o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqazo etadi. Har bir voqea, 
hodisani boshqa voqealar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea hodisalarning umumiy tarixiy 
jarayonidagi o’rnini to’g’ri aniqlash mumkin bo’ladi.
Tarixiylik tamoyili xalqning o’tmishini yagona tabiiy-tarixiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamoni 
tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan 
borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali 
o’tmishini yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, hozirgi 
zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz. 
Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida xususiy mulkchilik kelib chiqadi, keyin urug’chilik 
jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo’linadi. Har bir ijtimoiy tabaqa o’z manfaati nuqtai nazaridan 
harakat qiladigan bo’lib qoldi.
Ijtimoiy yondashuv tamoyili tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga 
olgan holda o’rganishni taqozo etadi.
Mamlakatimiz tarixini o’rganishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlari, 
din, islom dinining tarixini, ularning asoschilari faoliyatini taxlil qilish nuqtai nazaridan yondoshmoq 
kerak. 


Tarixni o’rganishda metodologik tamoyillar bilan bir qatorda farqlarni taqqoslash, mantiqiy xulosalar 
chiqarish, davrlashtirish, sosiologik, tadqiqotlar o’tkazishdan ham foydalanish zarur.
Vatanimiz tarixini o’rganishda uni to’g’ri davrlashtirishning ahamiyati kattadir. Sovetlar xukmdorligi 
davrida Vatanimiz tarixini marksistik formasion g’oyaga bo’ysintirilgan holda davrlashtirildi. Barcha 
xalqlarni tarixi besh davrga: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sosializm va kommunizmga 
bo’lindi. 
XX asr oxiriga kelib butun dunyoda sinfiylik qadriyatlaridan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning 
ustunligi e’tirof etildi. 
O’zbekistonning, o’zbek xalqining boy, betakror tarixi bo’lib, uning o’ziga xos tarixiy taraqqiyot 
davrlari bor. Uni quyidagi davrlarga bo’lish mumkin. 
1. Ibtidoiy jamiyat. Qadimgi davr. 
2. O’rta asrlar davri. 
3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri 
4. Sovetlar istibdodi davri. 
5. Milliy istiqlol davri 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling