O‘zbekiston tarixi
Xorazm va Baqtriya - o’zbek davlatchiligining ilk bosqichi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
2.
Xorazm va Baqtriya - o’zbek davlatchiligining ilk bosqichi. Barcha dalili ashyolar miloddan avvalgi so’nggi ming yillik boshlarida, aniqrog’i VIII-VII asrlarda Вatanimiz hududlarida Katta Xorazm va Baqtriya nomi bilan mashhur bo’lgan davlatlar vujudga kelib, o’ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o’tganligidan guvohlik beradi. Xorazm davlati egallagan hududlar hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya’ni Marv (Turkmaniston), Hirot (Afg’oniston shimoli) atroflariga qadar ham yoyilgan. Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli «Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar-qal’alar- Qal’aliqir, Ko’zali- qir, Jonbosqal’a va boshqalar - bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat beradi. Xorazmiylar dehqonchilikda katta tajribaga ega bo’lib, ular donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug’doy, suli, arpa, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini mo’l-ko’l etishtirganliklari qayd etib o’tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan, binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi ta’minlangan. Bu ko’hna hudud bag’rida ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o’tib, saqlanib kelayotgan ko’plab asori atiqalar, shahar-qal’alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadi. Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog’-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu erdan qazib olingan qimmatbaho zumrad toshlar ishlov berilib, yuksak sifat ko’rsatkichiga etganidan keyingina u muhim tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazm zumradi Sharqning bir qator, jumladan, Eron, Xitoy, Hindiston, Misr singari mamlakatlariga ham yuborilgan. O’rta Osiyoning yana bir boshqa davlati - Baqtriya podshohligi bo’lgan. Uning tarkibiga Hozirgi Surxondaryo, Tojikiston janubi, Afg’oniston shimoli-sharqiy qismi, shuningdek Sug’diyona va Marg’iyona yerlari ham kirgan. Baqtriyadagi ko’pdan-ko’p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur shahar bo’lib mamlakatning poytaxti bo’lgan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan, unda podshoh qal’asi alohida joylashgan. «Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o’lkalardan biri bo’lgan, baland bayroqli, go’zal o’lka» sifatida ta’riflangan. Bu xildagi fikr-mulohazalar Baqtriyaning o’z davrining yirik davlatlaridan biri bo’lganligidan dalolat beradi. Ktesiy ma’lumoticha, Baqtriyaga qarashli Vaxsh vodiysi obi- hayotga mo’l-ko’lligi, unumdor yerlari ko’p bo’lganligidan, bu hududda dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan, aholi bog’dorchilik, mevachilik mahsulotlari etishtirishda omilkor bo’lgan. Qashqadaryo vohasining miloddan avvalgi VIII- VII asrlarga oid Sangirtepa, Yangitepa, Chiroqchitepa, Erqo’rg’on singari aholi manzilgohlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, bu joylarda o’troq turmush kechirgan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug’ullanganlar. Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar ko’plab miqdorda qazib olinib, ular tegishli ishlovdan so’ng yurt ehtiyoji uchun, qolaversa, xorijiy ellar uchun tayyor mahsulot holiga keltirilgan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr, Hindiston singari mamlakatlarda ham talab-ehtiyoj katta bo’lgan. Xorazm va Baqtriya davlatlarida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy jarayonlar ajdodlarimizning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo’lidan ilgarilab borib, o’z davlatchilik tuzilmalarini vujudga keltirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib borganligidan guvohlik beradi. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, shaharsozlik, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish qurollarining takomillashib borishi ulug’ bobokalonlarimiz o’lmas dahosi, salohiyatining yorqin ifodasidir. Bular O’zbekiston hududidagi dastlabki davlatchilik tarixiy tajribasining muhim jihatlari, namunalari sifatida alohida qimmatga egadir. O’z mazmun, mohiyatiga ko’ra yakka xudolik, insoniylik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g’oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas «Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga kiradi. «Avesto» kitobi mil. av. so’nggi ming yillik boshlari va o’rtalarida yashagan hududimizdagi qadimgi xalqlarning o’ziga xos turmush tarzi, xo’jalik mashg’uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu, marosimlari haqida ma’lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir. «Avesto»da tilga olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning 9 tasi O’rta Osiyoga taaluqlidir. Bular Gava (Sug’da), Xvarizam (Xorazm), Bahdi (Baqtriya); shuningdek Hisor, Pomir, Tangritog’ (Tyonshon) tog’lari, chuqur ko’llar - Kaspiy, Orol, Issiqko’l, keng daryolari - Amudaryo va Sirdaryolardir. «Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Ahuramazda tilidan shunday deyiladi: «Men Ahuramazda eng afzal makon va mamlakatlar sirasidan Ayranamvejoni, ...so’ngra sug’dlar yashovchi Gavani, keyin esa Mouruni, to’rtinchi bo’lib Baxdini, ...beshinchi bo’lib Mouru va Baxdi oralig’idagi Нisayani...yaratdim» Зardushtra o’z dini zardushtiylik g’oyalarini aholi o’rtasida tashviq-targ’ibot qilgan, bu jarayon nihoyatda qiyin, murakkab kechgan, hududma-hudud sarson-sargardon kezib yurishga majbur bo’lgan. «Avesto» 21 kitobdan iborat bo’lgan. Abu Rayhon Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta’kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to’liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug’i bilan zardo’shtiylik ibodat xonalari vayron qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Keyinroq Parfiya podshohlari Bologez I va Balgash III davrida (I-II asrlarda) «Avesto»ning qolgan-qutgan qismlari to’plangan. Sosoniylar davrida (III- IV asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga keltirilgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 kitobidan «Yasna» - « Qurbonlik keltirish», «Bisparat» - «Hamma hukmronlar», «Yasht» - « Qadrlash», «Bidevdat» - «Devlarga qarshi qonun» nomli kitoblari etib kelgan. «Avesto» ta’limoti bir tomondan, erli qabila, elatlarni turli mahalliy ko’rinishdagi bid’at va xurofotlar ta’siridan xalos bo’lishiga, ikkinchidan, mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, mustahkamlanib, etnik shakllanishiga va uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora kengayib, ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. «Avesto»dagi bosh ma’buda - ezgulik, yorug’lik, yaxshilik, baxt-iqbol xudosi Ahuramazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong’ulik, razolat timsoli - Ahriman o’rtasidagi doimiy murosasiz kurash g’oyasi zardo’shtiylik (otashparastlik) dinining asosiy mazmunini tashkil qiladi. «Avesto»da moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Er, suv, xavoni bulg’ash, olovga tupirish eng og’ir gunoh sanaladi. «Avesto» avvalgi dinlarda rasm bo’lgan insonlarni qurbonlik qilishni qat’iyan man etadi va uning daxlsizligini himoya qiladi. Зardo’sht dinida ta’kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo’lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo’qdir. Зardo’shtiy dinida olov muqaddaslashtirilgan bo’lib, u insonning baxtu-saodati ramzi sifatida ulug’langan. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling