3-mavzu. O’zbek xalqining etnik shakllanishi
REJA
5. Urug’, qabila, elat, xalq, millat tushunchalari. Turonzaminda turkiy qavmlarning azaliy etnos
ekanligi.
6. Vatanimiz hududida kechgan etnik jarayonlar. O’zbek xalqining etnik shakllanishi.
7. XV asr oxiri XVI asr boshlarida o’zbek xalqining etnik tarikibida yuz bergan o’zgarishlar.
«O’zbek» atamasi va uning keng yoyilishi.
8. Mustaqillik yillarida millatlararo do’stlik va hamjihatlikning mustahkamlanishi.
Adabiyotlar:
I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. 7. -T.: O’zbekiston, Sharq, 1998, 132-147 betlar.
I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida …. -T.: O’zbekiston, 1997. 69-85 betlar.
Abulg’oziy. Shajarayi turk. -T.: Cho’lpon, 1992.
B.Axmedov. O’zbek ulusi. -T.: Meros, 1992.
I.Jabbarov. O’zbek xalqi etnografiyasi. -T.: Qqituvchi, 1994.
K.Shoniyozov O’zbek xalqining shakllanish jarayoni -T.: Fan, 2001.
Hasan Ato Abushiy. Turkiy qavmlar tarixi. -T.: Cho’lpon, 1993.
A.Ibrohimov. Biz kim, o’zbeklar … -T.: Sharq, 2000, 55-66 betlar.
O’zbekiston tarixi. - T.: QAJBNT, 2003, 45-60 betlar.
1. Urug’, qabila, elat, xalq, millat tushunchalari. Turonzaminda turkiy qavmlarning azaliy
etnos ekanligi.
Milliy istiqlolga erishganligimizdan keyin o’zbek xalqining etnologiyasi, etnik tarixini o’rganish, haqqoniy yoritish tarix
fanining muhim va dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Negaki, mustaqillik sharofati Bilan xalqimizning o’z yurti, tili,
madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqish o’sdi. farzandlarimiz tarix ijodkori bo’lgan o’z
ajdodlari kimlar bo’lganigini, O’zbek xalqi qachon va qanday shakllanganligini chuqur anglashni, bilishni xohlaydi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida ta’kidlanganidek: «har qaysi inson
men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo’lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turish,
tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kechgan, degan savollarni o’ziga berishi tabiydir… Tarixiy ildizini izlagan odam,
albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va aminmanki, to’g’ri xulosalar chiqaradi».
Do'stlaringiz bilan baham: |