O‘zbekiston tarixi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

 
 
 
IX-X 
asrlarda 
Movarounnahr 
xududlariga kelib o’rnashgan turkiy
elatlar
 Qorluqlar 
 Chig’illar 
Yag’molar 
 Arg’ular 
 Turgeshlar 
 Uyg’urlar 
 Qirg’izlar 
Yabakular v.b. 
Eng muhimi, xuddi shu asrlarda o’zbek adabiy tili uzil-kesil shakllandi. O’zbek tilining shakllanishida o’orluq-
chig’il lahjasi muhim o’rin tutadi. O’zbek tilida umumbashariy g’oyalar va qarashlarni o’zida ifoda etgan ko’plab 
yuksak, umrboqiy asarlarning yaratilishi buning yorqin isbotidir. O’zbek tilining yuksak badiiy jarangdorligi, boyligi va 
qudrati jixatidan o’sha davrda keng e’tirof topgan arab va fors-tojik adabiyotlaridan sira qolishmasligini ko’rsatadi. 
Xususan, Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’atit turk», Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Ahmad 
Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i singari yuksak insonparvarlik g’oyalari ruhi bilan 
sug’orilgan baquvvat asarlar bunga misol bo’la oladi. Taniqli yozuvchi A.Ibrohimov so’zlari bilan aytganda, «Barcha 
turkiy xalqlar davrasida faqat bizkim, o’zbeklar birinchi voris o’laroq Ahmad Yassaviy she’riyatini asliyatida - bevosita 
o’qiymiz, chunki Ahmad Yassaviy tili o’zbek adabiy tilining xalqchil va yorqin namunalaridan biridir. Ahmad Yassaviy 
«Hikmati» barcha o’zbeklar uchun xuddi shu zamonda yozilgandek tushinarli va yoqimlidir». 
5. 
XV asr oxiri – XVI asrda o’zbek xalqi tarkibida yuz bergan muhim o’zgarishlar.
«O’zbek» atamasi va uning keng yoyilishi. 
O’zbek xalqi etnik tarkibining evolyutsion o’sish jarayoni XV asr oxiri va XVI asrda yana muhim o’zgarishlarga 
duch keldi. Bu jarayon mamlakatda hokimiyatning Temuriylar sulolasidan Shayboniylar sulolasiga o’tishi Bilan bog’liq 
holda kechdi. Movarounnahr va Xurosonda hokimiyatni shayboniylar sulolasi egallagach, bu hududlarga Dashti 
Qipchoqda yashovchi o’zbek urug’-qabilalari kirib keldilar. ko’tarildilar. Ba’zi manbalarda 92, boshqa bir manbalarda 
96 ta deb tilga olinuvchi bu ko’p sonli o’zbek urug’ va qabilalarining kirib kelishi, er-suv va mulk olib, o’troq hayot 
kechirishga o’tishi, mamlakatni boshqarish jilovi markazda va joylarda shu sulola vakillari qo’lida to’planishi o’z 
navbatida o’lka hayotida keskin o’zgarishlarning yuz berishiga olib keldi. Bu hol ayni paytda etnik jarayonlar borasida 
ham aks etmay qolmadi.


Ularning sa’y-harakatlari, mehnati, zahmati bilan yurt obod etilib, bir-biridan ko’rkam, gavjum shaharlar bunyod 
topib, dovrug’ topgan.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling