O‘zbekiston tarixi


Dashti Qinchoqdan kirib kelgan


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Dashti Qinchoqdan kirib kelgan 
o’zbek urug’lari: 
 Burkut 
Kenegas 
 Qiyot 
Do’rmon 
Qushchi 
Qurlovut 
Qo’ng’irot 
Tub 
Ushun (usun) 
Oyi 
Qtachi 
Mang’it 
Nayman 
No’kuz 
Jot 
Uyg’ur 
Chimboy 
Xitoy 
Qorliq 
Toymas 
Echki 
Tuman 
Qirq 
Yuz ming 
Dashti qipchoqlik bu ko’p sonli o’zbek urug’, qabilalari Movarounnahr hududlariga kirib kelar ekanlar, ular, eng 
avvalo, mahalliy qardoshlari, elatdoshlari bilan tabiiy suratda yaqinlashish, ulardek o’troq hayotga moslashish, ularning 
turmush tarziga xos hamma eng yaxshi narsalarni o’zlariga qabul qilib, singdirib bordilar.
Yurtboshimiz o’zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida mana bu so’zlarni bejiz ta’kidlab o’tmagan: 
«O’zbek nomi qachon paydo bo’lgan? Sovet tarixshunoslarining yozishichaXVI asrda bizning zaminimizni 
Dashti Qipchoq xonlari ishg’ol qilgandan keyin o’zbek nomi paydo bo’lgan emish. Axir biz Movarounnahr deb 
ataydigan ikki daryo oralig’ida ungacha ham xalq yashaganku! Yoki bu xalq boshqa millat bo’lganmi? Mantiq 
qani bu erda»
Bu keskin va haqqoniy aytilgan so’zlarning ma’no, mazmunini chaqar ekanmiz, millatimiz haqidagi bir haqiqatni 
bilishimiz, uning nomi bilan mazmun-o’zagi o’rtasidagi tafovutni aniq-tiniq tasavvur etishimiz nechog’lik muhim 
ekanligi o’z-o’zidan ravshanlashadi. Ma’lumki, xalqimizning «o’zbek» atamasi bilan nomlanib kelishi ona tariximizning 
hiyla keyinroq davrida, aniqrog’i XVI asr boshlariga to’g’ri keladi. Bu hol asosan yurtimiz hududlariga Dashti 
Qipchoqdan katta oqim sifatida kirib kelgan o’zbek urug’lari va qabilalari hayoti bilan bog’liq yo’sinda yuz bergan.
Ma’lum bo’lishicha, «O’zbek» iborasi XIII-XIV asrlarda yashab o’tgan o’sha davrning mashhur tarixchilari 
Juvayniy va Rashididin asarlarida ham uchraydi. Mashhur bobokalonimiz, buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo 
Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» asarida ham «O’zbekiya», «O’zbeklar mamlakati» degan jumlalarga ko’zimiz tushadi. 
Bunda, bizning nazarimizda, Dashti Qipchoqdagi o’zbek urug’, qabilalari yashagan joy, hudud nomlari ko’zda tutilgan 
bo’lsa kerak.
Ba’zi manbalarda esa o’zbek nomi Oltin Qrda xonlaridan sanalgan O’zbekxon (1312-1340) nomidan 
olinganligiga ishora qilinadi. Rus olimlaridan A.Yakubovskiy, N.Aristov,I.Ivanovlar ham shunday qarashga moyillik 
ko’rsatadilar. Vengr olimi Xerman Vamberi esa yanada qiziqroq ma’lumotni ilgari suradi: «O’zbek» so’zining tub 
ma’nosi – «o’z-o’ziga bek, xo’jayin, mustaqil». Nima bo’lganda ham «O’zbek» atamasi Dashti Qipchoqda yashovchi 
turkiy qabilalarining uzoq davrlar davomidagi nomi bo’lib, u bu qavm, elatlarning yurtimizga o’rnashishi, tubjoy aholi 
odamlari bilan taqdiran qo’shilishi jarayonida butun Turkistonda yashagan turkiy xalqning umumiy nomiga aylandi. 
4. Mustaqillik davrida O’zbekistonda milliy totuvlikning ta’minlanishi. 
O’zbekiston milliy istiqlolining qo’lga kiritilishi o’zbek xalqining tarixiy taqdirida tub burilish yasash barobarida 
uning tom ma’nodagi emin-erkinligi, ozodligi va mustaqilligini ta’minlab, ijtimoiy taraqqiyotning keng, istiqbolli 
yo’llariga olib chiqdi. Xalqimiz o’zgalarga tobelik va qaramlik asoratidan butunlay xalos bo’lib, o’zligini tanib, qaddini 
tiklab jahon hamjamiyati tomon yuz tutdi. Uning tomonidan ko’p asrlar davomida yaratilgan bebaho ma’naviy 
qadriyatlar, asori atiqalar, moddiy va ma’naviy boyliklar barcha-barchasi yurt fuqarolarining umumiy mulkiga aylandi.
Mustaqillik ayni paytda milliy munosabatlarga ham bevosita daxl etib, bu sohadagi muammolar echimini 
muvaffaqiyatli hal etish yo’llarini belgilab berdi. O’zbekiston ko’p millatli mamlakat bo’lganligi bois ham milliy 
masalani to’g’ri, oqilona hal etish uning demokratik rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buning ustiga respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligi, fuqarolar totuvligi, bunyodkorlik va yaratuvchilik 
ishlarining maromi ko’p jihatdan milatlararo munosabatlarni to’g’ri tashkil etish, ularni aniq maqsadlar sari 
yo’naltirishga bog’liqdir. Mustaqil O’zbekiston hozirgi murakkab o’tish davrining barcha qiyinchiliklarini asta-sekin 
bartaraf etib, ilgarilab borar ekan, bunda sobiq sovetlar tuzumidan meros bo’lib qolgan milliy munosabatlar 
masalasidagi ko’plab ziddiyatli, muammoli masalalarnihal etish yo’lidan bormoqda. Ma’lumki, mustabid sovet 
hokimiyatining milliy siyosati shu darajada bir yoqlama yo’nalishda olib borilganki, bunga ko’ra millatlar va ellatlarga 
daxl qiladigan hamma hayotiy masalalar, eng avvalo, baynalminallik nuqtai nazardan qaralib, baholanib, millatlarning 
o’ziga xoslik, milliylik jihatlari muttasil inkor etilib kelinardi. Ayni paytda ulug’ davlatchilik shovinizmi siyosati butun 


choralar bilan ulug’lanib, hayotga izchil tadbiq etib kelinardi. Bundan sobiq ittifoq tarkibida majburan, zo’rlik bilan 
tutib kelingan milliy respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston va uning jabrdiyda xalqi ham bab-barobar aziyat tortdi. 
Xususan, o’zbek xalqining ko’p asrli asl ma’naviy qadriyatlari, islomiy diniy e’tiqodi, milliy udumlari, an’analari, 
marosimlarining cheklanib, tahqirlanib kelganligi, ko’hna boy tarixi soxtalashtirilib, buzib talqin etilganligi, milliy 
tilining doimiy kamsitilganligi va shu singari salbiy holatlar buning yaqqol ifodasidir.



Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling