O‘zbekiston tarixi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaxshunvor Eftalon
- Kubod (488-531)
Eftaliylar. Ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari xususida tarixiy manbalarda turli xil
qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Mart selin (IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lazar Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), xitoy solnomalaridan Bey-shi (VI asr) bergan ma’lumotlar shular jumlasidandir. Masalan, eftaliylar Xitoy manbalarida «i-da», «e-da», armanlarda «idal», xeptal, arablarda «haytal», Suriya va lotin manbalarida «eptalit», «eftalat», «abdal» deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar har bir til va yozuvning o’ziga xos xususiyatlari ifodasidir, albatta. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylarni turkiy qabila- massagetlarning so’nggi bo’g’inidan kelib chiqqan deb fikr bildiradilar. F.Vizantiyskiy eftallar nomini V asrning ikkinchi yarmida podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog’laydi. Biroq nima bo’lganda ham shu narsa haqiqatki, eftaliylar Turkiston mintaqasida ko’pdan buyon yashab kelgan tub joy, yerli qavmlardandir. Eftaliylar hukmdori Vaxshunvor Eftalon 457 - yilda Chag’oniyon (hozirgi Surxon yerlari), Toxariston va Badaxshonni o’ziga bo’ysundiradi. So’ngra eftaliylar Sug’dda ham mustahkamlanib oladi. Ular ko’p o’tmay o’z hududiy yerlarini kengaytirishda davom etib, Qobul va Panjob vodiysini, shuningdek, Kuchu, Qoshg’ar va Xo’tonni (Sharqiy Turkiston) zabt etadilar. Xullas, ular avvalda Kushonlar saltanati egallagan hududlarni birin-ketin qo’lga kiritib, o’z siyosiy hokimiyatini ko’chaytirishga erishadilar. Ular tuzgan qudratli davlat O’rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eron hududlariga ham yoyilgan edi. Eftaliylar bir necha bor o’zlarining eng kuchli raqibi Eron sosoniylari bilan ham urushlar olib boradilar. Xususan Eron shohi Pero’z bilan bo’lgan urushlarda ularning qo’li baland kelib, Eron hukmdori ikki bor asirlikka tushadi. Katta to’lov va majburiyatlar evaziga arang qutilgan Pero’z o’g’li Kubodni uzoq muddat eftaliylarga garovga berishga majbur bo’ladi. Pero’zning 484 - yildagi uchinchi urushi sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Eftaliylar Marvni egallaydi, Eron ustiga og’ir o’lpon yuklanadi. Pero’zdan so’ng hokimiyatga kelgan Kubod (488-531) davrida ham Eron eftaliylarga xiroj to’lashga majbur bo’lgan. VI asr boshlariga kelib Eftaliylar davlati shu qadar kuchayib ketadiki, ular 502-yilda Vizantiyaga ham yurish qilib unga katta talofat etkazadilar. 506 - yilda ikki o’rtada tuzilgan sulx shartnomasi bo’yicha eftaliylar Vizantiyadan katta miqdorda o’lja olib qaytganlar. Kubodning o’g’li Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling