4-mavzu: Ilk o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligi: ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy hayot
REJA:
4. Eftaliylar sulolasi. Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
5. Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O‘rta Osiyo halqlarining iqtisodiy va madaniy hayoti.
6. O‘rta Osiyo halqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida.
Adabiyotlar:
7. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. -T.: O’zbekiston, 1994. 52-73 betlar.
8. Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 2006.
9. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi -T.: Sharq. 2000, 72-90-betlar.
10. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. -T.: Meros,
2002, 85-107 –betlar.
11. Murtazaeva R.X. Istoriya Uzbekistana. Uchebnik. -T.: 2005.
12. Usmonov Q, Sodiqov M., Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi fanidan ma’ruzalar matni. 1 qism. -
T.: Moliya, 2000, 75-94- betlar.
Tayanch so’z va iboralar: Kidariylar. Eftaliylar. Yerga egalik qilish munosabatlari. Dehqon.
Kadivarlar. Kashovarzlar. Mazdakchilik. Turk xoqonligi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Madaniy
hayot. Arab xalifaligi. Arablar istilosi. Soliq siyosati. Xalq qo’zg’olonlari. Muqanna. Islomning yoyilishi.
1. Eftaliylar davlatining vujudga kelishi. Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
hayot
Kidariylar. V asrning 20-yillarida O’rta Osiyoga Sharqdan Sirdaryo va orol bo’ylari orqali yana bir
ko’chmanchi aholi – kidariylar ( yuechji yoki toxarlarning avlodi) kirib keladi. Kidar ismli hukmdor
yo’lboshchilik qilgani uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Kidariylar Sug’diyonani, Amudaryo
bo’ylaridagi yerlarni egallab, o’z hukmronligini o’rnatadilar. Kidariylar Balx shahrini o’z davlatining
poytaxtiga aylantiradilar. Biroq kidariylar hukmronligi uzoq davom etmadi. Kidariylar bilan sosoniylar
o’rtasida ziddiyatlar kuchayib, ular o’rtasida bir necha marta qurolli to’qnashuvlar bo’lib bo’ladi. 456 -
yilda bo’lgan navbatdagi jangda kidariylar sosoniylardan qaqshatg’ich zarbaga uchradilar. Ayni paytda
shimoldan janubga siljib kelayotgan eftaliylar bosimiga uchrab, shimoliy Hindiston tomon chekinishga
majbur bo’ldilar. Kidariylar u yerda 75 - yilcha hukmronlik qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |