O‘zbekiston tarixi
O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad sallalohu alayhi vasallam
- Qutayba ibn Muslim
3. O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida
VI asrning o’rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila, urug’larning hayot tarzi qoloq bo’lib, ularning mutloq ko’pchiligida ibtidoiy-patriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Ko’chmanchi badaviy oilalari, urug’lari o’z chorva mollari uchun yer-suv, o’tloq qidirib keng sahrolar bo’ylab kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo’lib, bu hududlarda arab qabilalari asosan o’troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri - Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi savdogarlarining turli mintaqalar bilan bog’langanligi, savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila, urug’larini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda etakchilik o’rni egallashiga ikkoniyat yaratdi. Makka aholisi tevaragida ko’chmanchi arab qabilalarining birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil - bu shu yerlik quraysh qabilasining hoshimiylar urug’idan chiqqan payg’ambarimiz Muhammad sallalohu alayhi vasallam nomi bilan bog’liq holda keng yoyila boshlagan islom dini va ta’limoti bo’ldi. O’lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to’g’ri keladi. Xususan, 704 - yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O’rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707 - yilda Amudaryodan o’tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini engib shaharni qo’lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Buxoro va uning atrofidagi Vardanze va Romitan ishg’ol qilinadi. 710 - yilda Kesh, Nasaf ham og’ir janglar bilan fath etiladi. Qutayba mahalliy hukmdorlarning o’zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug’dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko’radi. Shu orada Xorazm shohi Chag’on o’z ukasi Nurzod boshchiligida ko’tarilgan xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 711 - yilda yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tarmor qilinadi va o’ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o’z mustaqilligini yo’qotib, xalifalikka tobe bo’lib, uning bojdoriga aylanadi. Chag’onning qo’shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 712 - yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G’urak edi. G’urak arab qo’shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng bo’lmaganligi sababli engiladi. Qutayba bilan G’urak o’rtasida tuzilgan Shartnomaga binoan u arablarga bir yo’la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirxam hisobiga boj to’lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o’rnida berishi ko’zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi - Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o’z joyidan mahrum etiladi. Arab qo’shini 713-yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab O’rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg’ona vodiysini egallaydi, ko’p o’tmay o’lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ishg’ol qilinadi. Shu tariqa, qirg’inborot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi. Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo’ravonlik o’tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma’naviy boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo’l yozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko’plab ibodatxonalari, muqaddas qadam jolari kunpaya-kun etildi. Ulug’ bobokalonimiz Beruniy o’zining «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida achchiq alam bilan ta’kidlaganidek, arablar mahalliy din, san’at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o’ldirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So’ngra ular ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo’q qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ularning nazarida g’ayritabiiy hol hisoblanib, ayovsiz yo’q qilindi. Bularning o’rniga arablar aholidan olingan mo’may daromadlar, to’lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjidu, madrasalar xonaqolar, maqbaralar barpo etib odamlarni ularga da’vat etdilar. Yurtimiz jilovini qo’lga olgan arab hukmdorlari xalqqa zulmu asoratni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, o’lponlarni joriy etdilar. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling