O‘zbekiston tarixi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Dovon yoki Parkana nomi bilan mashhur bo’lgan davlat Batanimiz hududidagi qadimgi davlatlardan 
sanalsa-da, biroq uning haqqoniy tarixi xususida hozirgacha to’la ma’lumotlar topilmagan. Фaqat Xitoy 
yozma manbalarida ko’rsatilishicha bu davlat mil. av. III-II asrlarda mavjud bo’lgan. Qadimgi O’zgan, 
Koson ham Dovonning eng mashhur shaharlari sirasiga kirgan. Dovon hududida 10 dan ortiq yirik 
dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo’lib, ularda erli mirishkor aholi sholi, bug’doy, paxta va boshqa 
dehqonchilik ekinlari etishtirish bilan shug’ullangan. Bularga Aravonsay, Oqbo’ra, Sultonobod,
Qo’rg’ontepa, Andijonsoy, Moylisoy, Ulug’nor, Йilg’insoy, Shahrixonsoy kabi dehqonchilik makonlarini 
nisbat berish mumkin. Xitoy sayyohi vodiyda uzumchilik nihoyatda rivojlanganiga, shu bilan birga undan 
noyob sharbat va uzoq muddat saqlanadigan, quvvati o’tkir vinolar tayyorlash yuksak darajada yo’lga
qo’yilganligiga alohida urg’u beradi. Dovondagi ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati - bu 
ayollarning jamiyatda tutgan mavqeining alohidaligidir. 


4. Kushonlar saltanati va uning mamlakatimiz davlatchiligi tarixida tutgan o’rni 
Markaziy Osiyo xalqlari tarixidagina emas balki butun antik dunyo tarixida mashhur bo’lgan 
Rim, Parfiya, Xan (Xitoy) imperiyalari safidan mustahkam joy olgan Kushonlar saltanati insoniyat 
цivilizaцiyasi tarixida o’ziga xos munosib o’rin egallaydi. Xitoy makbalarida ta’kidlanganidek yuechjilar 
beshta siyosiy xonadonga mansub edilar: Guyshuan (Kushon), Xyumi, Shuanmi, Xise, Xuanmi. Ularning 
har biri qariyb 100 yilcha alohida-alohida siyosiy kuch, hokimlik bo’lib, yagona hukmdorga 
bo’ysunmagan holda faoliyat yuritadilar. Milodning I asrida Kushonlar xonadoni boshlig’i Kujula Kadfiz 
(Kioцzyukyu) barcha yuechji qabilalarini birlashtiradi va butun baqtriyada siyosiy hokimiyatni egallaydi. 
Kadfiz 1 davrida zarb etilgan tangalarda «Kujala Kadfiz Yabg’u» degan yozuvlar uchraydi. 
Uning o’g’li Bima Kadfiz podsholigi davri ham muhim o’zgarishlar bilan bog’liq. Bu davrga kelib 
shimoliy Hindistoning bir qator muhim hududlari egallanadi. Bima Kadfiz mamlakatda pul islohoti
o’tkazib, vazni 8 gr og’irlikdagi oltin tangalarni zarb qildirib muomalaga chiqartiradi. Bu esa halqaro 
savdoda Kushonlar davlatining obro’sining ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Uning din sohasida o’tkazgan 
islohoti muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Garchand uning davrida Budda dini davlatning rasmiy dini 
darajasiga ko’tarilsada, biroq mamlakatning turli hududlarida mahalliy aholi oldindan e’tiqod qilib kelgan 
boshqa dinlar erkinligi va dahlsizligi saqlanib qoldi.
Kushonlar sulolasi hukmronligi davri ko’hna tariximizda katta iz koldirgan ekan, buni uning 
tarkibiga kirgan har bir hudud yoxud elatlar hayoti misolida yaqqol ko’rsa bo’ladi.
Batanimiz hududida shaharsozlik, me’morchilik, haykaltoroshlik, kulolchilik singari 
hunarmandchilik turlarining yuksak darajada taraqqiy etgan. Buni ko’hna Tuproqqal’a, Ayritom, Termiz, 
Axsikent shaharlari o’rnida olib borilgan tarixiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi.
Kushonlar davri madaniyatining muhim katta yutuklaridan biri shundaki, bunda turli qutb va 
mintaqada yashagan xalqlarning madaniyatlari o’zaro yaqinlashib, bir-birlarini to’ldirib, boyitib borgan. 
Bu esa ularning bir birlari bilan turli-tuman sohalarda yaqindan hamkorlik, hamjihatlik qilishlariga keng 
yo’l ochgan, umumiy yuksalishiga turtki bergan.



Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling