O‘zbekiston tarixi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qang’ va Dovon davlatlari.
3. Turon zaminida vujudga kelgan Yunon-Baqtriya, Qang’a, Davon davlatlari 1. Yunon – Baqtriya davlati. Batanimiz xalqlarining salavkiylarga qarshi ozodlik kurashi muvaffaqiyatli yakun topgach, O’rta Osiyoning katta hududida Yunon-Baqtriya davlati vujudga keladi. Uning tarkibiga Baqtriya (hozirgi Qashqadaryo, Surxondaryo, Tojikiston janubi), Sug’diyona (Zarafshon vohasi), hozirgi Afg’onistonning shimoliy, Turmanistonning sharqiy yerlari kirgan. Bu davlatning Yunon-Baqtriya deb atalishining boisi shundaki, uning markazi Baqtriya hududlari edi, hukmdorlari esa asosan yunon aslzodalari edi. Mustaqil Yunon-Baqtriya davlati unga asos solgan, o’zini shoh deb e’lon qilgan Diadot I, uning o’g’li Diodot II davrlarida bir muncha yuksaladi. Bu jarayon Evtidem I va u boshlab bergan evtidimiylar sulolasi boshqaruvi davrida yanada kuchayadi. Yunon olimi Yustin Yunon-Baqtriyani ming shaharli davlat deb bejiz ta’riflamagan. Bu davlatning poytaxti Balx shahri bo’lib, u qadimda Baqtra nomi bilan atalgan. Yunon-Baqtriya davlati o’zining pul birligiga ega bo’lgan. Oltin, kumush va misdan kerakli miqdorda tanga pullar zarb etilib muomalaga chiqarilgan. Bu pullarda, shubhasiz, Yunon xudolari – Appolon, Afina, Gelios, Zevs, Gerakl, Poseydon va erli hukmdorlarning tasvirlari aks ettirilgan. Yunon-Baqtriya tangalarining turli davlatlar hududida topilishi - bu mamlakatda savdo-tijoratning o’sganligi, uning xalqaro miqyosda kengayib borganligiga ishonchli dalildir. Miloddan avvalgi II asr o’rtalariga kelib bir qator ichki va tashqi vaziyat taqozosi bilan yuz bergan keskin o’zgarishlar oqibatida Yunon-Baqtriya davlati tushkunlikka yuz tutdi. 2. Qang’ va Dovon davlatlari. Batanimiz hududida mil.av. III asr boshlarida vujudga kelib milodning I-II asrlarida o’zining yuksak ravnaqiga erishgan mustaqil davlatlardan biri-bu Qang’ yoki Qang’a davlatidir. Qang’ davlatiga saklar asos solishgan. Qang’ davlati mil.av.III asrda Sirdaryoning O’rta oqimi hududlarida (xususan Toshkent vohasi va unga tutash tog’li va cho’lli zonalarda) tashkil topgan. Qang’ davlati o’z qo’shnilari - Dovon, Qashg’ar, YOrkent singari mustaqil hududlarga nisbatan Xitoyning da’vosi va istilochilik yurishlariga keskin qarshi chiqqan va lozim bo’lganda o’z harbiy kuchlari bilan ularga yordamga kelgan. Qang’a aholisining asosiy tarkibini turkiy etnoslar tashkil etgan. Ular asosan o’troq hayot kechirganlar. Aholining ma’lum qismi ko’chmanchilik bilan shug’ullangan. Daryo va soylarga tutash vohalarda dehqonchilik madaniyati rivojlangan. Chunonchi, Toshkent vohasida boshoqli, dukkakli o’simliklar ko’p miqdorda o’stirilgan, shirin-sharbat mevalar etishtirilgan. Shaharlarda savdo-sotiq, hunarmanchilik rivoj topgan. Mahaliy hunarmandlar tayyorlagan urush qurollari (qilich, xanjar, oybolta, o’tkir uchli nayzalar va b.), xo’jalik asbob-uskunalariga talab - extiyoj katta bo’lgan. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling