O‘zbekiston tarixi


Bu davrlarning har biri o’ziga xos, kichik davrlarga bo’linadiki, uni mazkur o’quv


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Bu davrlarning har biri o’ziga xos, kichik davrlarga bo’linadiki, uni mazkur o’quv 
qo’llanmaning mundarijasidan ko’rish mumkin.
Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti yo’q bo’lib ketmaydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh bo’lib 
qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga: moddiy va yozma manbalarga bo’linadi. 
Qadimgi odamlardan mehnat qurollari, tanga pullar, qurol-yaroqlar, uy-joylar, shaharlar, rasmlar 
moddiy tarixiy manba hisoblanadi. 
Qadimgi davrlardayoq odamlar o’z fikrlarini yozma bayon etish uchun yozuv belgilari ixtiro 
qilganlar. Xalqlarning hayoti, yuz bergan voqealar, podshox va hokimlarning qonunlari va farmonlari 
yozma manba deyiladi.
Ajdodlarimizning m.a. VIII-VII asrlardagi hayotini o’rganishda «Avesto» kitobi qimmatli yozma 
manba hisoblanadi. Mazkur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat 
tuzilmalarining shakllanish jarayonlari o’z ifodasini topgan 
Vatanimiz tarixiga doir ma’lumotlar Yunon va Rim, chunonchi Gerodod, Arrian, Strabon va 
boshqalarning asarlaridan, shuningdek xitoy, fors, arab, turkiy manbalarda ham bor. 
O’zbek xalqining o’rta asrlardagi hayotini o’rganishda Farobiyning «Fozil odamlar shahri», 
Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Amir 
Temurning «Temur tuzuklari» kabi nodir kitoblar muhum tarixiy manba bo’lib xizmat qiladi. 
O’zbekiston FAning Sharqshunoslik instituti, Sharq qo’lyozmalar fondi dunyodagi eng yirik 
qo’lyozmalar xazinalaridan biri xisoblanadi. Bu erda 40 mingdan ziyod qo’lyozma nusxalari, 30 mingdan 
ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud.
3.Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati. 
O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib 
qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi. Prezident Islom 
Karimov ta’qidlaganidek, yurtimiz tarixi «Har bir fuqaroni, jumladan yoshlarimizni boy madaniy 
merosimizni qadrlashga, uni ko’z qorachig’iday avaylab-asrashga,yurak-yurakdan iftixor qilishga 
o’rgatadi. O’zimizning boy o’tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida 
ezgulik tuyg’ularini uyg’otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekani
anglashga undaydi».
Insonda tarixiy xotira o’z vatani tarixini, o’z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin 
o’tmishda mustamlakachilar ko’pgina xalqlarni, jumladan o’zbek xalqini o’z tarixidan judo qilish, ularni 
o’z o’tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish 
siyosatini yuritdi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi.
Mustaqillik sharofati tufayli Vatanimiz tarixi o’z o’rnini topdi, barcha o’quv maskanlarida talabalarga 
Vatan tarixini o’qitish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning 
«Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham 
bo’lmaydi», «Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q», «O’zlikni anglash 
tarixni bilishdan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bo’lish - xayotdan judo bo’lish demakdir» 
degan metodologik ahamiyatga molik so’zlari dastur amal bo’lib xizmat qilmoqda.


O’z o’tmishini, ajdodlarini tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo’ladi, unda har xil 
aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O’tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab etgan inson hozirgi 
zamonni tushunadi, kelajakni to’g’ri tasavvur etadi.
O’zbekiston tarixi talabalarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik 
islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, xuquqiy davlatchilikni barpo etish, fuqarolik jamiyatni 
qurish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini o’rgatadi. Bu o’z navbatida 
yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o’z o’rnini to’g’ri belgilashga 
ko’maklashadi.



Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling