O‘zbekiston tarixi


O’zbekiston tarixi predmeti


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

1.O’zbekiston tarixi predmeti. 
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, 
O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, 
Turkiston deb e’tirof etilgan Ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko’ra Xitoy, 
Xindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir.
O’zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. O’zbekiston xududida dastlabki 
mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo’lib, qariyib 
3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko’tarilgani 
jahonga ma’lum.
Vatanimiz tarixi o’zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo’shganligidan 
guvohlik beradi. Al-Xorazmiy, Farobiy, al-Farg’oniy, ibn Sino, Beruniy, al-Buxoriy, Yassaviy, Amir 
Temur, Alisher Navoiy kabi allomalarimiz bilan nafaqat o’zbeklar, butun er yuzi xalqlari faxrlanmoqda. 
Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shaxrisabz kabi ko’hna shaharlar bugungi kunda 
jahon miqiyosida ziyoratgohga aylangan. Muqaddas erimiz orqali o’tgan Buyuk ipak yo’li Osiyo va 
Evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog’lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan.
Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixi, xalqimiz o’tmishini «O’zbekiston tarixi» fani 
o’rganadi.


Tarix - arabcha so’z bo’lib, «tadqiq etish», «tekshirish, voqealar haqida aniq hikoya qilish» 
ma’nolarini anglatadi.
Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o’tmishidan bizgacha etib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi 
fandir. 
O’zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli takomillashib 
borish va hozirgi odamlar darajasiga ko’tarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san’atni 
yoritadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling