O‘zbekiston tarixi
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalari
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
5.
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalari. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlab, jahondagi nufuzli davlatlar bilan hamkorlik qilish yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi birinchi navbatda yaqin va o‘rta sharq hamda arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga kirishdi. Negaki, O‘zbekistonning ruhi, dini, urf-odatlari va an’analari Osiyodagi musulmon mamlakatlariga yaqindir. 1991 yil 16-19 dekabr kunlari I.Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat - Turkiyada bo‘ldi. Safar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to‘g‘risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, axborot ayirboshlash, televidenie va radio eshittirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va boshqa hujjatlar imzolandi. 1992 yil 27-28 iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O‘zbekistonga rasmiy davlat gashrifi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida O‘zbekiston Resnublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik printsiplari to‘g‘risida shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi to‘g‘risida, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Hozirgi kunga qadar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar qabul qilingan. O‘zbekistonda 2000 yilda Hindiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 30 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 1992 yil 12-14 mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning XXR ga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Safar chog‘ida hamkorlikning turli sohalari bo‘yicha 20 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida, qishloq xo‘jaligida hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida bitimlar bor edi. 1994 yil 18-20 aprel kunlari XXR davlat Kengashining raisi Li Penning O‘zbekistonga davlat tashrifi paytida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida kredit, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, havo transporti aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar imzolandi. Xitoy tomoni O‘zbekistonda tayyorlanayotgan IL-76 TD va IL-114 samolyotlarini harid qiladigan bo‘ldi. 1994 yil 24-25 oktyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta safar qildi va muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hujjat - «O‘zbekiston Resnublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning asosiy printsiplari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma" imzolandi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida konsullik shartnomasi imzolandi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 78 ta O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning rivojlanib borayotganining dalilidir. O‘zbekiston Sharqning eng rivojlangan mamlakati - Yaponiya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1994 yil 16-19 may kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi. Safar paytida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida munosabatlarning asosiy printsinlari haqida qo‘shma bayonot, tashki ishlar bo‘yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O‘zbekiston delegatsiyasi mashhur Panasonik kontsernida bo‘ldi va uning rahbariyati bilan O‘zbekistonda filial ochishga kelishildi. Respublikamiz shaharlarida Panasonik mahsulotlarini sotish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur «Mitsui va KO LTD», «Mitsubisi korporeyshn», «Sumitoto korporeyshn», «Tomen korporeyshn», «Chori» kabi kompaniyalarning doimiy vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular bilan O‘zbekiston tashqi iqtisodiy vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati Ko‘kdumaloq neft-gaz kondensati konini o‘zlashtirishda, Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini ta’mirlashda, telealoqa tarmoqlarini ta’mirlashda o‘z sarmoyalari bilan qatnashdilar. O‘zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Malayziya, Indoneziya, V’etnam, Kambodja, Tailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo‘lga qo‘yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida Amerika Qo‘shma Shtatlari va rivojlangan Evropa mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tobora chuqurlashtirish alohida o‘rin tutadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling