O‘zbekiston tarixi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

 
 
 
 
 
 
 
 
 
“O’ZBEKISTON TARIXI” FANI BO’YICHA TALABALAR UCHUN 
TARQATMA MATERIALLAR. 


1-Mavzu:O’zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy metodologik asoslari va ahamiyati. 
Reja: 
1. O’zbekiston tarixi predmeti.
2. O’zbekiston tarixini o’rganishning metodologik prinsiplari va manbalari. 
3. Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati 
Mustaqil o’rganish uchun tavsiya etiladi:
I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asari . 
Adabiyotlar: 
I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Asarlar 7 jild. T:O’zbekiston. 1998 132-155 betlar
I.A.Karimov. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Asarlar 6 jild. T:O’zbekiston 
1998, 324-347 betlar. 
A.Sa’dullaev va boshqalar. O’zbekiston tarixi: Davlat va jamiyat taraqqiyoti. T:Akademiya 2000, 3-8 
betlar. 
Q.Usmonov va boshqa. O’zbekiston tarixi fanidan ma’ruzalar matni. T: Moliya 2000. 
QUsmonov va boshqalar. O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. T:Meros, 2002, 6-17 betlar. 
Muqaddima. 
XXI asr bo’sag’asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea qadimiy O’zbekistonning eng yangi 
tarixini boshlab bergan voqea sodir bo’ldi. 1991 yil 31 avgust kuni bo’lgan Respublika Oliy 
Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida o’zbek xalqining xohish-irodasi bilan 
O’zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlatni- O’zbekiston Respublikasi tashkil 
etilganligi e’lon qilindi va Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi» Qonun bilan mustahkamlandi. 
O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og’ir va mashaqqatli 
kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik xalqimizga nixoyatda qimmatga 
tushganidan, bu yo’lda katta qurbonlar berilganligidan guvoxlik beradi. Endilikda xalqimizning o’z 
taqdiri o’z qo’lida, o’z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo’lida astoydil mehnat qilmoqda. 
Prezident Islom Karimov rahnomoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, 
ma’naviy-ma’rifiy islohotlar tufayli demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllanmoqda. Ma’naviy hayotda uyg’onish yuz berdi, 
odamlarimizning tafakkuri va hayotga munosabati o’zgardi. Aholi ongida demokratik qadriyatlar 
shakllanib, uning faolligi oshib bormoqda. 
O’zbekiston fuqarolari, xususan, yoshlar qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularda 
mafkuraviy immunitetini shakllantirishda «O’zbekiston tarixi» fanining o’rni, imkoniyatlari katta. Shu 
boisdan Respublika Oliy o’quv yurtlarining bakalavriat bosqichida «O’zbekiston tarixi» fanini o’qitish 
asosiy fanlar qatorida turadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling