O‘zbekiston tarixi


  O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

5. 
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalari. 
 O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlab, jahondagi nufuzli 
davlatlar bilan hamkorlik qilish yo‘lidan bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi navbatda yaqin va o‘rta sharq hamda arab mamlakatlari 
bilan davlatlararo munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga kirishdi. Negaki, O‘zbekistonning 
ruhi, dini, urf-odatlari va an’analari Osiyodagi musulmon mamlakatlariga yaqindir. 
1991 yil 16-19 dekabr kunlari I.Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasi 
mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat - Turkiyada bo‘ldi. Safar 
chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o‘rtasidagi davlatlararo 
munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini 
ayirboshlash to‘g‘risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, 
madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida 
bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, axborot 
ayirboshlash, televidenie va radio eshittirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va 
boshqa hujjatlar imzolandi. 
1992 yil 27-28 iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz 
Sharifning O‘zbekistonga rasmiy davlat gashrifi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga asos soldi. 
Safar kunlarida O‘zbekiston Resnublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida 
davlatlararo munosabatlar va hamkorlik printsiplari to‘g‘risida shartnoma, iqtisodiy va savdo 
hamkorligi to‘g‘risida, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm 
sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. 
Hozirgi kunga qadar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarga 
xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar qabul qilingan. O‘zbekistonda 2000 yilda Hindiston bilan 
hamkorlikda tashkil etilgan 30 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 
1992 yil 12-14 mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning XXR ga rasmiy davlat 
tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Safar chog‘ida hamkorlikning turli 
sohalari bo‘yicha 20 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik 
to‘g‘risida, qishloq xo‘jaligida hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro 
himoya qilish to‘g‘risida bitimlar bor edi. 
1994 yil 18-20 aprel kunlari XXR davlat Kengashining raisi Li Penning O‘zbekistonga 
davlat tashrifi paytida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida kredit, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, 
havo transporti aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar imzolandi. Xitoy 
tomoni O‘zbekistonda tayyorlanayotgan IL-76 TD va IL-114 samolyotlarini harid qiladigan 
bo‘ldi. 1994 yil 24-25 oktyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta safar qildi 
va muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hujjat - «O‘zbekiston Resnublikasi bilan Xitoy Xalq 
Respublikasi o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning asosiy printsiplari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni 
rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma" imzolandi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida konsullik 
shartnomasi imzolandi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 78 ta O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma 
korxonasi ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning rivojlanib borayotganining dalilidir. 
O‘zbekiston Sharqning eng rivojlangan mamlakati - Yaponiya bilan ham hamkorlik 
qilmoqda. 1994 yil 16-19 may kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan 
Yaponiyada bo‘ldi. Safar paytida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida munosabatlarning asosiy 


printsinlari haqida qo‘shma bayonot, tashki ishlar bo‘yicha munosabatlar haqida hujjat 
imzolandi. O‘zbekiston delegatsiyasi mashhur Panasonik kontsernida bo‘ldi va uning rahbariyati 
bilan O‘zbekistonda filial ochishga kelishildi. Respublikamiz shaharlarida Panasonik 
mahsulotlarini sotish yo‘lga qo‘yildi. 
O‘zbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur «Mitsui va KO LTD», «Mitsubisi 
korporeyshn», «Sumitoto korporeyshn», «Tomen korporeyshn», «Chori» kabi kompaniyalarning 
doimiy vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular bilan O‘zbekiston tashqi iqtisodiy vazirligi 
o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati Ko‘kdumaloq neft-gaz 
kondensati konini o‘zlashtirishda, Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Farg‘ona 
neftni qayta ishlash zavodini ta’mirlashda, telealoqa tarmoqlarini ta’mirlashda o‘z sarmoyalari 
bilan qatnashdilar.
O‘zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Malayziya, Indoneziya, V’etnam, 
Kambodja, Tailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo‘lga 
qo‘yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda. 
 O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida Amerika Qo‘shma Shtatlari va rivojlangan 
Evropa mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tobora chuqurlashtirish 
alohida o‘rin tutadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling