O‘zbekiston tarixi


O‘zbekistonning mustao‘il davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorligi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

 3. O‘zbekistonning mustao‘il davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorligi. 
1991 yil 8 dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus 
rahbarlari - B .Eltsin, L. Kravchuq, S. Shushkevichlarning uchrashuvi bo‘ldi. O‘sha kuni 
Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni 
tuzish to‘g‘risida Shartnoma imzoladilar. Shartnomada SSSRning mavjudligi va SSSR 
Konstitutsiyasi to‘xtatiladi, deb e’lon qilindi. 
Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari 1991 yil 
13 dekabrda Ashgabadda uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH xaqidagi Shartnoma 
munosabati bilan vujudga kelgan ahvolni muhokama qildilar. Uchrashuvda Bayonot qabul 
qilindi. Bayonotda MDH etnik printsip asosida yoki insonlar huquqini buzish asosida 
qurilmasligi kerak, deyilgan edi. Besh davlat boshliqlari MDHga, uni ta’sis etuvchilar maqomida 
kirishga tayyor ekanligini bildirdilar. 
1991 yil 21 dekabrda Almatida Rossiya (B.Eltsin), Ukraina (L. Kravchuk), Belorus 
(S.Shushkevich), Qozog‘iston (N.Nazarbaev), O‘zbekiston (I.Karimov), Qirg‘izisgon (A.Akaev), 
Tojikiston (R.Nabiev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-
Petrosyan), Moldaviya (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo‘ldi. O‘sha kuni 11 davlat 
boshliqlari Belovejskoe Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, "Teng huquqli va 


ahdlashayotgan oliy tomonlar" maqomida MDH muassisi bo‘ldilar. Kengashda Almati 
Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi: 
- hamdo‘stlik qatnashchilarining o‘zaro aloqalari ular o‘rtasidagi tenglik asosida 
tuziladigan bitimlar, hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida foliyat yuritadigan 
muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi; 
- MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas; 
- xalqaro strategik barqarorlikni va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy-strategik 
kuchlarning birlashgan qo‘mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi; 
- MDH ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq SSSR ning a’zolari va boshqa 
davlatlar ham unga qo‘shilish mumkin; 
-umumiy iqtisodiy makonni, umumevropa va Evropa-Osiyo bozorlarini vujudga 
keltirishda, rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi; 
MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to‘xtatildi. 
1992 yil 9 fevralda Moskvada MDH davlat boshliqlarining navbatdagi kengashi bo‘lib, 
unda quyidagi hujjatlar imzolandi: 
- Ekologiya va tevarak atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi o‘zaro aloqalar 
haqida bitim; 
- Bir-birlarining hududlaridan yuklarni bemalol o‘tkazish haqida bitim
- Gidrometereologiya sohasidagi o‘zaro aloqalar haqida bitim; 
- Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashishning yangi yagona ta’riflari haqida 
ahdnoma. 
1992 yil 20 martda Kievda MDH davlat boshliqlarining uchrashuvi bo‘ldi. Unda SSSRning 
mulki haqida, davlat arxivi, qarzlari, SSSR Davlat banki va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Kiev uchrashuvida davlatlarning chegaralarini va hamdo‘stlikning dengiz iqtisodiy zonalarini 
qo‘riqlash haqida bitim imzolandi. 
1992 yil 15 may ko‘pi Toshkentda MDH mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi kengashi 
bo‘lib o‘tdi.
Toshkent Kengashida bir qator hujjatlar imzolanadi, ularning eng muhimlari 
quyidagilardan iborat: 
- moliyaviy axvol va bu sohadagi hamkorlik haqida bitim; 
- havo bo‘shlig‘idan foydalanish haqida bitim; 
- kosmik dasturlarini bajarishga pul ajratish to‘g‘risida bitim; 
- chegara qo‘shinlarini pul bilan ta’minlash to‘g‘risida bitim; 
- qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida bitim va boshqalar. 
1993 yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo‘ldi. Unda MDH 
ning Nizomi imzolanadi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi.
1993 yil 24 sentyabrda Moskvada MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo‘ldi. 
Unda muhim masala - MDH doirasida iqtisodiy ittifoq barpo etish masalasi muhokama etildi va 
iqtisodiy ittifoqfni tuzish haqidagi shartnoma imzolandi.
1994 yil 21 oktyabrda Moskvada MDH davlat boshliqlarining Kengashi bo‘lib o‘tdi. 
Kengashda Iqtisodiy ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi (DIQ) tuzildi.
1991-2001 yillarda MDH davlat boshliqlarining 30 ga yaqin kengashi bo‘lib, ularda 
hammasi bo‘lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga 
yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi. Hamdo‘stlik mamlakatlarining 
iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bormoqda. 
Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog‘ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning 
muammolarni echishni istamayotganida emas, aksincha, o‘zaro hamkorlik teng huquqli asosda, 
har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan 
bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. Ikki tomonlama hamkorlik 


deganda ikki davlat o‘rtasidagi, ya’ni O‘zbekistonning boshqa bir mamlakat bilan davlatlararo 
aloqalarni yo‘lga qo‘yish va chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi. 
O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan davlatlararo munosabatlar o‘rnatish va 
rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. 1991 yil 26 oktyabrda O‘zbekiston Prezidenti 
I.Karimov rasmiy davlat safari bilan Moskvaga bordi. Uchrashuvda I.Karimov va B.Eltsin ikki 
davlat o‘rtasida muhtor vakolatxonalar ochish, bir-birlarining suverenitetini va hududiy 
yaxlitligini hurmat qilish, tashqi siyosatda va iqtisodiy masalalarda hamkorlik qilishga kelishib 
oldilar.
1992 yil 30 mayda I.Karimov boshliq O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat 
tashrifi paytida O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo 
munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartnoma 
ikki davlat o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga huquqiy asos 
soldi. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi, elchixonalar ochildi. 
O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solishda 
I.Karimovning 1992 yil avgust oyida Kievga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. 25 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk 
O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va 
hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Shu safar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida 
diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida protokol va savdo iqtisodiy hamkorlik bitimi 
imzolandi. 
1995 yil 20-21 iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma O‘zbekistonda bo‘ldi. 
Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan O‘zbekiston-Ukraina hamkorligini kengaytirish va 
chuqurlashtirish yo‘llari to‘g‘risida Deklaratsiya, O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy 
integratsiyani chuqurlashtirish to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling