O‘zbekiston tarixi


O‘zbekistonning Belorus, Moldova, Gruziya Litva, Latviya va Ozarbayjon


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

O‘zbekistonning Belorus, Moldova, Gruziya Litva, Latviya va Ozarbayjon 
respublikalari bilan ikki tomonlama davlatlararo aloqalari rivojlanib bormoqda. 
 
4. Markaziy osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlatlari o‘rtasida qardoshlarcha aloqalar. 
O‘zbekiston tashqi siyosatining ta’sirli yunalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi 
mustaqil davlatlar - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, 
do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. 
Mintaqadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, madaniyatimiz, 
tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga 
yanada yaqinlashtirishning zaminidir. 
O‘zbekiston rahbariyati bu mintaqadagi davlatlar, xalqlar o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro 
manfaatli hamkorlik o‘rnatish va mustahkamlash choralarini qadamma-qadam ko‘rib bormoqda. 
Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1990 yil iyunda Almati 
shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda bu davlatlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik o‘rnatilish zarurligi 
asoslab berildi. Uchrashuv Sovet Ittifoqi hali mavjudligi sharoitida, uning ahvoli tobora 
yomonlashib borayotgan, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida tanglik kuchayib borayotgan, pul 
qadrsizlanayotgan, narx-navo qimmatlashib borayotgan sharoitda bo‘lgan edi. 
Shuning uchun ham Markaziy Osiyodagi besh davlat iqtisodiy tanglikdan chiqish uchun 
resurslarni birlashtirish zarur degan xulosaga keldilar. Beshta respublika davlat boshliqlari 
I.Karimov N.Nazarbaev, A.Masaliev, Q.Mahkamov va S.Niyozovlar O‘rta Osiyo va Qozog‘istoi 
xalqlariga murojaatnoma hamda respublikalar rahbarlarining Bayonoti nomli hujjatlarni 
imzoladilar. 
Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi 1991 yil 13-15 avgust 
kunlarida Toshkent shahrida bo‘ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda o‘rta 
Osiyo va Qozog‘iston respublikalararo Maslahat Kengashini tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi. 
Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun 
shart-sharoit yaratishdan, bozor munosabatlariga o‘tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi 


kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona 
yondoshuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi.
1993 yil 4 yanvarda I.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston 
Prezidentlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan 
keyin Markaziy Osiyo deganda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va 
Turkmaniston tushuniladigan bo‘ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va 
iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p 
tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi. 
Toshkent uchrashuvida Orolni saqlab qolish xalqaro jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida 
qaror qabul qilindi. Jamg‘arma majlislarini Qizil O‘rda, Nukus va Toshhovuzda o‘tkazish zarur 
deb topildi. 
1993 yil mart oyida Qizil O‘rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya 
davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo‘yi 
muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog‘lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to‘g‘risida bitim imzolandi. 
Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. 
1994 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida 
yagona iqtisodiy makon to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 1994 yil 30 aprelda Cho‘lponota 
shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish 
to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma imzolandi. Uch qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi 
hamkorlik yangi pog‘onaga ko‘tarildi. 
O‘zbekiston, Qozog‘iston, va Qirg‘iziston Prezidentlarining 1994 yil iyul oyi boshida 
Almati shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ham bu uch qardosh mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi 
munosabatlarni mustahkamlashda yana bir yangi qadam bo‘ldi. Unda o‘zaro integratsiyani 
kuchaytirish bo‘yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to‘g‘risida 
bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlatlararo Kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, 
shuningdek Bosh Vazirlar Kengashi, Tashqi ishlar Vazirlari Kengashi, Mudofaa Vazirlari 
Kengashini ta’sis etdilar. Bunday yagona muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organlarining paydo 
bo‘lishi O‘zbekiston, Qozog‘iston, va Qirg‘iziston o‘rtasida tuzilgan Markaziy Osiyo iqtisodiy 
hamjamiyatining huquqiy zaminini mustahkamladi.
1995 yil 14 aprel ko‘ni Chimkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston 
Prezidentlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uch davlat boshlig‘i Markaziy Osiyo davlatlari 
integratsiyasini jadallashtirish bo‘yicha Hujjat (Kommyunike) imzoladilar. Bu borada 2000 
yilgacha dastur ma’qullandi. Uchrashuvda Davlatlararo kengash va Markaziy Osiyo hamkorlik 
va taraqqiyot banki ("Tsentrazbank") ning axborotlari tinglandi. 
Uch davlat Prezidentlari mintaqa barqarorligini ko‘zlab, BMT xomiyligida tinchlikni 
ta’minlovchi birlashgan batalion tuzish maqsadga muvofiq deb ta’kidladilar va o‘z 
hukumatlariga, mudofaa vazirlariga bu borada Davlatlararo kengashga aniq takliflar kiritishni 
topshirdilar. Uch davlat o‘rtasidagi integratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab chiqildi. Ularni 
hayotga tadbiq etish borasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqkiyot banki, Evropa tiklanish 
va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilmoqda. "Tsentrazbank" uch mamlakat hududidagi 10 dan 
ortiq loyihani jumladan O‘zbekistondagi "Farmsanoat” kontsernini, Qozog‘istonda tog‘-kon 
sanoatini, Qirg‘izistonda elektr dvigatellari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni mablag‘ bilan 
ta’minlamoqda. 
1997 yil 9-10 yanvar kunlari Bishkekda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, davlat 
boshliqlarining kengashi bo‘lib, unda uch qardosh davlatlar o‘rtasida abadiy do‘stlik haqida 
shartnoma imzolandi. Bu hujjatni o‘zbek, qozoq, qirg‘iz xalqlarining orzu-niyatlari o‘z ifodasini 
topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-
texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo‘naltirgan.
1997 yil 12 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining yangi poytaxti - Aqmola shahrida 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Prezidentlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashda uch 
mamlakat o‘rtasida energetika, suv zahiralaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat ta’minoti, 


kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zahiralarini o‘zlashtirish va qayta ishlash sohalari 
bo‘yicha xalqaro konsortsiumlar tuzish to‘g‘risida muzokara bo‘ldi. Prezidentlar xalqaro 
konsortsiumlar tuzish bo‘yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari kontseptsiyasini 
ma’qulladilar. 
2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 
Tojikiston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va 
mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To‘rt mamlakat rahbarlari 
«Terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va 
mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik 
to‘g‘risida shartnoma» imzoladilar. Gap shundaki, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro 
hamkorlik sohasida 200 dan ortiq hujjat imzolangan bo‘lsada, ular orasida mazkur masalaga 
tegishli hujjat yo‘q. Bunday hujjatning imzolanishi Markaziy Osiyodagi bugungi vaziyatdan 
kelib chiqqan muhim qadam bo‘ldi. To‘rt davlat Prezidentlari xalqaro terrorizmga siyosiy va 
diniy ekstremizmga qarshi birgalikda kurash olib borishga kelishib oldilar.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama 
hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. 
Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari ham
rivojlanib bormoqda. 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tojik, 
turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik aloqalarini yangi 
sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib "Turkiston - umumiy uyimiz" degan g‘oyani ilgari 
surdi. Mintaqa jamoatchilik vakillarini birinchi navbatda, ijodkor ziyolilar - yozuvchilar, 
tarixchilar va boshqalarning e’tiborini Turkiston tuyg‘usini - tarixiy birlik tuyg‘usini qaytadan 
tiklashga qaratdi. 
Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni yaqinlashtirish 
maqsadida yurgan sog‘lom kuchlar bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladilar. "Turkiston - umumiy 
uyimiz" deb nom olgan jamoatchilik harakati tashkil topdi. 
1995 yil 21 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida "Qardosh 
xalqlar uchrashuvi" mavzusida xalqaro qurultoy bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda "Turkiston umumiy - 
uyimiz" harakatini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatlagan olam aro mashhur bo‘lgan qirg‘iz 
yozuvchisi Chingiz Aytmatov ma’ruza qildi. Ma’ruzachi va so‘zga chiqqan qardosh xalqlar
vakillari mintaqada yashab o‘tgan ajdodlarimiz ruhi bilan olis istiqbolda tug‘ilajak avlodlar 
bog‘liqligi, mintaqa yaxlitligi, yagona Turkiston tuyg‘usining muqaddasiligi haqida so‘zladilar. 
Qurultoyda "Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi" tashkil etildi. Chingiz Aytmatov 
Assambleya 
Prezidenti, 
Odil 
Yoqubov 
Assambleya 
vitse-Prszidenti 
etib 
saylandi. 
Assambleyaning qarorgohi Toshkent shahrida bo‘lib, Bishkek va Almatida uning bo‘limlari 
tashkil etildi. 
"Turkiston - umumiy uyimiz" g‘oyasini to‘g‘ri tushunish lozim. Uning tagida Markaziy 
Osiyo mamlakatlarini birlashtirish yoki ular tepasida turuvchi yangi bir tizimni yaratish kabi 
maqsadlar qo‘yilayotgani yo‘q. "Turkiston - umumiy uyimiz" deganda barcha turkiy davlatlar 
hamma turkiy xalqlar nazarda tutilayotgani ham yuq. 
Gap Turkiston deb nomlangan siyosiy-jug‘rofiy hudud ustida, hududdagi mamlakatlarning 
o‘zaro birligini mustahkamlash, ularning xalqlarini yaqinlashtirish haqida bormoqda. Markaziy 
Osiyo davlatlarining har biri o‘z doirasida, o‘z taraqqiyot yo‘lidan rivojlanib boraveradi. 
Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo 
mamlakatlari madaniyat, san’at, adabiyot va fan namoyandalari o‘rtasida aloqalarni 
chuqurlashtirish, xalqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtirish tadbirlari ko‘rilmoqda. 
1997 yilda Bishkekda "Mustaqillik vaziyatida ma’naviyat masalasi" mavzusida 
simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda qardosh xalqlar ma’naviyatining yangi sharoitdagi holati 
va rivojlantirish muammolari haqida qimmatli fikrlar bildirildi. 
Toshkentda 1997 yil aprelda taniqli qozoq adibi Muxtor Avezovning ijodiga bag‘ishlangan 
"Muxtor Avezov va o‘zbek adabiyoti" mavzusida ilmiy konferentsiya bo‘ldi. 1997 yil may oyida 


"Mustaqillik - baxtimiz, toleimiz, kamolimiz" mavzusida mushoira", "Markaziy Osiyo
mustaqil davlatlari xalqlari she’riyatining buguni va ertasi" mavzusida davra suhbati bo‘lib 
o‘tdi. 
1997 yil oktyabrda Assambleya Almatida "Muxtor Avezov va jahon adabiyoti" mavzusida 
uning 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya o‘tkazdi. 
1997 yil oktyabr oyidan boshlab Assambleya tashabbusi bilan 8 sahifalik "Markaziy Osiyo 
madaniyati" nomli haftalik gazeta o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, rus tillarida chiqmoqda. Bu 
tadbirlar mintaqa xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash va 
chuqurlashtirishga ko‘maklashmoqda. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling