O‘zbekiston tarixi


-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

2-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. 
 
REJA: 
5. 
Ilk davlatlar vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari. 
6. 
Xorazm va Baqtriya - o’zbek davlatchiligining ilk bosqichi. «Avesto». 
Turon zaminida vujudga kelgan Yunon-Baqtriya, Qang’a, Davon davlatlari. 
7. 
Kushonlar saltanati va uning mamlakatimiz davlatchiligi tarixida tutgan o’rni. 
 
ADABIYOTLAR: 
 
1. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.1.T. “Sharq” 1998.a 
2. Abu Rayhon Beruniy. O’tmish ajdodlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar jild. T.: “Fan” 
1993. 
3. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. T.6 “Fan” 1993. 
4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: Sharq, 2000, 25-48 betlar. 
1. 
Ilk davlatlar vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari. 
Mehnat qurollarining takomillanishi natijasida erga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari 
kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo’lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat 
qurollari qishloq xo’jaligi va hunarmandchilikning tez o’sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni 
bo’g’ib, to’g’onlar qurib, kanallar qazib erlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O’rgatilgan ishchi 
hayvonlari qo’shilgan temir tishli omochlar bilan erni haydashning o’zlashtirilishi hosildorlikning 
oshishini, ko’proq mahsulotlar etishtirishni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini 
uzaytirdi, aholi son jihatdan ko’payib bordi. 
Urug’chilik munosabatlari ham o’zgarib boradi. Ikki urug’ a’zolaridan tashkil topgan er-xotin-juft 
oilalar vujudga keladi. 
Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo’lishi asta-sekin ortiqcha mahsulotlarni ayirboshlashni 
hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib chiqaradi. Jamoa a’zolari ishlab chiqarishning o’zlariga qulay 
sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa dehqonchilikdan chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik ajralib 
chiqadi. Аyrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan boshqalari chorvachilik yoki 
hunarmandchilik bilan shug’ullanadilar. Ular o’rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik 
mahsulotlarini o’zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu o’z navbatida savdogarlar tabaqasini, ilk 
shaharlarning belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotida tovar ayirboshlash yuz beradi, dastlabki shaharlar paydo bo’ladi. 
Arxeologlar Afrosiyob (hozirgi Samarqandning sharqiy chekkasi), Erqo’rg’on va Uzunqir ( 
Qashqadaryo vodiysi), Ko’zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo) va boshqa qadimiy shaharlar 
xarobalarini o’rganishgan, ularning qiyofalarini tasvirlashgan. Qadimgi shaharlar mudofaa devorlari 
bilan o’ralgan, ularda saroylar, qal’alar, hunarmandchilik ustaxonalari, bozorlar bo’lgan. Shaharlarni 
shahar boshliqlari - hokimlar boshqargan. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling