O‘zbekiston tarixi


O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

2. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq jahon 
hamjamiyatiga qo‘shilish xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo‘lini tanladi va og‘ishmay 
shu yo‘ldan bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992 yil 2 martda 
jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi.
Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi. 
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda 
bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni 
jahonga qo‘hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi 
nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMT 
ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni 
kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa macalalap bo‘yicha bir qator takliflarni 
o‘rtaga qo‘ydi. 
1993 yil fevralda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. 
O‘zbekiston Respublikasi va BMT raxbarlarining sa’y-harakatlari natijasida BMT ning 
Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMT ning Taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi 
bo‘yicha oliy ko‘mita komissari, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat 
qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti dasturi, singari ixtisoslashgan muassasalarni o‘z tarkibiga 
birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
1994 yil oktyabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida 
Toshkentda bo‘lgan jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yo‘li" xalqaro yig‘ilishi jahon 
sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeini yanada ko‘tardi. 
O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 seentyabr kunlari 
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent kengash-
seminari bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan 
kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya 
jarayonlarini chuqurlashtarishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o‘z 
fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon 
xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni 
mustaxkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarni barpo etishga chaqiradi.
O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo 
mintaqasini yadro kurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston 
Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib so‘zlagan 
nutqida Markaziy Osiyoni Yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan edi. 
O‘zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 
1997 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyo -yadro qurolidan xoli zona" 
mavzuida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan 
vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar 
vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Markaziy Osiyo mintaqasining yadro qurolidan xoli zonaga 
aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi. 
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi 
ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega. 
1994 yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 
milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo‘lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va 
axborot soxasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi. 
YuNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta 
ahamiyat bermoqda. "Ipak yo‘li - muloqot yo‘li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy 
Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. YuNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy 
Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etildi. YuNESKO Bosh direktori Federiko 
Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida institut tantanali pavishda ochildi.


O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar -Jahon sog‘liqni saqlash 
tashkiloti, xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, 
xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti
Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoki va boshqa tashkilotlarning a’zosi, 
ular bilan hamkorlik qilmoqda. 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, jahon hamjamiyati bilan 
integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valyuta fondi, Jahon 
banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ham 
ko‘maklashmoqda. Xalqaro savdo markazi (YuNKTAD), ta’riflar va savdo Bosh bitimi (GATT) 
bilan hamkorlik qilinmoqda. 
EXHT ning 1996 yil dekabrda Lissabonda bo‘lgan Sammitida XXI asr arafasida yalpi 
xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bo‘ldi. O‘zbekistonning mojarolar yuz berib 
turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog‘ etkazib berishni to‘xtatish, EXHT ning Markaziy 
Osiyo faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma’qullandi va Lissabon deklaratsiyasida 
hujjatlashtirildi.1999 yil noyabr oyida bo‘lgan EXHTning Stanbul sammiti Islom Karimovning 
terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi.
O‘zbekiston ko‘pgiina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, Evropa ittifoqi, NATO, EKO, 
Islom konferentsiyasi tashkiloti, qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali 
hamkorlik qilmoqda. 
1996 yil fevral oyida O‘zbekiston va Evropa Ittifoqi bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha 
muzokaralar bo‘ldi. Shu yil iyul oyida Florentsiya shahrida Evropa Itgifoki bilan O‘zbekiston 
o‘rtasida sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi. Bu xujjat O‘zbekiston, Evropa 
Ittifoqi va unga a’zo bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning huquqiy negizi 
bo‘lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. 
Evropa Ittifoqi bilan hamkorlik O‘zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim 
omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 
O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha 
Vena Konventsiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar xaqidagi Monreal Protokoliga, 
atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo‘llashni 
taqiqlovchi konventsiyaga, Yadro qurolini tarqatmaslik xaqidagi shartnomaga qo‘shilgan. 
Shunday qilib, O‘zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo‘shildi, 
xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni 
mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko‘tarildi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling