O‘zbekiston tarixi


urush" siyosati hukmronlik kilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

urush" siyosati hukmronlik kilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. 
XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning echakchisi bo‘lgan ulkan imperiya- 
SSSR parokanda bo‘ldi, sotsialistik sistema xaloqatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki 
tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSR ning parchalanishi 
natijasida 15ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O‘zbekiston davlati bunyod etildi. 
Xalqaro vaziyatda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lsada, "sovuq urush" siyosati barham topsada, 
dunyo hamon mo‘rt, murakkab va muammoli bo‘lib turibdi. Dunyo tinchligiga tahdid soluvchi 
xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida 
ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o‘sdi. Pivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy 
boyligi hisoblangan tabiiy resurslarini rivojlangan mamlakatlar o‘z qo‘liga olishga, nazorat 
qilishga intilishi kuchaydi. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, axolisi qashshoq yashayotgan 
mamlakatlar mavjud. 
Bir qator mintaqalarda, xatto bir mamlakat fuqarolari o‘rtasida milliy-etnik va diniy 
nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 
millionga yaqin odam o‘zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida 
ketishga majbur bo‘lgan. 


 Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va 
fundamentalizm ham tahdid qilmoqda. Dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan 
terroristlar, ekstremistlar, shu jumladan islom fundamentalistlari odamlar o‘rtasida "xaqiqiy" va 
"soxta" dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshilik chiqarishga, millatlarni parchalashga
intiladilar. Ular davlatlarni islomlashtirishga, islom tsivilizatsiyasi bilan boshqa 
tsivilizatsiyalar o‘rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoqdalar. 
Diniy ekstremistlarning qadimgi islom g‘oyalari va an’analarini qayta tiklash bayrog‘i ostida 
qilayotgan terrorchilik, suiqasd uyushtirish ishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda. 
"Sovuq urush" siyosatiga chek qo‘yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan 
bo‘lsada, bu turdagi ommaviy qirg‘in qurolining ko‘p miqdorda saqlanayotganligi,yadro quroliga 
ega bo‘lgan davlatlar sonining ko‘payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo ahlini 
tavishlantirmoqda. Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog‘lom ekologik 
vaziyat, jumladan Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga 
xavf solib turibdi. Tobora kuchayib borayotgan korruptsiya, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm, 
terrorchilik, giyohvandlik, yashirin kurol oldi-sottisi butun dunyoni, insoniyatni 
tashvishlantirmoqda. Bularning barchasi dunyo hali ham ilgaridek mo‘rt bo‘lib turganligidan 
dalolat beradi. Bizni qurshab typran olam g‘oyat
murakkab va muammoli bo‘lib keldi, hozir ham 
shunday bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro 
munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojora barcha 
mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. Hatto ayrim olingan mamlakat 
ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga 
aylandi. 
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab extiyojlarining g‘oyat darajada o‘sganligi bilan 
belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini 
qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan
iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish ob’ektiv zaruriyat bo‘lib qoldi. Shu 
boisdan barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqadadir. 
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham, 
boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo‘linmasdir. 
O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan va o‘z taraqqiyot 
istiqbollari jihatidan qulay jug‘rofiy-strategik imkoniyatlarga ega. Qadim zamonlarda Sharq 
bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekiston xududi orqali o‘tgan. Bu erda savdo 
yo‘llari tutashtan, tashqi aloqalar hamda typli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi 
kunda ham Evropa va Osiyoni bog‘laydigai yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning o‘rtasida 
joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi.
Markaziy Osiyoda jug‘rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston ushbu 
mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni
mustahkamlash imkoniyatlariga ega. Mintaqa doirasida manfaatli munosabatlar o‘rnatish 
imkoniyati O‘zbekiston orqali ochiladi. 
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan. 
Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilaridan 
ma’lum darajadan ustun turadi. Tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xom ashyo zahiralari 
va strategik materiallarga ega, dexqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini 
ta’minlashga qodir. O‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o‘zini neft, 
gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. 
Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat tsivilizaliyasida 
salmoqli o‘rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir o‘tkazib kelgan. 
Jug‘rofiy-siyosiy jihatdan O‘zbekistonga qiyinchiliklar tug‘diruvchi omillar ham mavjud. 
O‘zbekiston o‘zining jug‘rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo‘lga 
qo‘yilmagan mintaqada joylashgan. O‘zbekiston fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi xavzasi va Tarim 
xavzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim xalqaning strategik markazida 


joylashgan. Shu boisdan bu xududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina 
davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda.
Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O‘zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va 
boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar kurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz 
mintaqadagi terrorizm, etnik murosasizlik, narkobiznes, ichki mojaro avj olgan Afgoniston kabi 
beqarorlik o‘chog‘i bilan chegaradosh. 
Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda kommunikatsiyalar 
nomaqbul ravishda shakllantirildi. Janubiy yo‘nalishda transport kommunikatsiyalari amalda 
rivoj topmagan. SSSR parchalangach, kommunikatsiyalar muammosi O‘zbekiston uchun yanada 
keskinlashdi. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz 
bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat. Qora dengiz, Boltiq dengizi, Yapon dengizi 
va Shimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li qariyb 3 ming kilometrni tashkil 
etadi. Bu bir necha davlatlar hududidan o‘tadigan olis yo‘l bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy
aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishini qimmatlashtirib, mahsulotlarni raqobatga bardosh 
berolmaydigan qilib qo‘yadi. 
Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz 
uchun nokulaylik omildir. Shuningdek mustamlakachilik davrida yuritilgan Turkistonni bo‘lish, 
millat va elatlari ustidan hukmronlik qilish siyosatining asoratlari hozirgacha tashvishli omil 
hisoblanadi. 
Mustaqil O‘zbekistonda bu qiyinchiliklarni bartaraf etish, jug‘rofiy-siyosiy Prezident Islom 
Karimov o‘zining "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” va boshqa asarlarida 
mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. 
Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
- Mafkuraviy qarashlardan qati nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy 
qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 
- davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini xurmat qilish; 
- boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 
- nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 
- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid kilmaslik; 
- inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; 
- ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan 
qoidalari va normalarining ustivorligi; 
- davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maksadida 
ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; 
- tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 
- davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy 
manfaatlarining ustunligi; 
- tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida 
rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish xisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. 
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan 
tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat cifatida tezda tan olinishini ta’minladi. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, 
ularning 120 tasi bilan diplomatik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar 
o‘rnatildi. Toshkentda 40 dan ortiq mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSh, 
Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy,
Hindiston Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek O‘zbekistonda 88 xorijiy 
mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat 
tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda - 
AQSh, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O‘zbekistonning 
elchixonalari ishlab turibdi. 



Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling