O‘zbekiston tarixi
Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san’at va musiqa madaniyati rivoj topdi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san’at va musiqa madaniyati rivoj topdi. Bu
sohada Mirali Tabriziy, Shayh Muhammad, Junand Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vakillari Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastalik xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi bo‘lgan S.Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko‘plab bebaho qo‘lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari Nizomiy, Farididin Attor, Xo‘ja Xofiz, Sa’diy Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz daholarining ko‘plab asarlari ham uning betinim sa’y-harakatlari bilan ko‘chirilib, avlodlarga armug‘on etilgan. Tasviriy san’atda Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Xiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko‘zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o‘zining tabiiyligi, tiniqligi va originalligi bilan kishini hayratga soladi. Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o‘g‘li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod topgan o‘ziga xos badiiy akademiya rolini o‘ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko‘plab mo‘yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli tasvirlar, miniatyura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kalila va Dimna», Sa’diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru-bezaklar hanuzga qadar ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Musavvirlik san’atining tengi yo‘q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-1537) ijodi ham Temuriylar davri san’atining yuqori cho‘qqisi hisoblanadi. Uning mo‘yqalamiga oid hadsiz- hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va Ibsol», Sa’diyning «Bo‘ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa» asarlariga ishlangan miniatyura namunalari yohud Hirotdagi «Bog‘i Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go‘r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o‘xshash rassomlik asarlari bu tug‘ma ijodkor iste’dodining yuksak mahoratidan shahodat beradi. Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san’ati ham shubhasiz, alohida o‘rin tutgan. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo‘shiqchiligining sakkiz turi rivojlanganligini qayd etadi. Bular - tuyuq, changchi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar. Amir Temur davrida san’at va musiqa olamida mashhur bo‘lgan siymolardan biri Abduqodir Go‘yanda (1334-1435) bo‘lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa san’atida Hirot ijodiy muhitining o‘rni katta bo‘lgan. Hirot musiqashunoslari o‘z ijodlarida Navoiyning she’r va g‘azallaridan keng foydalanganlar. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling