O'zbekiston tarixi


 «0‘zbekiston ovozi» gazetasi, 1998-yil 31-mart


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «0‘zbekiston ovozi» gazetasi, 1998-yil 31-mart.
2
 Matkarimov M. Xorazm Respublikasi: davlat tuzilishi, Nozirlari va iqtisodi. - 
Urganch, 1993. 24-bet.
3
 Каландаров H. Образование и деятельность Хорезмской Коммунистической 
партии-Т.: 1975. 113-bet. 


va «panislomizm» tarafdorlari degan aybnoma qo„yilib, 1921-yil 
6- 
martda M.Safonov buyrug„iga asosan harbiya Noziri Shayxutdin 
Hasanov, Purxiv boshlig„i Hamza Musayevlar boshchiligidagi qurollangan 
rus askarlari Nurlavoyga kelib, hukumat uyini qamal qildilar. 0„sha kuni 
hukumat a‟zolari hibsga olinib zindonga tashlanadilar. Mazkur voqeadan sal 
ilgariroq ogohlantirilgan Xalq Nozirlar Kengashining raisi Polvonniyoz Hoji 
Yusupov, Xiva shahar (mudofaa) qo„mitasining boshlig„i Nazir Sholikarov 
va hukumatning boshqa a‟zolari allaqachon qochib yashirinishga ulgurgan 
edilar
1

M.Safonov o„sha kuniyoq vaqtni qoidan boy bermasdan Gurlanga 
mirshab yuborib, Bobooxun Salimovni ham qo„lga olishga buyruq bergan. 
Ammo u Qo„shko„pir tumaniga kelganda qulay vaziyatni poylab mirshablar 
qoiidan qochib g„oyib bo'ladi. 
1921- 
yil 6 mart kuniyoq M.Safonovning bevosita tashabbusi bilan 
6 kishidan iborat muvaqqat inqilobiy qo„mita tuzildi. Unga Sho„rolaming II 
qurultoyini chaqirish va qurultoyga qadar davlat hokimiyatini boshqarish 
bilan bogiiq barcha vakolatlar berildi. Bu Xorazmda amalga oshirilgan 
davlat to„ntarishi edi. Davlat to„ntarishini amalda 1920-yil 13-sentabrda 
RSFSR bilan XXShR o„rtasida tuzilgan shartnomani qo„pol sur‟atda buzib, 
XXShRsining ichki ishlariga aralashib Rossiya Federatsiyasining Toshkent 
va Xivada joylashgan vakolatli kuchlari amalga oshirdilar. 1921- yil 6-
martda shakllantirilgan vaqtli inqilobiy qo„mita tarkibiga quyidagilar 
kiritildi: 
1. Jabbergan Qo„chqarov - vaqtli inqilobiy qo„mita raisi va harbiy 
ishlar bo„yicha mas‟ul, Yosh xivaliklar partiyasining sobiq a‟zosi, 
Kompartiya a‟zosi, millati o„zbek; 
2. Bobojonboy Yoqubov - muvaqqat inqilobiy qo„mita raisining 
muovini, aslida raislik lavozimini ham bajardi, Yosh xivaliklar partiyasining 
sobiq a‟zosi, millati o„zbek; 
3. 
Shokir Siddiqov - muvaqqat inqilobiy qo„mita ish boshqaruvchisi, 
Xorazm kompartiya a‟zosi; 
4. Nadir Qaqa - muvaqqat inqilobiy qo„mita a‟zosi, millati turkman; 
5. Tagan Abdullayev - muvaqqat inqilobiy qo„mita a‟zosi; 
6. Ahmadjon Mahmudov - muvaqqat inqilobiy qo„mita a‟zosi, millati 
o„zbek. 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling