O'zbekiston tarixi


‘0‘zRMDA, 719-fond, 1-ro‘yxat, 91-ish, 61-62-varaqlar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

‘0‘zRMDA, 719-fond, 1-ro‘yxat, 91-ish, 61-62-varaqlar. 
2
 0‘sha manba.
179 


Petro-Aleksandrovsk (To„rtko„1) va Xivada turgan qizil qo„shin 
qismlari RSFSR vakolatxonasiga qarashli boiib, o„z harbiy boshliqlaridan 
boshqa hech kimning buyrugini bajarmas edilar. Xorazm Xalq Sho„ro 
hukumatiga agar qo„shin zarur boiib qolsa, hukumat rahbari RSFSRning 
Xivadagi Muxtor vakili roziligi bilangina bunday yordamni olar edi. Shu 
bois bevosita XXShRga tobe boimagan va Xorazm Xalq Sho„ro 
Respublikasi hududida joylashtirilgan qizil qo„shinlar va ulaming shovinist-
millatchi boshliqlari oikada xilma-xil noma‟qulchiliklami qildilar. 
1920- 
yil may oyiga kelib Xorazmda faoliyat ko'rsatayotgan 
Sho„ro vakillari, Moskovning ko„rsatmasi asosida oikada ko„p 
partiyaviylikka barham berdi, kompartiyaning yakkaboshchilikka asoslangan 
ish uslubini o„matdi. Mahalliy tub yerli millatlaming talab va ehtiyojlarini 
o„zida ifoda etgan «Yosh xivaliklar» partiyasi ham o„z harakat faoliyatini 
to„xtatishga majbur boidi. Bu partiya safidagi ko„pgina a‟zolar zamona zayli 
bilan hisoblashib kompartiya safiga kirishga majbur boidilar. Ular 
kompartiya safida turib, davlat boshqamv idoralarida turli lavozimlarda 
faoliyat ko„rsatdilar va o„z g„oyalarini amalga oshirishga harakat qildilar. 
Sho„ro va kompartiya vaqtdan yutish maqsadida kompartiya saflaridagi 
Yosh xivaliklar faoliyatiga sabr-toqat qilgan boisa-da, keyinchalik ulaming 
barchasini qadamba-qadam qatag„on qilib bordi. 
Xorazm Xalq Sho„ro Respublikasining mustaqil yuritayotgan davlat 
siyosatini RSFSRning Xorazmdagi vakillari barbod qilish uchun turli xildagi 
bahonalami o„ylab topar va hukumat a‟zolarini omma ko„z oldida badnom 
qilishga intilar edilar. Jumladan, 1920- yil iyun oyida Maorif Nozirligi 18 
yoshga toigan erkak va qiz bolalami o„qishga jalb qilish maqsadida 
ro„yxatga olish to„g„risida buyruq berdi. Ruhoniylar va oqsoqollaming 
aksariyati qiz bolalami ro„yxatga olish va o„qishga jalb qilish shariat 
qoidalariga xilof ish deb, domlalar, eshonlar va oqsoqollar bu tadbirga 
qarshi ko„tarilganlar. RSFSR ning Xorazmdagi toia huquqli vakili 
A.Izmaylov bu voqeadan RSFSR hukumati foydasiga jirkanch maqsadlarda 
foydalanmoqchi boigan. U Xorazm hukumati tarafida turib, amalga 
oshirilmoqchi boigan tadbiming mohiyatini bosiqlik bilan ommaga 
tushuntirish va g„alayonni bosti-bosti qilish o„miga, bu g„alayon Xorazmda 
Sho„ro hokimiyatini ag„darish va eski xonlik tartib-qoidalarini qaytadan 
tiklash maqsadida amalga oshirilgan 
180 


harakat, deb o„zboshimchalik bilan ulami yo„q qilish, mhoniylar, Xon va 
xonzodalami zudlik bilan qamoqqa olishga buyruq bergan. 
Umuman RSFSR vakolatxonasining Xorazmdagi to„la huquqli vakili 
A.Izmaylov va S.V.Malishevlaming aybi va o„zboshimchaliklari tufayli 
Xorazmda bir qancha fojialar sodir etildi. Jumladan, 1920-yil 30-apreldan 
boshlab XXShR ning harbiy Noziri bo„lgan Rizo Shokirov RSFSR 
vakolatxonasining topshirig„iga asosan 1920-yil 23-iyunda Xiva shahridagi 
Muhammad Aminxon madrasasi oldida Ibrohim Oxun rahbarligida tashkil 
qilingan tinch diniy namoyishni shafqatsizlarcha qonga botirdi. Miting 
qatnashchilari hukumat nomiga ariza yozib Xivada kompartiyani taqiqlash 
va barcha kommunistlami mamlakatdan haydab chiqarishni talab qildilar. 
Shu kuni Xiva xonligi davrida qozikalon vazifasida ishlagan Ibrohim Oxun, 
shuningdek Rafiq Oxun, Saidjonqori, Mulla Muhammadniyoz Badirxonli, 
Muhammadamin Oxun va boshqalar otib tashlandi. Xivaning sobiq xoni 
Said Abdullaxon va uning oila a‟zolari, qarindosh-umgiari, Qozi askar
Hikmatullo Oxun, Obid Oxun va boshqalar RSFSR va Turkistonning turli 
tomonlariga badarg'a qilindilar
1
. Albatta bu hoi asrlar davomida islom dini 
aqidalariga ishonib kelgan xalq ommasi o„rtasida RSFSRning zo„ravonlik 
huquqlariga nisbatan norozilik va nafrat his-tuyg„usini kuchaytirdi. 
Bundan tashqari RSFSRning Xorazmdagi to„la huquqli vakillari 
riyokorlik bilan o„zbeklar bilan turkmanlar o„rtasida nizo chiqarish bobida 
ham ustasi faranglik bilan ish olib bordilar. 1920-yil sentabr oyining 
o„rtalarida Xivada XXShR nozirlar sho„rosining ikkinchi muovini 
Qo'shmamadxon Sapiyev va uning yigitlaridan 100 nafar turkman 
askarlarining sudsiz, so„roqsiz otib tashlanganligi bunga yorqin dalil bo„la 
oladi. Ana shu ayanchli fojia oqibatida o„zbeklar bilan turkmanlar o„rtasida 
milliy nizo kuchayib keskinlashdi. 
Ayniqsa 
RSFSR 
vakolatxonasining 
Xorazmdagi 
toia 
huquqli 
xodimlaridan yana biri S.V.Malishev haddidan juda ham oshgan. U qo„shma 
majlis chaqirib «mustaqil» Xorazm hukumati rahbarlaridan Xivada turgan 
qizil askarlar va ulaming otlari uchun juda ko„p miqdorda bug„doy, gurach, 
jo„xori, yog„, yem-xashak va boshqa mahsulotlami aholidan zudlik bilan 
yigib berishni talab qilgan. U 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling