O'zbekiston tarixi
‘zbegim. «Zvezda Vostoka»jumalikutubxonasi.-Т.: 1992, 171-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
0‘zbegim. «Zvezda Vostoka»jumalikutubxonasi.-Т.: 1992, 171-bet.
303 U Shorasul haqida bunday deb yozadi: «Afg„onistonda to„polonlar boshlanib Bachai Saqayev Omonullaxonga qarshi kurashayotgan chogiari Shorasul Zunnun faqat shu haqda so„zlar va men bilan bunday bahslashar edi: «Afg„onistonda hokimiyat Bachai Saqayev qoiiga o„tgan zahoti bizlaming ahvolimiz yengillashishiga shubha yo„qdir. Chunki unda inglizlar sovet hokimiyatiga hujum boshlaydilar, biz boisak, bu imkoniyatdan foydalanib, 0„rta Osiyoda milliy hukumat tuzamiz. Bizda imkon ko„p». Qanaqa imkonlari borligini so„raganimda, u javobdan qochdi. Shorasul ashaddiy tor millatchilardandir, bu borada u hamfikriarini ham ortda qoldirib ketadi. Lekin tabiatan ichimdan top emas, boshqalarga o„xshab fikrlarini yashirib yurmaydi, kim unga xayrixohlik bildirsa, boidi, og„zidan gullayveradi. Boz ustiga, fikrlariga hammaning qo„shilishini istaydi va shunga qistaydi. Sovetlarga qarshi ma‟ruzalar o„qiy boshlaydi. Men uning feii-xo„yini, xulqini yaxshigina o„rganib olganman. Ko„rishganimizda, unga «Buncha ozib-tuzib ketibsiz, Shorasul aka, mazangiz qochdimi-yo?» deb gap boshlayman. Bunga u: «Е, uka, shu millat qayg„usi meni bu ahvolga soldi-da. Fikru yodim shu millatda», - deb javob qiladi» 1 . Boshqa bir misol: «Eshonxo„ja Xoniy - mening yaqin qarin- doshim (onamning ukasi), bir hovlida birga yashaymiz. Sobiq jadid. Turkistonda jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan, mafkura jihatidan yot unsur. Sovet hokimiyatining ayrim tadbirlaridan qattiq norozi. Masalan, paxtachilik sohasini kengaytirish kampaniyasidan va bug„doy yetishmovchiligi munosabati bilan juda norozi boigan. U menga derdiki, 0„zbekistonda un taxchilligi qattiq sezilib turgan bir mahalda Moskva dehqonlami paxta ekishga majbur qilayapti, boz ustiga, Moskovning o„zi va‟dasiga xilof ravishda 0„rta Osiyoga bug„doy yetkazib bermayapti, natijada dehqonlami un bilan ta‟minlashda mana shunaqa qiyinchiliklar yuzaga kelayapti. Bir so„z bilan aytganda, paxtachilik tarmogini kengaytirish aholining boshiga bitgan balo, bundan faqat o„zbek dehqonlari zarar ko„radilar. Bundan tashqari, biz Moskovni paxta bilan ta‟minlayapmiz-u, o„zimiz yetarli miqdorda sanoat mollarini, jumladan manifaktura olmayapmiz...» 2 . «Hasan qori Xon ham mening qarindoshim (onamning ukasi). Mafkura jihatidan Eshon Xo„ja Xonga yaqin. Sobiq jadid, uzoq 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling