O'zbekiston tarixi
Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qoiyozma
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qoiyozma. 66 -bet. 300 siyosatini fosh etdilar va mahalliylashtirishni ilg„or va o„qimishli ziyolilar evaziga amalga oshirish zarurligini targ„ib qildilar hamda milliy ozodlik uchun kurashuvchilarga yordam berish kabi masalalar bilan shug„ullandilar. «Milliy istiqlol»ning Namangan boiimi Farg„ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining o„ziga xos markazi ham edi. Uning rahbarligida Andijon shahri va Kosonsoy qishlogida ham istiqlolchilar uyushmasi tashkil etildi va omma orasida katta ishlar olib borildi. Andijonda Abdullaxo„ja G„ofurov rahbarligida uyushgan M.Karimov, A.K.Sattorov, Sh.K.Toshmatov, M.KAshurov va boshqalar, Kosonda Abdullabek Musobekov rahbarligida I. M.Obitdinov, M.Sh.Abdullaxo„jayev, A.X.To„xtaxo„jayev va boshqalar istiqlol yoiida faollik ko„rsatdilar. Samarqandda ham 1927-1929-yillarda «Milliy istiqlol»ning Murotxo„ja Allaxo„jayev, Abduahat Ma‟ruijonov, Shoqobil Kamolov, Hamroqul Kamolov, Ergash Nurmuhammedov va boshqalardan iborat faollari boiganligi va ular viloyatda ibratli ishlami amalga oshirganligi haqida maiumotlar bor. Sho„ro mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashda Qo„qon shahrida «Milliy istiqlol» tashabbusi bilan tashkil topgan «Botir gapchilar» uyushmasi ham o„z o„miga ega boidi. U 1929-1930- yillarda faoliyat ko„rsatdi. Uning tashkilotchi va faollari Ashurali Zohiriy, Lutfulla Alimov, U.Hamidov, N.Ermatov, M.Xusainov, A.Qahhorov, P.Parpiyev, M.A.Saliyev va boshqalar edilar. «Botir gapchilar» o„z faoliyatlarida «Milliy istiqlol» yoiidan bordilar va asosiy maqsad qilib sho„ro hokimiyatini ag'darish va «Xalq jumhuriyati»ni tashkil etishni qo„ygan edilar. Bu maqsad yoiida ular 0„zbekistonning aholi gavjum joylarida tashkilotning boiimlarini tashkil etish bilan xalqni qurolli qo„zg„olonga tayyorlamoqchi boidilar. «Botir gapchilar» «gap», mehmondorchilikka yigilish bahonasida ish olib bordilar, o„zaro maslahatlashdilar. Biroq, tashkilot uzoq faoliyat ko„rsata olmadi. U 1930-yilning boshidayoq GPU xodimlari tomonidan fosh etildi. «Botir gapchilar» o„z oldilariga qo„ygan maqsadni amalga oshirishga ulgurmadilar va sezilarli faoliyat ko„rsata olmadilar. Uning 1930- yil 2, 14 va 23- yanvardagi «gap»lari yigilishlarining qoralama yozuvlari (protokoli) saqlanib qolgan. Shuningdek, tashkilot nizomi, ya‟ni a‟zolikka kimlar qabul qilinishi haqidagi hujjat ham topilgan. Nizomda, jumladan, quyidagilar yozilgan edi: «Har bir ongli kishi 301 o„lkani har qanday mustamlakadan ozod qilishga intilmog„i va 0„zbekistonda mustaqil hukumat barpo etishga harakat qilmog„i hamda xalqni yaxshi turmush sharoiti va mehnat bilan ta‟minlashga butunlay sadoqatli bo„lmog„i kerak» 1 . Nizomda tashkilotga a‟zo boiish shartlari ham ko„rsatilgan: - sho„ro tashkilotlarida mas‟ul va nomas‟ul lavozimlarda ishlovchi,- sudlanmagan, siyosiy maxbuslikdan istisno kishilar hamda partiya a‟zolari; - boshlangich va o„rta maktab, oliy o„quv yurtlarining o„qituvchilari, agar ulaming nomzodini ko„pchilik tashkilot a‟zolari qoilab - quwatlasa; - oliy o„quv yurtlarining maium sharoitda tarbiyalangan ongli talabalari; - mutaxassislar; - adabiyotshunos, shoir va yozuvchilaming maium qismi; - zavod, fabrika va matbaa ishchilaridan savodli targibotchi va tashkilotchilar; - dehqonlardan: ongli va aholi orasida obro„ga ega boigan kishilar, qobiliyatli targibotchi va tashkilotchilar; - harbiy qismlardan: milliy armiyada xizmat qilgan u yoki bu darajadagi savodli shaxslar, milliy komandirlar; - hunarmandlar va armiyada xizmat qilganlar. Nizomda tashkilotning har bir a‟zosi oldiga qo„yiladigan talablar ham ko„rsa- tilgan edi: - a‟zolikka qabul qilinayotgan har bir kishiga nisbatan tashkilot a‟zolari befarq boimasliklari; - tashkilot a‟zosi qayerda ishlashidan qat‟iy nazar atrofidagilar o„rtasida namunali boimogi; - tashkilot a‟zosi unga topshirilgan vazifani har qanday paytda ham bajarish qobiliyatiga ega boimogi; - tashkilot a‟zosi albatta birorta boshqa tashkilotga a‟zo boiishi (partiya, komsomol yoki kasaba uyushmasi); - tashkilot a‟zosi ichimlik ichmasligi va «gap»larda o„zini tuta bilishi kabilar ana shulardan iborat edi. Mazkur hujjatda tashkilotning nizomi va dasturini buzgan va ularga ochiqdan-ochiq qarshi chiqqan a‟zolarga nisbatan qoilaniladigan choralar tartibi ham belgilangan edi. Nizom qoidalarini tushunmasdan buzganlar tashkilot yigilishida 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling