O'zbekiston tarixi


Andijon viloyat hokimligining arxivi, 189-fond, 1-ro‘yxat, 473-ish, 15- varaq


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
Andijon viloyat hokimligining arxivi, 189-fond, 1-ro‘yxat, 473-ish, 15- varaq.
358


1
-yanvarigacha dehqon xo„jaliklarining 10 foizi jamoalashtirilgan boisa, shu 
yilning 1 martiga kelib bu ko„rsatkich 44,8 foizga yetdi. Xorazm okrugining 
Shovot va G„azovot tumanlarida 1930-yil yanvariga qadar birorta jamoa 
xo„jaligi boimagani holda shu yilning 26 fevralida mazkur tumanlaming 
rahbarlari dehqon xo„jaliklari yuz foiz jamoalashtirildi, deb markazga xabar 
berdilar. 
Jamoalashtirishda ixtiyoriylikka amal qilinmadi. Hamma yerda 
qonunbuzarlik, zo„rlash, quloq qilish, soliq solish, surgun va qatag„on qilish 
siyosati avj olib ketdi. Bu tadbirlar VKP(b) MQsining 1930-yil 20-fevralda 
qabul qilgan «Jamoalashtirish va iqtisodiy jihatdan orqada qolgan milliy 
tumanlarda quloqlarga qarshi kurash to„g„risida»gi qaror asosida amalga 
oshirildi. Keyinchalik 0„zbekiston, Turkmaniston va Qozogiston singari 
milliy respublikalarda jamoalashtirish bahonasida mahalliy xalqni qatag„on 
qilish boshlangan edi. Natijada, faqat 1930-yilning o„zida 0„zbekistonda 
2648 ta xo„jalik quloq xo„jaligi sifatida tugatilib qatag„on qilindi. 
Ko„p hollarda quloq qilinganlar orasida katta yer egalari emas, balki 
o„rta hoi dehqonlar va jamoa xo„jaligiga kirishni istamagan kambag„al 
dehqonlar ham boiardi. «Jeynov tarixi» kitobida mualliflar quyidagicha 
hikoya qiladilar. Qashqadaryo vohasining Beshkent tumani boshliqlari
revkom raislari Jeynov qishlogiga kelib goh Safarboy ko„saning musodara 
qilingan uyida, goh Muhammad Nabiboyning tortib olingan hovlisida jamoa 
xo„jaligi tuzish xususida surunkali majlislar o„tkazadilar. Ana shunday 
majlislarning birida Mulla Choii qizishib ketib, qishloqda girt kambag„al, 
buning ustiga xayoli ham o„ziga yarasha kirdi-chiqdi boigan Jumaboy 
devonani o„midan turg„azib majlisda to„plangan xaloyiqqa qarab bunday 
degan: 
«...Xaloyiq, jamoa xo„jaligida hamma teng boiadi, mol o„rtada, foyda 
baravar deyapsizlar, qani menga aytinglarchi, men 50 ta qo„y, 
2 ta ho„kiz, 2 ta omoch, 3 ta sigir qo„shsamda, manavi Jumaboy devona 
hech vaqo qo„shmasa-yu, ertaga foydani teng ko„rsa, mening molimni 
o„ziniki desa, buyogi qanday boidi? Axir Jumaboy jamoa xo„jaligiga kirsa, u 
nima qo„shadi? Uning haloldan tovug„i, haromdan itiyam yo„q-ku? Men bu 
bilan sherik boiib, qanday jamoa xo„jaligiga kiraman? 0„yinda hariflar 
(raqiblar) teng boiishi kerak- da, shunday emasmi?» 
Mulla Choii etagini qoqadi-da, o„midan turib chiqib ketadi. 
359


Majlisga kelgan o„n-o„n besh chogii odam uning izidan gurra turib 
ergashadi. Shu kuni majlisxonada allaqayerdan keltirilgan stol bilan stullar, 
tumandan qadam ranjida qilgan rahbarlaming o„zi qoladi»
1

Asosiy o„yin ana shu majlisdan so„ng boshlandi. Jamoa xo„jaligiga 
kirmagan jeynovliklarga tuman markazidan soliq ustiga soliq kela boshlaydi. 
Bitta tuyaga 6 tanga soliq solingan. Shu yillari bozorda bitta tuyaning narxi 
20 tanga (3 so„m) boigan. Ho„kiz- sigir, qo„y-echki, ot, parrandayu hamma 
narsaga shu xilda soliqlar solingan. Chorasiz qolgan bir necha xo„jalikdan 
amal-taqal qilib artel tuzishga muvaffaq boiadilar. Ana shu artel negizida 
20-yillaming oxirida «III baynalmilal» jamoa xo„jaligi tashkil topadi. 
Jamoalashtirish jarayonining nuqsonlaridan yana bittasi shunda ediki, 
qishloq kooperasiyasi artel shaklida amalga oshiriladi, deb yozib qo„yilgan 
1930-yil 6-fevralda qabul qilingan birinchi Namunali Nizomning o„zida bir 
qator nuqson va qusurlar bor edi. Chunki unda mulkni umumlashtirish 
tabiati, jamoa xo„jaliklarining boiinmas fondlari kabi masalalarga aniq 
javoblar berilmagan' edi. Natijada uy-joy binolari, yirik shoxli mollar, qo„y-
echkilar u yoqda tursin hatto parrandalar ham jamoalar mulkiga aylantirildi. 
Buni Farg„ona, Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlar misolida 
ta‟kidlash o„rinlidir. 
Jamoalashtirishga mutasaddi idora xodimlarining ma‟ruzalarida 
dehqonlaming joylardagi hukumat organlariga ishonchlari borgan sari 
yo„qolib borayotganligi ta‟kidlanadi. Jumladan, Toshkent viloyati 
Niyozboshi 
boiisining 
kambag„al 
va 
o„rta 
dehqonlari 
qishloq 
ma‟muriyatidan cho„chib hatto o„z tashabbusi-yu noroziliklarini ayta 
olmaganlar. 
Buxoro 
viloyatining 
Qorakoi 
tumani bo„yicha vakil 
I.Rubenshteyn o„zi mutasaddi boigan yuqori idoraga bunday xabar beradi: 
«Hokimiyat deyarli o„zgarmadi, deb hisoblaguvchi odamlar orasida Sho„ro 
ma‟muriyatining mutlaqo obro„si yo„q. Ustiga-ustak qishloq Sho„rosi 
rahbariyati har 10-12 kunda almashib turadi. Bunchalik tez almashuvining 
sabablari hech kimga ayon emas»
2

Sho„rolaming jamoalashtirish siyosati ommani qo„rquv va vahimaga 
soldi. Ular o„z xo„jaliklarini qarovsiz tashlab qochdilar, chorva mollarini 
so„ydilar yoki bozorga olib borib arzon-garovga 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling