O'zbekiston tarixi


Народное хозяйство Узбекской ССР за 50 лет. Юбилейный стат. исторический


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
Народное хозяйство Узбекской ССР за 50 лет. Юбилейный стат. исторический 
ежегодник. - Т.: 0‘zbekiston, 1974, 43-bet. 
371


asosan tomorqa hisobidan kun kechirar edilar. Arzimagan «gunohi» (ishga 
chiqmaganligi, tirikchilik tashvishlari bilan shug„ullanganligi) uchun 
ulaming tomorqa yerlari tortib olinar, katta soliq toiovlari joriy qilinar edi. 
Og„ir kulfat va jabr-zulmlardan qochib ketmaslik uchun dehqonlarga pasport 
berish tartibi o„matilmadi. Xullas, mustamlakachilik boshqamv usulining 
bunday shaklini, hatto, Chor Rossiyasi ham o„ylab topa olmagan edi. 
6- 
§. Xalqning moddiy ahvoli 
Sho„ro hukmronligi davrida yozilgan tarixga oid manbalarda 20-30-
yillarda 0„zbekiston mehnatkashlarining moddiy ahvoli «tubdan yaxshilanib 
borgan»ligi‟ balandparvoz, qumq va yolg„on raqam va ifodalarda yoritildi. 
Boshqacha ham bo„lishi mumkin emas edi. Chunki bor gapni, to„g„ri 
haqiqatni yozish man etilgan edi. Bunga jur'at qilganlar esa xalq dushmani 
sifatida jazolanardi. Hayot haqiqati sho„ro davridagi yozilgan manbalarga 
qaraganda mutlaqo boshqacha edi... 
0„zbekistonda xalq ommasining moddiy ahvoli o„sha kezlarda sobiq 
Ittifoq markaziga, Ukraina va Belomssiyaga nisbatan yomon bo„lsa 
boiganki, yaxshi boimagan. I.Stalin «buyuk burilish yili» deb eion qilgan 
1929-yilda butun mamlakatda barcha oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat 
mollariga kartochka tizimi tartibi joriy qilingan edi. 0„sha davrda 
ishchilarning ahvoliga baho berish uchun shu narsani ta‟kidlash kerakki, 
GPU xodimlarining 1929-yilgi bergan maiumotlariga qaraganda, ishchilarga 
bir kunda 600 gramm, oila a‟zolariga esa 300 grammdan non berilgan. 
Ularga beriladigan bir oylik o„simlik moyi 200 grammdan bir litrgacha, 1 kg 
shakar va hokazoni tashkil etgan
2
. Bundan keyin ahvol yanada yomonlashib 
borgan. 1931-1933-yillarda mamlakatda yoppasiga ochlik hukm suradi. 
Birgina Ukrainaning o„zida 1932-yilda 4 million odam ochlikdan oigan edi. 
Aslida bu davrdagi ocharchilik 1921—1922- yillardagi ocharchilikdan ham 
dahshatliroq edi. Ammo ocharchilik haqida og„iz ochish «xalqlar dohiysi» 
fikricha, kechirilmaydigan mudhish jinoyat hisoblanar edi. Holbuki, 1921 -
yilda sho„ro 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling