O'zbekiston tarixi
0'zR, MDA, 94-fond, 1-ro‘yxat, 17-ish, 34-varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Uchinchidan
1
0'zR, MDA, 94-fond, 1-ro‘yxat, 17-ish, 34-varaq. 2 Торжество Ленинских идей культурной революции в Узбекистане - Т.: Узбекистан, 1979, С. 162. 3 0‘zR, MDA, 94-fond, 5-ro‘yxat, 238-ish, 115-varaq. 4 0‘sha manba, 117-varaq. 380 1929/30 o„quv yilidan e‟tiboran esa hamma turdagi maktablarda umumrespublika miqyosida lotinlashtirilgan alfavitga o„tildi, xalq inaorifining barcha tarmoqlarida yangi alfavit asosida ish yuritish joriy qilindi. Butun 0„zbekiston bo„yicha markaziy, okrug, tuman va qishloqlarda 1930-yil boshidan boshlab lotinlashtirilgan o„zbek alfaviti asosida ish yuritishni amalga oshirish rejalashtirildi 1 . 1940-yilning 8-mayida 0„zbekiston SSR oliy sovetining sessiyasi «0„zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga ko„chirish to„g„risida» qonun qabul qildi. Respublikamizda amalga oshirilgan har ikkala tadbir milliy maorif va madaniyatimiz ravnaqiga zarba berdi. Bu zarbaning mohiyati nimadan iborat edi? Birinchidan, qisqa muddat ichida alfavitning o„zgarishi natijasida 0„zbekiston fuqarolarining savodsizlik darajasi kuchaydi, demak umumiy madaniy saviyasi pasaydi. Ikkinchidan, eng muhimi, o„zbek xalqi o„zining ming-ming yilliklar qa‟riga borib taqaluvchi tarixi, o„tmish madaniyati va milliy qadriyatlarini o„qib o„rganishdan mahrum boidi. Uchinchidan, xalqimizning milliy o„zlikdan, milliy o„q tomi- ridan uzoqlashish, begonalashish jarayoni jadallashdi. Bu milliy fojianing ro„yobga chiqishi va amalga oshuvida o„sha davrda 0„zbekiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo„mitasining raisi lavozimida ishlagan hamda yozuvni o„zgartirish bo„yicha respublikada tuzilgan «Markaziy Komissiya» raisi 2 Y.Oxunboboyev va akademik T.N.Qori-Niyoziylaming millat kelajagi oldidagi ma‟su- liyatsizligi pand berdi. 0„zbekistonda xizmat ko„rsatgan o„qituvchi Poiatxon ota Qayumov bunday hikoya qiladi: «- Ashurali Zohiriy imloni o„zgartirishning tashabbuskori boigan Qori aka bilan o„sha 1922-yildanoq chiqishmay kelardi, agar yangi bitikka ko„chsak, ajdodlarimiz bizlami bir umr qarg„aydilar. Bu bilan kelajagimizni madaniy ko„r qilgan boiamiz, degani sira-sira esimdan chiqmaydi. Men ham Zohiriy tarafdori boiganman 3 . Akademik Qori-Niyoziy arab alfavitidan lotinlashtirilgan yozuvga o„tish haqidagi o„z xulosasini asoslashga urinib bunday Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling