O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
Maorif. Mustamlakachilik, qullik va tobelik mafkurasini yoshlik,
bolalik yillaridan boshlab fuqarolar ongiga singdirishda maorif shaxobchalarining o„mi va ahamiyati katta edi. Shu boisdan Sho„ro hukumati Turkistonda o„z hokimiyatini o„matgan birinchi kundan boshlab Kompartiya mafkurasini aholining keng qatlamlari ongiga bolalar bog„chalaridan boshlab singdiradigan sho„ro taiim-tarbiya tizimini yaratishga birinchi darajali ahamiyat beradi. Ammo bu ishni birdaniga amalga oshirishning iloji yo„q edi. Buning uchun Turkistonda uzoq tarixga ega boigan eski milliy taiim-tarbiya tizimini tag-tomiri bilan yo„q qilish talab qilinardi. Lekin buning uchun maium darajada vaqt kerak edi. Chunki sho„ro istibdodiga qarshi milliy istiqlol va ozodlik uchun kurash borib turgan oikada milliy taiim-tarbiya va eskicha o„qitish tartib qoidalarini bekor qilish ommaning sho„rolarga qarshi noroziligining yanada chuqurlanishiga sabab boiar edi. Shu ishi uchun ham Sho„ro hukumati Turkistonda Oktabr harbiy to„ntarishidan keyin Sho„ro maorifi tarmoqlarini yaratish bilan birga, eski an‟anaviy milliy taiim-tarbiya va o„qitish tizimining faoliyat ko„rsatishiga toqat qiladi. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, 1925-yil 1-sentabrga qadar 0„zbekistonda atigi 876 ta «Sho„ro mehnat maktablari» boigani holda, 2403 an‟anaviy (eski) maktablar faoliyat ko'rsatgan 1 . Demak bu davrda eski maktablar Sho„ro maktablariga qaraganda uch marta ko„p edi. Sho„ro maktablari asosan Farg„ona, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagina to„plangan edilar. Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bor- yo„g„i 50 ta Sho„ro maktablari boiib, ularda 1439 o„quvchi ta‟lim olgan, xolos 2 . 1 0‘zR. MDA, 94-fond, 1-ro‘yxat, 17-ish, 33-34-varaqlar. 2 0‘zR, MDA, 86-fond, 1-ro‘yxat, 405-ish, 2b-varaq. Sho„ro maktablarining shahar va qishloqlarda joylashuvida ham keskin farqlar bo„lganligi arxiv hujjatlarida ko„zga tashlanadi. Bunday maktablar asosan shaharlarda joylashgan. Jumladan, 1925- yilda Samarqand, Toshkent va Farg„ona viloyatlarining 225 shahar maktablarida 40950 o„quvchi taiim olgan boisa, 256 qishloq maktablarida faqat 27345 o„quvchi boigan, xolos 1 . Sho„ro hukumati bunday nomuvofiqlikka albatta uzoq bardosh berolmas edi. An‟anaviy (eski) maktablar faoliyatiga eskilik sarqiti sifatida keskin zarba berish maqsadida «Hujum» deb atalmish tadbir o„ylab topildi. Bu masala 1927-yilda 0„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasining maxsus qarori bilan rasmiylashtirildi. 0„zbekiston Sovetlarining (1927-yil 22-31-mart) II Qurultoyi qarori asosida eski maktablar umuman taqiqlab qo„yiladi. Shunday qilib sho„ro hukumati turkiy xalqlar milliy taiim va tarbiya tizimi ildiziga bolta urdi. 0„zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo„mitasi qarori bilan 1929- yil 1- dekabrdan arab alifbosiga asoslangan eski o„zbek yozuvining lotinlashtirilgan alifbosi asosidagi o„zbek yozuvi bilan almashtirishga kirishildi. Albatta, bu ish bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Dastlab 1926- yilda 0„zbekiston sho„rolar markaziy ijroiya qo„mitasining IV sessiyasi qarori bilan o„zbek alfavitini lotinlashtirish bo„yicha markaziy Komissiya tuzilgan edi. Bu komissiyaga rais etib Y. Oxunboboyev qo„yildi 2 . Biroz muddatdan so„ng okrug boiimlari tuzildi. 1926- 27 o„quv yilida yangi alfavit asosida dars mashg„ulotlarini olib boruvchi o„qituvchilami tayyorlovchi kurslar tashkil qilindi. Samarqand shahrida markaziy-instruktorlik kurslari ish boshladi. Uni tamomlaganlar tashkiliy-instruktorlik ishlarini olib borish uchun joylarga yuborilar edi 3 . 1928/29 o„quv yilidan boshlab respublikadagi boshlangich va o„rta maktablarda yangi alfavitni o„rganish bo„yicha maium miqdorda soatlar ajratildi va dars mashg„ulotlari uyushtirildi, yangi alfavit asosida darsliklar yaratildi 4 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling