O'zbekiston tarixi
Islom Usmon, Alixon Shermat. Hijron. - Т.: Mehnat, 1993, 24-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-§. «Madaniy inqilob»
1
Islom Usmon, Alixon Shermat. Hijron. - Т.: Mehnat, 1993, 24-bet. 2 Исхаков Ф. Прошлое глазами историка. - 0‘zbekiston, 1990, 161-бет. 377 shug„ullanmay qo„ydi. 0„zbekistonning milliy daromadi 1937- yilda aholi jon boshiga hisoblaganda 1932-yil darajasida qolaverdi. Aholining o„sish sur'atlari pasaydi, respublika aholisi asosan ko„chirib keltirilgan millatlar hisobidan ko„paydi. 1926-1937-yillarda respublika aholisi 37 foiz o„sgani holda Yevropa millatiga mansub aholi 62 foizga oshdi. Oylik maoshlar Yevropa millatiga mansub aholi mehnat qiladigan sanoat tarmoqlarida o„sdi, xolos. Bu misollar nafaqat qishloq hayotining qashshoqlashganligi, ayni paytda shahar aholisining ham moddiy hayotining nochorlashganligini ko„rsatadi. Oqibatda viloyatlar, tumanlar va shaharlarda Sho„rolarga qarshi ochiqdan-ochiq qurolli chiqishlar bo„ldi. Markaziy hukumatning rasmiy ma‟lumotnomalarida 0„rta Osiyo hududida 1930-yil mart oyining boshlarida 17400 kishi qatnashgan 45 ta shunday chiqishlar sodir boiganligi qayd etilgan. Xullas 1917-yil oktabr harbiy to„ntarishi natijasida zo„rlik bilan o„matilgan tizim xalq ommasining nafaqat siyosiy haq-huquqlarini poymol qildi, balki iqtisodiy jihatdan butun boshli qashshoqlar jamiyatini vujudga keltirdi. 7-§. «Madaniy inqilob» 0„zbekistonda «madaniy inqilob» siyosati «shaklan milliy va mazmunan sotsialistik» madaniyatni rivojlantirish qobigiga o„rab amalga oshirildi. Albatta, bu Sho„ro Rossiyasining 0„rta Osiyoda yuritayotgan ulug„ davlatchilik, mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatidan kelib chiqar edi. Chunki Sho„ro hukumati yurgizgan mustamlakachilik siyosatining mafkuraviy asosini ishlab chiqqan V.I.Lenin boshliq Kompartiya mustamlaka Turkiston dunyoning eng qadimiy madaniyat va ma‟rifat o„choqlaridan biri ekanligini yaxshi bilar edi. Bu oikada qo„nim topgan xalqlarda esa eng ulug„ va olijanob g„oyalar, jumladan, vatanparvarlik, elparvarlik, mardlik, jasurlik, iymon-e‟tiqodlilik, milliy va diniy qadriyatlarga sodiqlik, erk, hurlik va ozodlikka tashnalik, bosqinchilar, mustamlakachilarga nisbatan cheksiz nafrat kabi fazilatlar chuqur ildiz otgandi. Sho„ro bosqinchilari bunga 1917-1934-yillarda Turkiston xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik uchun olib borgan kurashlarini o„z ko„zlari bilan ko„rib ishonch hosil qildilar. Shuning uchun ham mamlakatimiz xalqlariga xos boigan ana shu oliyjanob va ulug„ fazilatlami ulaming ongidan siqib chiqarmasdan turib Turkistonni o„z tasarmflarida uzoq saqlab qola olmasliklarini bosqinchi jallodlar yaxshi tushunar edilar. Bu vazifani amalga oshirish uchun esa tub 378 yerli musulmon aholini tarixidan, tilidan, madaniyati va asrlar osha shakllangan milliy, diniy qadriyatlaridan mahrum qilish lozim edi. «Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» madaniyat uchun kurash dasturi huddi ana shu mudhish vazifani bajarishga xizmat qildi. Mehnatkashlar ommasi ongiga ma‟naviy ta‟sir qilishning barcha vositalari: maorif, fan, adabiyot, san‟at, ommaviy axborot vositalari kabilar orqali xalq ongidan barcha milliyliklar siqib chiqarilib, «sotsialistik», «baynalmilalchilik» qobig„iga o„ralgan, aslida esa qullik, tobelik, itoatkorlik, millatlami assimilyatsiyalash mafkurasi bosqichma-bosqich singdirib borildi. Natijada sotsializm qurish rejasining tarkibiy qismi «madaniy inqilob» amalga oshirildi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling