O'zbekiston tarixi
Шамсутдинов P.T. Жертвы репрессии. - Andijon. 1994
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
Шамсутдинов P.T. Жертвы репрессии. - Andijon. 1994.
2 «0‘zbekiston ovozi» gazetasi, 1991-yil 15-sentabr. 427 bahonasida 15 ming 600 nafar partiya a‟zosi tashkilot safidan chi- qarildi va ulaming ko„pchiligi qamoqqa olindi va qatag„on qilindi. Hisob-kitoblarga qaraganda sobiq Ittifoq hududida 1925-1939- yillarda 2.383.363 kishi partiyadan haydalgan. Faqatgina 1934- 1939-yillar qatag„oni davrida 1.220.934 kommunist partiyadan o„chirilgan. 0 „zbekistonda amalga oshirilgan barcha bedodliklar va ommaviy qatag„onlarga sho„rolar va kompartiyaning «sanoatlashtirish va jamoalashtirish siyosatiga qarshi», «yot unsur», «kishi kuchidan foydalanuvchi zolim», «millatchi», «aksilinqilobchi», «panturkizm tarafdori», «panislomizm tarafdori», «xalqaro imperializmning ayg„oqchisi» kabi «ayblar» asos qilib olindi. Faqat 1930-1933- yillarda 5 ming 500 dehqon xo„jaliklari quloq qilinib, o„z makonlaridan o„zga yurt va ellatlarga surgun qilindilar, ulaming ko„pchiligi ayovsiz azobdan o„lib ketdilar. 1931-yilda Ukrainaning Xerson viloyati Skadovsk tumaniga 0„zbekistondan surgun qilingan Yo„ldosh Mo„minovning o„g„li Sobiijon Mo„minov shunday hikoya qiladi: «0„sha paytda 0„zbekistondan taxminan 3 ming, 0„rta Osiyo respublikalaridan esa 10 mingga yaqin oila Xerson viloyati hududidagi Skadovsk, Kaxovka va cho„l zonalaridagi boshqa rayonlarga ko„chirilgandi. Ular asosan paxtachilikni rivojlantirish uchun majburiy yuborilgan. Bir so„z bilan aytganda, yosh bolalari bilan ochlik va muhtojlikka, qolaversa o„limga mahkum etilgandilar. 1931- 1932-yillarda u yeming haddan ziyod seryog„in, nam iqlimiga, qahraton qishiga bardosh bera olmay yosh bolalar va keksalaming ko„pchiligi o„lib ketdi. 1933-yildagi yuqoridan maxsus uyushtirilgan «ocharchilik operatsiyasi» natijasida esa yana mingdan ziyod kishining yostig„i quridi. Oradan uch-to„rt yil o„tgach, ko„chirilganlar paxtachilik davlat xo„jaligida nazorat ostida tong yorishgandan qosh qoraygunga qadar ishlab, mo„l hosil yetishtira boshladilar. Iqlimiga qiyinchilik bilan biroz ko„nikkan paytimizda 1937-yil boshlanib, oramizdan «xalq dushmanlari»ni izlay boshlashdi. Yuzdan ziyod «eskicha» o„qigan ziyolilar, dinga e‟tiqod qo„yganlar, hatto farzandlarini yashirincha sunnat qildirganlar «xalq dushmani»ga chiqarilib, qamoqqa olindilar. Ming afsuski, o„sha yerlarda ulaming ko„pchiligi vafot etishdi» 1 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling