O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

yettinchidan, 
1917-1919-yillarda Turkiston 
1
Turor Risqulov (1894-1938) Kommunistik partiya va Sho‘ro hukumatining atoqli 
arboblaridan biri, Kompartiya safida turib Turkiston o‘lkasi mustaqilligi uchun kurashgan 
o‘z xalqining otashin farzandidir. U To‘rg‘ay volostida tug'ilgan. 1916-yilgi milliy-ozodlik 
qo‘zg‘olonlarida faol qatnashgan. 1917-yilda Avliyoota (hozirgi Jambul) Kompartiya uyezd 
tashkilotini boshqargan, 1918-yilda uyezd Sho‘rolarining raisi bo'ldi. 1919-1920-yillarda 
Turkiston ASSR Sog‘liqni saqlash Xalq Komissari, Turkiston Ijroiya Qo'mitasi raisi va bir 
vaqtning o‘zida Turkiston o'lka Kompartiya Musulmonlar byurosining raisi va Rossiya 
Kompartiyasi Turkiston o‘lka Hay’atining a’zosi bo‘lib ishladi. 1921-1922-yillarda 
T.Risqulov RSFSR Millatlar ishi Xalq Komissari muovini, 1922-1924-yillarda Turkiston 
ASSR Xalq Komissarlari Sho'rosi raisi va VKP (b) MK 0‘rta Osiyo byurosining a’zosi 
bo‘ldi. U 1926-1937-yillarda RSFSR Xalq Komissarlari Sho'rosi Raisining muovini 
lavozimida ishladi. Xalq va millat baxt-saodati uchun tolmas kurashchi Turor Risqulov 
1938-yilda Stalincha qatag‘on qurboni bo‘ldi.
74 


oikasida ro„y bergan qurg„oqchilik, qahraton qish va bahorgi sovuqlar va 
sho„rolar yuritgan shovinistik iqtisodiy siyosat birga qo„shilib o„lkadagi 
vaziyatni ayanchli holga keltirib qo„ydi. 
Yuqorida sanab o„tilgan ana shu sabablar Turkistonda faoliyat 
ko„rsatayotgan Sho„ro hukumatining mahalliy xalqlarga nisbatan tutgan 
shovinistik va kamsituvchilik siyosati bilan birga qo„shilib xalqimiz boshiga 
son-sanoqsiz kulfatlar keltirdi. 
Rossiya Turkistonni bosib olgach, bu o„lkani o„zining asosiy paxta 
yetkazib beruvchi hududiga aylantirgan edi. Sho„ro hukumati ham chor 
Rossiyasi boshlagan yoidan bordi. V.I.Lenin Turkistonni Sho„rolar 
Rossiyasining asosiy paxta yetkazib beruvchi bazasi, deb qaradi. 1918-yil 
17-mayda uning Turkistonda sug„orish ishlarini tashkil qilish uchun 50 
million so„m ajratish to„g„risidagi dekretga qoi qo„yishi bu ishning 
boshlanishi edi. Aslida esa bu va‟da qilingan pul berilmagan. Shu bois 
Turkiston oikasi o„zini-o„zi g„alla bilan ta‟minlay olmas edi. Bir tomondan, 
jahon urushi, ikkinchi tomondan, oktabr to„ntarishi va uchinchi tomondan
Rossiyada boshlangan fuqarolar urushi natijasida Rossiyadan Turkistonga 
g„alla keltirish keskin kamayib ketdi. Jumladan, oktabr to„ntarishidan 
oldingi yillarda Turkistonga har yili 14 million puddan 20 million pudgacha 
g„alla keltirilgan boisa, 1918-1919-yillardagi tayyorlov kampaniyasi davrida 
juda katta mashaqqat va qiyinchiliklar bilan 1,5 million puddan kamroq 
g„alla yetkazib berish ham amri mahol edi. 
Turkiston Sho„ro hukumati ataylab paxta narxlarini kamaytirib g„alla 
narxlarini ko„tarib borish siyosatini tutdi. Buni quyidagi dalillar yaqqol 
isbotlaydi: «1910-yili jahon bozori tarozisida 1 pud (16 kg 300 gr - muall.) 
Turkiston paxtasining narxi 4 so„m 75 tiyin boigan boisa, 1 pud 
bug„doyning narxi 1 so„m 65 tiyin baholangan. 1916- yili 1 pud paxta narxi 
8 so„m 50 tiyin boisa, 1 pud bug„doyning narxi 
3 so„mga to„g„ri keladi. 1917-yilga kelib 1 pud paxta 33 so„mga, 1 pud 
bug„doy esa 47 so„mga ko„tarilib ketadi. Bug„doy narxining ko„tarilishi 20-
yillaming oxirlarigacha kuzatiladi. 
1917- 
yili Turkiston bo„yicha 52,5 million puddan ortiq non 
mahsuloti hosili yetishtirildi. Huddi shu yili Turkiston aholisi faqatgina jon 
saqlash uchun 110 million puddan ortiqroq bug„doy iste‟mol qilishi lozim 
edi»
1


Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling