O'zbekiston tarixi


 «Fan va turmush» jumali, 1991-yil, 2-son, 6-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «Fan va turmush» jumali, 1991-yil, 2-son, 6-bet.
2
 Xo‘jayev Fayzulla. Tanlangan asarlar: 3 jildlik, 2-jild. - Т.: Fan. 1978, 29- 
bet.
3
0‘zbekistonning yangi tarixi. Konseptual-metodologik muammolar, mav- zuidagi 
respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. - Т.: «Akademiya» nashriyoti, 1998, 194-
bet.


Turkiston Sho„rolar hukumati o„lkada iqtisodiyotni boshqarishni qoiga 
olish bo„yicha tadbirlar ko„rdi, albatta. Ammo Rossiya sharoitiga mos 
keladigan tadbirlar Turkiston oikasi uchun yaroqsiz ekanligini Turkiston 
Sho„rolar hukumati tushunmas edi. To„g„ri, Sho„rolaming III 0„lka 
Qurultoyi (1917-yil 15-22-noyabr)da savdo, sanoat, dehqonchilik xalq 
komissarliklari tuzildi. So„ngra Xalq ishlab chiqarishining 0„lka Kengashi 
tashkil etildi. Undan keyin Turkiston Respublikasi Xalq xo„jaligining 
Markaziy Kengashi ta‟sis etildi. Ammo bu qayta qurishlardan hech qanday 
foyda chiqmadi. Chunki, birinchidan, har qancha qayta qurilish bo„lgani 
bilan Turkiston Respublikasi harbiy qamal tufayli moliyaviy jihatdan tang 
ahvolda edi. Ikkinchidan, Yevropa millati vakillaridan iborat tuzilgan 
Turkiston Sho„ro hukumati mahalliy xalq qalbiga yoi topa olmadi, uning 
qabul qilgan qarorlari va ko„rgan barcha tadbirlari aholining tarixiy 
an‟analari, urf-odatlari va manfaatlariga batamom teskari edi. Masalan, 
awalo Turkiston o„lkasi xalqlari Sho„rolaming «Yer to„g„risida»gi dekretini 
juda sovuqqonlik bilan qabul qilgan edilar. Tez orada ular bu dekretning 
ham yolg„on va tashviqot uchun qabul qilingan dekret ekanligini tushuna 
boshlaydilar. Chunki Sho„rolar Yer to„g„risidagi dekretga asosan 
dehqonlarga berilgan yerlami qaytarib olib jamoa xo„jaliklari tuza 
boshladilar. Jamoa xo„jaliklari tuzish harakati 1918-yilning birinchi 
yarmidayoq boshlangan edi. Turkiston o„lkasida 550 dan ortiq jamoa 
xo„jaliklari tuziladi. Shu jumladan, Toshkent uyezdida 150 ga yaqin
Mirzachoi uyezdida 64, Samarqand viloyatida 200, Farg„ona viloyatida 50 
ga yaqin va Amudaryo boiimida 85 ta kommuna va artellar tashkil etildi.
1918- 
yil 2-iyunda Turkistonda Xalq Komissarligining «Pul 
belgilarini cheklanmagan miqdorda chiqarish to„g„risida»gi qarori asosida 
bonlar chiqariladi. Ayni zamonda mahalliy Sho„rolar ham o„z kredit 
biletlarini chiqara boshladilar. Bu tarzda bonlaming tartibsiz holda hamma 
yerda chiqarila boshlashi pulning qadrsizlanishini - inflyatsiyani kuchaytirdi. 
Yuqorida sanab o„tilgan qiyinchiliklar yetmaganday Turkiston Sho„ro 
hukumatining oziq-ovqat bobida qoilagan siyosati dard ustiga chipqon boidi. 
1918-yilning bahoridan e‟tiboran g„alla tanqisligiga go„sht, moy, choy, 
qand-shakar yetishmovchiligi kelib qo„shildi. Ana shunday ogir sharoitda 
Sho„ro hukumati aholini sinfiy guruh va toifalarga ajratib oziq-ovqat bilan 
ta‟minlay boshladi. Awal Qizil askarlar, so„ngra sanoat korxonalari 
ishchilari va eng 
78 


oxirida qishloq aholisi manfaati hisobga olindi. Bu siyosat ham tub yerli 
aholi manfaatiga qarshi edi. Chunki mahalliy aholining asosiy qismi 
qishloqlarda yashardi. Paxtakor xo„jaliklami oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta‟minlash umuman rejaga kiritilmagan edi. Qir- adirlarda yashovchi 
ko„chmanchi aholi esa asosan giyohlaru o„t- oianlar bilan oziqlanar edilar. 
Turkiston Sho„ro hukumati «Harbiy kommunizm» siyosati asosida o„lkada 
bir qator iqtisodiy tadbirlami ko„rdi. Awalo 1918-yil 21 -yanvarda maxsus 
dekret bilan Turkistonda g„alla bilan savdo qilish ta‟qiqlab qo„yildi. 1919-
yil 4-iyundan oikada oziq-ovqat diktaturasi - yakkahokimligiga o„tildi. Bu 
borada «g„alla monopoliyasi to„g„risida», «Sinfiy non payogi to„g„risida», 
«Turkiston Respublikasida oziq-ovqat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 
oziq-ovqat komissariga favqulodda vakolatlar berish to„g„risida»gi dekretlar 
alohida o„rin tutdi. Mazkur dekretlar asosida g„allani yashirganlar 
«aksilinqilobchi», «xalq dushmani» deb eion qilindi va otib tashlandi. 
Azaliy odat bo„yicha o„z qishlik donini g„amlab qo„ygan tub yerli aholi bu 
siyosatdan mislsiz aziyat chekdi. Qishloq va ovullar aholisini vahima bosdi. 
Ayniqsa, «Sinfiy non payogi to„g„risida»gi dekret asosida o„lkada 
kartochka tizimining joriy etilishi tub yerli aholining Sho„rolarga nisbatan 
nafrat va noroziligini oshirib yubordi. Yuqorida ta‟kidlangani singari barcha 
iste‟molchilar uch guruhga boiinadi. Bu tartib-qoidaga ko„ra qizil askarlar 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan birinchi navbatda ta‟minlanar edilar. Ishchilar 
kuniga bir qadoq (mas‟ul xodimlar ham), buijuaziya - boylar 1/4 qadoq non 
olar edi. Aholisi sonining ko„pligi jihatdan keskin farq qilsa-da, Toshkent 
eski shahri bilan yangi shahriga bir xil miqdorda oziq-ovqat beriladi. 1919-
yil kuzida Turkiston Respublikasi tub yerli aholisining 1/3 qismida umuman 
kartochka boimagan. Oikada bozorlar umuman ishlamaydi. Chunki 
Rossiyaning Markazida amalga oshirilgan tartib bo„yicha chayqovchilikka 
qarshi kurash bahonasida bozorlar o„rab olindi, savdo bilan shug„ullanganlar 
yoppasiga qamoqqa tashlandi. Bu hoi Turkiston xalqlarining an‟anaviy urf-
odatlarini oyoq osti qilishdan iborat edi. 
«Harbiy kommunizm» siyosatining tarkibiy qismi sifatida 1919- yil 9-
avgustda qabul qilingan «Mehnat to„g„risidagi qonun» asosida majburiy 
yalpi mehnatning joriy etilishi mahalliy sharoitning o„ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olmagan holda amalga oshirildi. 0„lka Sho„rolar VII 
qurultoyining qaroriga asosan 16 yoshdan 55 yoshgacha 
79 


boigan barcha erkak va ayollarga bir xil majburiy mehnat tartibi o'matildi.
Xullas, Turkiston oikasining o„ziga xos tarixiy shart-sharoitlarini 
hisobga olmagan holda oziq-ovqat razverstkasining joriy etilishi, xususiy 
savdoning bekor qilinishi, mehnat majburiyatlarining o„matilishi ustiga 
milliy va diniy qadriyatlami oyoq osti qilib, qozilik sudlovi va vaqf 
yerlarining bekor qilinishi, eski maktablaming yopib qo„yilishi tub yerli 
aholining Sho„rolarga nisbatan qahr-g„azabini haddan tashqari kuchaytirib 
yubordi. 
Yuqorida ta‟kidlangan mislsiz ogir va dahshatli vaziyatlar natijasi 
oiaroq, Turkiston o„lkasida ocharchilik keng quloch yoyadi, har xil yuqumli 
oiat, terlama, sing (zangila) kabi kasalliklar keng tarqaldi, mahalliy aholi 
ommaviy sur‟atda qirilaboshladi. Sho'rolaming ko„zga ko„ringan partiya va 
davlat arboblaridan boigan G.Safarov o„zining «Kolonialnaya revolyutsiya» 
(«Mustamlaka inqilobi»)da yozishicha «...o„zi shusiz ham kambag'al boigan 
musulmonlami ocharchilik bundan ham kuchliroq giribonidan oldi»
1

RSFSR Ichki ishlar Xalq Komissarligiga qarashli aholini evakuatsiya 
qilish Turkiston Markaziy Boshqarmasining 1922-yil 
1- 
iyuldagi 2668-sonli ma‟ruzasi maiumotlariga qaraganda, faqat 
temir yoilaming shahar va tuman nuqtalaridagina 50 mingga yaqin och aholi 
mavjud edi
2

Turkiston o„lkasida ocharchilik yillarida qancha odam halok boiganligi 
to„g„risida aniq maiumot yo„q. Ammo manbalarda bu xususda turlicha 
raqamlar keltiriladi. Masalan, tarixchi olima Vika Seminyu «Ocharchilik» 
maqolasida bunday yozadi: «Harbiy harakatlar va transport aloqalari uzilgan 
sharoitda aniq hisob yuritish haqida so„z boiishi mumkinmidi! Buni faqat 
statistika maiumotlari asosida hisob-kitob qilishimiz mumkin: Turk 
respublikasi aholisi 
1917- 
1920-yillar oraligida 1 million kishiga - beshdan bir 
qismiga qisqargan! 
...Maiumotlarga ko„ra, 1917-1918-yilgi qahraton qish payti bu yerda 
aholi pashsha kabi qirilib ketgan... murdalami yig„ ishtirib olishga odam 
yo„q edi, ulaming it va chiyabo„rilardan ortgan qoldiqlari har qadamda 
uchrar, bu bechoralaming suyaklari 1919-yildagina tugal yigishtirib olindi»
3


Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling