O'zbekiston tarixi


Xo‘jayev Fayzulla. Tanlangan asarlar, uch jildlik. II jild. - Т.: Fan, 1978, 617-618-


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
Xo‘jayev Fayzulla. Tanlangan asarlar, uch jildlik. II jild. - Т.: Fan, 1978, 617-618-
betlar.
2
0‘zbekiston SSR tarixi. To‘rt jildlik. Uchinchi jild. //Bosh muharrir 
I.M.Mo'minov//,-Т.: Fan, 1971, 631-bet.
462


Albatta, SSSR va 0„zbekiston SSR Konstitutsiyalarida mamlakatda 
«sotsializm g„alaba qilganligi» haqidagi xulosalar ilmiy- nazariy jihatdan 
ham, siyosiy-amaliy jihatdan ham asossiz edi. Buni mamlakatdagi siyosiy 
tang vaziyat va amalga oshirilgan yalpi qatag'onlar ochiq-oydin isbotlaydi. 
0„zbekiston SSRning «yangi» Konstitutsiyasining har bir qoidasi 
respublikadagi real hayotiy voqealarga zid va qarama- qarshi edi. Ayniqsa, 
Konstitutsiyada 0„zbekiston Respublikasining «mustaqil» ekanligi, SSSR 
Ittifoqidagi barcha sho„ro respublikalari orasida «teng huquqli» davlat deb 
e‟lon qilinganligi lo„ttibozlikning o„zi edi. Chunki 0„zbekiston ijtimoiy-
siyosiy hayotning barcha sohalarida Markazning mustamlakasi bo„lib, biror 
bir masalada mustaqil harakat qila olmas edi. 
Sho„ro Konstitutsiyasiga baho berib, o„zbek xalqining mard, otashqalb 
farzandi Ashurali Zohiriy bunday degan edi: «Stalin Konstitutsiyasi - bu 
chegara oldidagi quruq afisha va «demokra- tiya»dir. Uning maqtaydigan 
joyi yo„q»'. 
1939- 
yil martda bo„lib o„tgan VKP(b) XVIII syezdi Sovet Ittifoqi, 
o„zining ichki taraqqiyotida sotsialistik jamiyat qurishni tugallash va asta -
sekin kommunizmga o„tish pallasiga kirdi, degan safsatani ilgari surdi. 
X.Tursunov va N.Beknazarovlaming yozishicha, syezd: «Sovet xalqining 
kommunizmga borish yo„llari va istiqbollarini belgilab
...»
2
bergan ekan. 
Ammo 80-yillarga kelib Kompartiya Markaziy Qo„mitasining Bosh kotibi 
M.Gorbachev mamlakatda hech qanday sotsializm degan jamiyat 
qurilmaganli- gini ro„yirost aytishga majbur bo„ldi. U 1988-yil 18 fevralda 
KPSS MQ sining Plenumida so„zlagan nutqida bunday degan edi: «... ammo 
ham ichki, ham tashqi sabablar taqozosi bilan biz yangi ijtimoiy tuzumning 
lenincha prinsiplarini yetarlicha to„la-to„kis yuzaga chiqara olmadik. 
Shaxsga sig„inish, 30-yillarda vujudga kelgan boshqaruvning buyruqbozlik - 
ma‟muriyatchilik sistemasi, byurokratik, dogmatik va valyuntaristik 
soxtaliklar, bedodliklar... bunga katta halal berdi»
3
. Bu fikrga 0„zbekistonda 
Sho„ro hukumati va Kompartiyaning yurgizgan mustamlakachilik, ulug„ 
davlatchilik 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling