O'zbekiston tarixi
«Turkiston» gazetasi. 1992-yil 21-aprel
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0‘zbekistonning urushda qatnashishi va ijtimoiy vaziyat
1
«Turkiston» gazetasi. 1992-yil 21-aprel. 2 Tursunov X., Beknazarov N. O'zbekiston SSR tarixi. 187-bet. 3 Gorbachev M.S. Revolyutsion qayta qurishga - yangilanish ideologiyasi. / KPSS MQ Plenumida so‘zlangan nutq. 1988-yil 18 fevral/. -Т.: O'zbekiston, 1988, 11-bet. 463 va shovinistik siyosatini qo„shadigan bo„lsak, masala yanada oydinlashadi. Unda 30-yillaming ikkinchi yarmida mamlakatda qanday davlat barpo etildi, degan haqli savol tug„iladi. Hamid Ziyoyevning fikricha «Imperiyada «sotsialistik derjava» emas, «quldorlik derjavasi» qaror topdi. Bu qulchilikning asosiy belgilarini - xususiy mulkning, siyosiy va insoniy huquqlaming yo„qligidan bilib olish mumkin. Shu bilan birga mamlakat «temir panjaralar» bilan batamom qurshab olinganini ham nazarda tutmoq lozim. Bordiyu, bu haqiqatni tan olmaydiganlar topilsa, 0 „zbekistonda qanday tuzum hukm surganini o„zlari aytishsin!» 1 . Darhaqiqat, 0„zbekiston 30-yillaming o„rtalaridan boshlab Sho„ro istibdodiga qarshi mutlaqo bosh ko„tara olmaydigan mustamlakaga aylantirildi, respublika hududidagi xalqlar esa barcha insoniy huquqlardan mahrum, har tomonlama tobe edi. 1 «Muloqot» jumali, 1993-yil, 10-son, 36-bet. 464 0‘ZBEKIST0N IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA (1939-1945) l-§. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. 0‘zbekistonning urushda qatnashishi va ijtimoiy vaziyat Ikkinchi jahon urushi 1939-yil 1-sentabrda boshlandi. Huddi shu kuni german qo„shinlari uch tomondan Polsha sarhadlariga bostirib kirdilar. Urush qisqa muddat ichida dunyodagi ko„pgina davlatlami o„z domiga tortdi. 1941-yil 22 -iyunda fashistlaming 191 diviziyasi (shundan 153 tasi bevosita Germaniyaning o„ziga qarashli) sobiq SSSRning Boltiq dengizidan tortib to Qora dengiz hududlarigacha bo„lgan chegaralari bo„ylab hujumga o„tdi. Shu tariqa jahon tarixida inson qulog„i eshitmagan va ko„zi ko„rmagan dahshatli fojia boshlandi. Ikkinchi jahon urushining asosiy sababchisi va aybdori Germaniya va SSSRning hukmron doiralari, awalo, Adolf Gitler va Iosif Stalindir. Har ikkala davlat ham o„z oldiga bosh maqsad qilib dunyo hukmronligini qo„ygan edi. Har ikkala davlat ham o„zining bosh strategiya maqsadini amalga oshirish uchun har xil usullar bilan bordi, biri ikkinchisidan, ikkinchisi birinchisidan ustunlik qilishga intildi, turli yo„llar bilan o„z chegara va ta‟sir doiralarini kengaytirishga harakat qildi. Ammo har ikkala tomon ham o„rtada dahshatli muhoraba bo„lishi muqarrar ekanligini yaxshi bilar edi. Shu ma‟noda 1939-yil 23-avgustda A.Gitler va I.Stalinning fatvosi bilan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Ribbentrop va SSSR Tashqi ishlar Xalq komissari V.Molotov o„rtasida 10 yil o„zaro hujum qilmaslik to„g„risidagi shartnomaning tuzilishi harakterlidir. Jahon jamoatchiligi uni har ikki davlat tomonidan dunyoni o„zaro bo„lib olish maqsadlarini ko„zlab tuzilgan shartnoma sifatida qabul qildi. Chunki shartnoma tuzilgandan so„ng Germaniya o„zining asosiy raqibi SSSRdan qo„lini bo„shatib oldi va oradan ko„p muddat o„tmasdan, 1 sentabrda Polsha hududiga bostirib kirdi. Ikkinchidan, shartnomadagi mutlaqo sir va maxfiy tutilgan moddalarga ko„ra, SSSR Germaniyani nafaqat ma‟naviy tomondan, balki moddiy jihatdan ham qo„llab-quwatlagan, amalda o„ziga qarshi oyoqqa turayotgan Germaniyani qurollantirgan edi. Buni V.M.Molotov bilan 465 Shulenburg o„rtasida 1939-yil 28-sentabrda tuzilgan va 1941-yil 10- yanvarda imzolangan mutlaqo maxfiy shartnoma ham isbotlaydi. Shartnomaga ko„ra, Germaniya tomoni Boltiqbo„yi davlatlari hududlariga (Litva hududining bir qismidan tashqari) bo„lgan da‟vosidan voz kechishi lozimligi qayd etiladi. Buning evaziga SSSR Germaniyaga 7 500 000 oltin dollar, yoki 31 million 500 ming nemis markasi miqdorida haq to„lashga rozi bo„ladi. 31,5 million nemis markasi miqdoridagi summaning sakkizdan bir qismi yoki 3.937.500 german markasiga SSSR uch oy muddat davomida rangli metallar yetkazib berish, qolgan 8/7 qismini, aniqrog„i 27.562.500 german markasini 1941-yil 11-fevralgacha oltin hisobida toMashi 1 shart qilib qo„yiladi. 1939- yil 23-avgustdagi shartnoma SSSRning ham buyuk saltanatchilik manfaatlariga javob berar edi, albatta. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling