O'zbekiston tarixi


 Karimov Sh. G‘alabaga qo‘shilgan hissa. -Т.: 0‘zbekiston, 1990,16-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Karimov Sh. G‘alabaga qo‘shilgan hissa. -Т.: 0‘zbekiston, 1990,16-bet. 
468


ketgan o„z otalari, akalari va erlarining o„miga ishga kirib mardonavor 
mehnat qildilar. Bunday vatanparvarlik harakati butun 
0
„zbekistonda, shu 
jumladan, qishloqlarimizda ham keng quloch yoydi. 0„zbek xalqi Ukraina, 
Belorussiya, Boltiqbo„yi va Rusiya Federatsiyasi yerlariga qilingan hujumni 
jonajon yurti - 
0
„zbekistonga qilingan hujum hisoblab, har jabhada 
qahramonlik mo„'jizalarini ko„rsatdilar. 
VKP(b) Markaziy Qo„mitasi va Davlat Mudofaa Qo„mitasining 
topshirig„iga binoan SSSR Gosplani 1941-yilning IV kvartali va 1942-yil 
uchun harbiy xo„jalik rejasini ishlab chiqdi va uni 1941-yil 16-avgustda 
Siyosiy byuroda tasdiqladi. Ana shu rejaga asosan mamlakatning G„arbiy 
mintaqalaridagi sanoat korxonalarini Markaziy Osiyo, Ural va Sibir 
hududlariga ko„chirib joylashtirishga qaror qilindi. Qisqa muddat davomida 
1941- yilning iyul-noyabr oylarida Ukraina, Belorussiya, Moskva va 
Leningraddan 1563 sanoat korxonasi (shundan 1360 tasi harbiy sanoatga 
oid) Ittifoqning Sharqiy mintaqalariga, bulardan 250 dan ortig„i 0„rta Osiyo 
respublikalarida joylashtirildi. Sho„ro hukumati bu sanoat korxonalarini 
urush tufayli chorasizlikdan, noilojlikdan Janubiy respublikalar hududlariga 
joylashtirishga majbur bo„lgan edi. Holbuki urushga qadar 0„rta Osiyo 
hududida sho„rolar birorta og„ir sanoat korxonasini qurib ishga tushirmagan 
edi. 0„rta Osiyoda joylashtirilgan 250 dan ortiq korxonaning 104 tasi 
0„zbekiston hissasiga to„g„ri keladi. V.RChkalov nomidagi Moskva 
Aviatsiya 
ishlab 
chiqarish 
birlashmasi, 
Sumsk 
Ximiya 
(hozirgi 
Chirchiqximmash), Elektrokabel, «Krasniy dvigatel», «Rostselmash», 
«Krasniy Aksay», Sumsk kompressor va Dnepropetrovsk Karborund 
zavodlari, Moskvaning «Podyemnik» va «Elektrostanok» zavodlari, 
Stalingrad 
Kimyo 
kombinati 
va 
boshqalar 
shular 
jumlasidandir. 
0
„zbekistonga bunday yirik sanoat korxonalarining ko„chirib keltirilishi 
respublikamizni SSSR armiyasining qudratli harbiy mudofaa arsenaliga 
aylantiribgina 
qolmay, 
mamlakat 
iqtisodiy 
potensialini 
yoppasiga 
kuchaytirishga, sanoat mahsulotlarining o„sishiga ham olib keldi. Yirik 
sanoat korxonalari bilan bir qatorda 
0
„zbekistonga Ittifoqning G„arbiy 
hududlaridan fan, maorif va madaniyat muassasalari, ming-minglab 
boshpanasiz qolgan oilalar, ota-onasiz qolgan bolalar ham evakuatsiya 
qilindi. Markaziy Osiyoga jami bo„lib, 3 million kishi ko„chirildi. Shundan 2 
million 300 minggi Qozog„istonga, 716 
469


ming kishi 0„zbekistonga joylashtirildi. Bu ish 1941-yil 3-dekabrda 
0„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti evakuatsiya qilingan Sho„ro 
fuqarolarini qabul qilish va joylashtirish bo„yicha tasdiqlagan maxsus qarori 
asosida amalga oshirildi. Qarorda ota-onasiz qolgan bolalarga g„amxo„rlik 
qilishga alohida e‟tibor berilib, Toshkent shahrida maxsus qabul shaxobchasi 
tashkil qilindi. 
0
„zbekistonga ko„chirib keltirilgan aholini xalq issiq bag„riga 
oldi, ularga mehr ko„rsatdi, uy-joy bilan ta‟minladi, oziq-ovqat berdi. 
Ota-onasiz qolgan, yetim yesir bolalaming ko„pchiligi ham 0„rta Osiyo 
respublikalariga, xususan, 0„zbekistonga yuborildi. Faqat 1941-yilning 
o„zida 
200
ming nafari bolalar uyiga joylashtirildi. Ming-minglab bolalami 
bir qator oilalar o„z issiq bag„riga oldi. 
1943- 
yilga qadar 4672 yetim-yesirlar o„zbek xalqining mehr 
haroratidan va diyonatidan bahramand boidilar
1

«Toshkentga kelib mehribonlik uylarining oldida bola olish uchun 
navbatda turgan odamlami ko„rib hayratga tushdim», deb yozgandi mashhur 
bolalar shoiri Komey Chukovskiy
2

Darhaqiqat, shoir asarlarida respublikamiz bolajon yurt sifatida o„rin 
oldi. Uning «Leningradning do„stlari», «Bolalar - bo- lajonlarimiz» kabi 
o„nga yaqin maqolalarida xalqimizning ana shu insonparvarlik tuyg„ulari 
ulugianadi. Toshkentlik mashhur oddiy temirchi Shoahmad Shomahmudov 
va uning umr yoidoshi Bahri xolaning urush yillaridagi jasoratlarini kim 
bilmaydi deysiz. Bahri opa va Shoahmad aka umsh yillarida ota-onasiz 
qolgan 16 bolani tarbiyalab voyaga yetkazadilar: o„zbek, ms, tatar, yahudiy, 
chuvash, moldovan... Ulaming birortasini ham Bahri xola tuqqan boimasa - 
da, barchasi uni o„z onasi, o„zbek tilini esa ona tili deb hurmat qilib, voyaga 
yetdilar. 
Respublikada umumxalq mudofaa fondi tashkil qilindi. Urush- ning 
birinchi kunlaridayoq - 1941-yil 21-avgustgacha mudofaa fondiga, hammasi 
boiib, 5 million 293 ming so„m pul, zayom obligatsiyalari va qimmatbaho 
buyumlar topshirilgan boisa, bir oydan so„ng mudofaa fondi 70 million 
so„mga ko„paydi. 
Bundan tashqari respublika qishloq mehnatkashlari mudofaa fondiga 
2389 sentner don, 1808 sentner go„sht, 200 sentner jun, 1495 sentner pichan, 
325 sentner quruq meva, 430 sentner sabzavot, qovun-tarvuz
3
va shu 
kabilami jo„natdilar. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling