O'zbekiston tarixi
partiya siyosatiga qilinayotgan tuhmatning natijasi boisa kerak. Bu da‟vo
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-§. 20-30-yiIlarning yakuniy xulosalari
partiya siyosatiga qilinayotgan tuhmatning natijasi boisa kerak. Bu da‟vo, aslini olganda, dushmanlarimizga qo„l keladi va partiyamiz siyosatiga hech bir aloqasi yo„q. Qishloqdagi sinfiy munosabatlar to„g„risida biz quyidagilami aytishimiz lozim. Qishloq xo„jaligida o„tkazilgan islohotlar, buning natijasida qishlogimizda ro„y bergan sotsial siljishlar, biz oikazayotgan xo„- jalik ishlari programmasi kambag„al dehqonlar bizning mustah- 461 kam tayanchimiz ekanligini, o„rta dehqonlar esa bizning hamma tadbirlarimizga ko„maklashayotganligini ko„rsatib turibdi. Shuning uchun ham Xidiraliyev yozgan gaplar partiyamizga tuhmat ekanligi shubhasizdir» 1 . Hayot, tarix bugungi kunda kimning haq, kimning nohaq boiganligini kechikib bo„lsa-da ko„rsatdi. Bunday misollar F.Xo„jayev hayotida ko„plab sodir boigan va gunohsiz fuqarolar taqdirida o„chmas izlar qoldirgan. Manbalaming guvohlik berishiga qaraganda, F.Xo„jayev o„z xatolaridan tiriklik chog„idayoq mantiqiy to„g„ri xulosalar chiqara boshlagan. Ha, Vatan tarixining 20-30-yillari hasrat va nadomatlar bilan limmo-lim to„lib-toshgan, ziddiyatli qarama-qarshiliklarga to„la, bir- birini inkor etadigan murakkab davrdir. Bu davrda amalga oshirilgan dahshatli va qonli qatag„onlar o„zbek xalqining barcha farzandlari uchun ibratli hayot sabog„idir. 10-§. 20-30-yiIlarning yakuniy xulosalari Sho„ro hukmronligi davrida yozilgan darslik, qo„llanma va adabiyotlarda 30-yillaming ikkinchi yarmiga kelib sobiq Ittifoqda, shu jumladan, 0 „zbekistonda ham «sotsializm asosan g„alaba qozondi» deb mantiqqa zid xulosa chiqarilgan edi. Jumladan, 0„zbekiston SSR tarixi kitobida biz quyidagilami o„qiymiz: «1936- yil noyabrda SSSR sovetlarining VIII favqulodda syezdi ochildi, syezd yangi Konstitutsiyani qabul qildi. S'ezd Sovet Ittifoqidagi hamma xalqlaming hayotida tarixiy voqea boidi. 1936- yil 5-dekabrda tasdiqlangan va SSSRda sotsializmning jahonshumul tarixiy g„alabasini qonun yoii bilan mustahkamlagan yangi Konstitutsiyani sovet Ittifoqidagi hamma xalqlar, shu jumladan, 0„zbekiston SSR xalqi ham mamnuniyat bilan kutib oldilar» 2 . SSSRning Yangi Konstitutsiyasi asosida 0„zbekiston SSRning ham «yangi» Konstitutsiyasi tayyorlandi. 1937-yil fevral oyida respublika Sho„rolarining Favqulodda VI qumltoyi bu Konstitutsiyani tasdiqladi. Qurultoyda 0„zbekiston SSR konstitu- tsiyasining 14-moddasiga binoan, Qoraqalpogiston 0„zbekiston SSR tarkibiga muxtor respublika boiib kiradi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling