O'zbekiston tarixi


 Oxunboboyev У. Tanlangan asarlar. - Т.: O‘zbekiston, 1985. 424-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Oxunboboyev У. Tanlangan asarlar. - Т.: O‘zbekiston, 1985. 424-bet. 
479


1941 -yilda 
0
„zbekiston qishloq xo„jaligi xodimlari davlatga 1645,7 
ming tonna 1940-yildagiga nisbatan qariyb 200 ming tonna ko„proq paxta 
topshirdilar, hosildorlik gektar boshiga 17,7 sentnerga yetdi, davlat rejasi 
106 foiz bajarildi. 1941-yil iyul oyi oxirlarida respublika bo„yicha 1940-
yilning shu davriga nisbatan davlatga uch hissa ko„p g„alla, 12,051 tonna 
pilla topshirildi. 
0„zbekiston qishloq mehnatkashlari 1942-1943-yillarda ham jon 
kuydirib mehnat qildilar, «Hamma narsa - front uchun, hamma narsa g„alaba 
uchun!», «
0
„zim uchun va frontga ketgan do„stim uchun!» degan shiorlar 
ostida qo„shimcha majburiyatlar oldilar. Jamoa va davlat xo„jaligi dalalarida 
ko„p ming kilogrammchilar - «o„n ming kilogrammchilar», «o„n besh ming 
kilogrammchilar» harakati keng quloch yoydi. Ammo 1942-1943-yillarda 
vaziyat juda og„ir keldi. Respublika paxtakorlari paxta tayyorlash davlat 
rejalarini bajara olmadilar, paxtaning hosildorligi gektar boshiga keskin 
pasayib ketdi. 1941-yildagi 17,7 sentnerdan 1942-yilda 9,4 va 1943-yilda esa 
7,1 sentnerga tushib ketdi. Jami boiib 0„zbekiston SSRning jamoa va davlat 
xo„jaliklari davlatga paxtani 
1
million tonnaga yaqin kam berdilar. 
VKP(b) 
markaziy 
komiteti 
1944-yil 
6
-martda 
«0„zbekistonda 
paxtachilikni tiklash va rivojlantirish choralari to„g„risida» qaror qabul qildi, 
0
„zbekiston partiya va shoio rahbarlarini qattiq siquvga oldi. Qarorda 
0„zbekistondagi vaziyat tahlil qilindi, partiya, shoio va jamoat 
tashkilotlarining paxtachilikka rahbarlik qilishda yoi qo„ygan xato va 
kamchiliklari keskin tanqid qilindi. Ozuqabop ekinlar maydonining 
kengayishi hisobiga paxta ekin maydonlari kamaydi. Xo„jaliklarda ekin 
maydonlarining strukturasi o„zgarib ketdi, ishchi kuchi, texnika, o„g„itlar 
yetishmay qoldi, mexanizator va kombaynchilar tayyorlash kamayib ketdi, 
mineral o„g„itlar ishlab chiqarish sur'ati ham keskin susaydi. 
Jamoa xo„jaliklarini yuk avtomobillari bilan ta‟minlanish darajasi ham 
achinarli ahvolda edi. Paxtachilikni rivojlantirishda jamoa xo„jaliklarining 
ichki imkoniyatlaridan toiiq foydalanilmadi. Ulami xo„jalik-tashkiliy 
jihatdan mustahkamlashga yetarli darajada e‟tibor berilmadi, ilg„orlar 
tajribasi umumlashtirilmadi va ommalashtirilmadi, mehnatni tashkil etish va 
hisobga olishda egasizlikka yoi qo„yildi, yerlar agrotexnika qoidalari asosida 
ishlanmadi, shudgorlash ishlari sifatsiz amalga oshirildi va paysalga solindi. 
Ba‟zi tuman xo„jaliklarida g„o„zapoyalami yigishtirib olish 
480


cho„zilib ketdi. G„o„za qator oralarida ishlov berish muddatlari kechikib
sifatsiz o„tkazildi. Albatta, bu kamchiliklaming urush bilan bog„liq obyektiv 
va subyektiv sabablari bor edi. Shu sababdan 0„zbekiston partiya va sho„ro 
tashkilotlari Markaziy Ittifoq hukumatining yordami bilan respublika jamoa, 
davlat 
xo„jaliklari 
va 
MTSlarining 
moddiy-texnika 
bazalarini 
mustahkamlash uchun 
1944- 
1945-yillarda 
urush yillarining qiyinchiliklariga 
qaramasdan 2300 yangi traktorlar, 3000 yuk avtomobili, 70 mingdan ortiq 
qishloq xo„jalik inventarlari, 660 ta ta‟mirlash asbob-uskunalari va 375 
ming tonna mineral o„g„it ajratildi. Shahaming qishloqqa otaliq yordami 
kuchaytirildi. 
Ko„rilgan 
chora-tadbirlar 
natijasida 
0„zbekiston 
1944-yilni 
muvaffaqiyat bilan yakunladi. Paxta tayyorlash rejasi 15-dekabr- dayoq ado 
etildi. Davlatga 820 ming tonna yoki 1942-yildagiga qaraganda 325 ming 
tonna ko„p paxta yetkazib berildi. 
1945- 
yil yanvar oyida 0„zbekiston paxtakorlarining ikkinchi 
qurultoyi bo„lib o„tdi. Qurultoy Markazning topshirig„iga asosan 
1945- 
yilda 
davlatga 1 million tonna paxta yetkazib berish 
vazifasini qo„ydi. 
0
„zbekiston qishloq mehnatkashlari mamlakat va xalq hayoti uchun eng 
og„ir sharoitda bu murakkab vazifani muvaffaqiyatli hal etib, 1945-yilda 
kattagina yutuqlarga erishdi. Davlatga paxta topshirish rejasi 26-dekabrda 
100,6 foiz qilib ado etildi va 1944- yildagiga nisbatan bir necha ming tonna 
ko„p paxta yetkazib berildi. 
Urushning dahshatli va og„ir yillarida ishchilar bilan dehqonlar, shahar 
bilan qishloq o„rtasidagi mustahkam do„stlikning samarasi tufayli bunday 
murakkab va ulug„vor ishlami amalga oshirish mumkin bo„ldi. Birgina 
Toshkent shahar sanoat korxonalarining o„zigina 1941-1945-yillar 
mobaynida jamoa xo„jaliklariga 5 ming chigit seyalkasi, 2 ming dizel, 1552 
ko„rak chuviydigan mashina, 
8,8
ming g„o„zapoyalami yig„ishtirib 
beradigan mashinalami berdi. Butun respublika qishloq xo„jaligi uchun 
tayyorlab berilgan ehtiyot qismlar 16 million so„mni tashkil etdi. 
Bundan tashqari shahar aholisi qishloq mehnatkashlariga ming- ming 
tonnalab mineral va mahalliy o„g„itlar bilan ham yordam berdi. 
Respublikamizning 
yirik 
sanoat 
korxonalarida 
minglab 
qishloq 
mehnatkashlari slesarlik, temirchilik, tokarlik, quruvchilik kasblarini 
egalladilar. 
Ko„plab oliy va o„rta maxsus ma‟lumotli muhandis-texniklar, 
16 - 17 46
481


qishloq xo„jaligi mutaxassislari, iqtisodchilar, o„qituvchilar respublikaning 
turli shaharlaridagi o„quv dargohlarida ta‟lim olib o„z qishloqlariga 
qaytdilar. Xullas, 1941-1945-yillar davomida 0„zbe- kistondagi har xil 
kurslarda 
200
mingdan ko„proq jamoa a‟zosi o„qib chiqdi. 
Umuman aytganda, 0„zbekiston qishloq mehnatkashlari g„oyat- da og„ir 
va qiyin sharoitlarda mehnat qilib Germaniya fashizmi ustidan qozonilgan 
g„alabani tezlashtirishda o„zlarining munosib hissalarini qo„shdilar. 
Respublika qishloq xo„jaligi urush yillarida front va g„alaba uchun havo va 
suv kabi zarur bo„lgan 4 million 806 ming tonna paxta, 1 million 282 ming 
tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482 ming tonna kartoshka va sabzavot, 
57,6 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna qoqi, 159 ming tonna go„sht, 
22,3 ming tonna jun yetkazib berdi
1
. Bu ulkan va mislsiz jasoratdir. Biz bu 
bilan haqli va qonuniy sur‟atda faxrlanamiz. 
Xalqimiz urush tufayli kelib chiqqan barcha qiyinchiliklami hisobga 
oldi, qay bir jabhada bo„lmasin bosh tortmay astoydil mehnat qildi va 
onglilik namunasini ko„rsatdi. Urushdan keyingi davrda 
0
„zbekiston qishloq 
xo„jaligini faqat paxtachilikka ixti- soslashtirish yoiida olib borilganligi 
paxta yakka hokimligining yanada kuchayishiga olib keldi. 0„zbekiston 
SSSRning xom ashyo bazasi boiib qoldi. Bu hoi 0„zbekiston 
mehnatkashlarining milliy fojiasi sifatida uning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
va ma‟naviy qashshoqlashishiga bosh sababdir. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling