O'zbekiston tarixi


-  §. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

4- 
§. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat
 
1941—1945-yillardagi urushda fashistlar Germaniyasi ustidan tarixiy 
g„alabani qoiga kiritishda 
0
„zbekiston fan, adabiyot, taiim va san‟at 
xodimlarining ham hissasi beqiyos darajada katta boidi. 
Urush bilan bogiiq boigan ilmiy masalalar bo„yicha barcha 
topshiriqlami olimlar o„z vaqtida bajarib bordilar, snaryadlar, reaktivlar 
tayyorlash, o„simliklardan foydalanish muammolarini hal etish, qishloq 
xo„jalik ekinlarining hosildorligini oshirish, yosh mutaxassislaming ilmiy 
ishlariga rahbarlik qilish kabi masalalar bilan shug„ullandilar. 
0„zbekistonga SSSRning g„arbiy mintaqalaridan Ittifoq aka- 
1
 Очерки истории Коммунистической партии Узбекистана, - Т.: Узбекистан, 1974, 
451-bet.
482


demiyasi institutlari va ilm-fan arboblari evakuatsiya qilindi. Faqat Toshkent 
shahrining o„ziga 1941-yilning kuzida SSSR Fanlar akademiyasining 
Sharqshunoslik, tarix, jahon adabiyoti, moddiy madaniyat tarixi va boshqa 
ilmiy tadqiqot institutlari, ko„plab olimlar: akademiklar B.V.Struve, 
V.D.Grekov, SSSR Fanlar akademiyasining muxbir a‟zolari Ye.E.Bertels, 
V.F.Shigmarov, A.Yu. Yakubovskiy, A.A.Mixaylov va boshqalar ко„chib 
keldilar. 
1943- 
yilning sentabrida 0„zbekiston SSR Fanlar Akademiya-
sining tashkil etilishi ham, albatta, respublika hayotida katta voqea edi. 
0„zbekiston Fanlar akademiyasining tantanali ochilish marosimi 1943-
yil 4-noyabrda bo„ldi. Fanlar akademiyasining birinchi Prezidenti qilib 
taniqli olim T.N.Qori-Niyozov saylandi. 
0„zbekiston Fanlar akademiyasi 1943-1945-yillarda jiddiy ilmiy 
muvaffaqiyatlarga erishdi, u Ittifoqda tanilgan ilmiy markazga aylandi. 
1944-yildayoq akademiya tarkibida 23 ilmiy muassasa, shu jumladan
11
ilmiy-tadqiqot instituti, 
2
laboratoriya, seysmik stansiya, tajriba stansiyalari, 
botanika bog„i va 
2
muzey faol ishladi. Akademiya institutlarida 3 kishi 
akademiyaning faxriy a‟zosi, 15 kishi haqiqiy a‟zosi, 20 kishi muxbir a‟zosi, 
54 fan doktori, 172 fan nomzodi, jami 1265 ilmiy xodim fan olamining turli 
jabhalarida tadqiqot ishlarini olib bordilar, tabiiy resurslami o„rganishga va 
respublika xalq xo'jaligining eng muhim tarmoqlarini rivojlantirishga 
qaratilgan murakkab muammolami hal qilish bilan shug„ullandilar. 
Albatta, 0„zbekistondagi fan taraqqiyotida, xususan, Fanlar 
Akademiyasi faoliyatida mustamlakachilik siyosati o„z asoratini qoldirdi. 
Ilmiy buyurtmalar Moskvadan berilar va tasdiqlanar, ilmiy tadqiqot ishlari 
faqat rus tilida olib borilar edi. 
G„oyatda og„ir urush yillari boisa ham xalq maorifi ham o„z faoliyatini 
davom ettirdi. Maktab o„qituvchilarining frontga safarbar qilinganliklari 
tufayli katta qiyinchiliklar kelib chiqdi. Bu qiyinchiliklami yengishda bir 
yillik, olti oylik o„qituvchilar tayyorlaydigan qisqa kurslar katta rol o„ynadi. 
1943-yilga qadar bu kurslami 16 ming o„qituvchi bitirib chiqdi. Shu davr 
ichida pedagogika oliy o„quv yurtlari 4600, pedagogika bilim yurtlari esa 
2200
o„qituvchi kadrlar tayyorlab berdi. 
Erkaklaming frontga safarbar qilinganliklarini hisobga olib xotin-
qizlardan o„qituvchi kadrlar tayyorlashga alohida e‟tibor berildi, ko'pgina 
oliy va o„rta maxsus pedagogika bilim yurtlari 
483


xotin-qizlar o„quv yurtlariga aylantirildi. 0„qituvchilar taiim- tarbiya 
ishlaridan tashqari mehnatkashlar o„rtasida ommaviy-siyo- siy va tarbiyaviy 
ishlar olib bordilar. Ular o„z o„quvchilari bilan qishloq xo„jalik ishlarida, 
mudofaa fondlariga mablag„ to„plashda, mehnat shanbalik va 
yakshanbaliklarini uyushtirishda, jangchilar va Leningrad blokadasi 
himoyachilari uchun mablagiar, sovga-salomlar tayyorlash, metall va temir-
tersaklar to„plashda, gospitallami ota- liqqa olish va boshqa ishlarda faollik 
ko„rsatdilar. 
0 „zbekiston oliy o„quv yurtlarining professor-o„qituvchilari va 
studentlar jamoalari ham urush yillarida katta g„ayrat bilan mehnat qildilar. 
Ko„pgina oliy o„quv yurtlarining binolari gospitallarga aylantirildi. 
0„zbekistonda 29 oliy va 52 o„rta maxsus o„quv yurti ishlab turdi. 1941-
yilning kuzi va 1942-yilning boshida g„arbiy rayonlardan 0„zbekistonga 31 
ta oliy o„quv yurti va 7 ta harbiy akademiya evakuatsiya qilindi. 
1944- 
yilda respublikada yana bir qator yangi oliy o„quv yurti 
tarmoqlari qad ko„tardi. 1941-yilda vaqtincha yopib qo„yilgan 
Samarqanddagi 0„zbekiston Davlat universiteti yana o„z faoliyatini boshladi. 
Chimboy va Urganch shaharlarida pedagogika, Namangan va Marg„ilonda 
o„qituvchilar institutlari, Toshkentda teatr san‟ati instituti ish boshladi, 0„rta 
Osiyo davlat univeristeti (SAGU)da bir qancha yangi fakultetlar (filologiya, 
sharqshunoslik fakultetlari), Toshkent Davlat xotin-qizlar pedagogika 
institutida tabiiy geografiya fakulteti, Toshkent To„qimachilik institutida 
paxtani dastlabki ishlash fakulteti ochildi. Yangi ixtisoslikda fakultetlar 0„rta 
Osiyo (hozirgi Toshkent Davlat texnika universiteti) politexnika instituti, 
Toshkent Qishloq xo„jaligini irrigatsiya va mexanizatsiyalash muhandislari 
instituti va boshqa oliy o„quv yurtlari ham tashkil qilindi. 14 oliy o„quv 
yurtida sirtqi boiimlar ish boshladi. 
Respublika oliy o„quv yurtlari, 1941-1945-yillarda evakuatsiya qilingan 
oliy taiim dargohlari bilan birga hisoblaganda, fuqarolar va harbiy 
mutaxassisliklar bo„yicha jami 20 mingga yaqin malakali kadrlar tayyorlab 
berdi. 
Oliy o„quv yurtlari o„qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarida ham faol 
qatnashdilar. Albatta, xalq ta‟limi, o„rta va oliy taiim tarmoqlaridagi o„quv-
tarbiyaviy va ilmiy jarayonning Kompartiya mafkurasiga batamom 
bo„ysundirilganligi va unga xizmat qilgan- ligini alohida ta‟kidlamoq zarur. 
Ayniqsa tibbiyot fani va xodimlari oldiga g„oyat mas‟uliyatli 
484


vazifalar qo„yildi. Bu vazifalami bajarishda 0„zbekiston tibbiyot 
muassasalari va oliy o„quv yurtlarining xodimlari bevosita ishtirok etdilar. 
Respublikamizda 1943-yili 22 ming 217 o„ringa ega boigan 400 dan 
ortiq kasalxona, 128 dan ziyod epidemiya stansiyalari, 36 ta bakteriologiya, 
53 dizenteriya, 162 bezgak kasalligi bo„yicha davolash muassasalari ishlab 
turdi. Bu davolash muassasalarida 500 dan ziyod vrachlar, 900 dan ortiq 
feidsherlar va shuning singari boshqa tibbiyot xodimlari ishladilar. Bundan 
tashqari respublikamizda 113 harbiy gospital joylashtirilgan edi, 750 kor - 
xona, tashkilot, jamoa va davlat xo„jaliklari bu gospitallar ustidan otaliq 
yordamini olib bordilar. 1945-yilda urush oxirlab qolgan davrda 
respublikada 68,6 ming nogironlar hisobda turardi. Ana shu jarayonlaming 
hammasi birga qo„shilib meditsina xodimlariga nisbatan boigan talabni 
haddan tashqari oshirib yubordi. 
0„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasi Byurosining 1941-yil 2-
avgustda «Vrachlar va o„rta meditsina xodimlarining harbiy dala xirurgiyasi 
bo„yicha qaytadan tayyorlash haqida»gi qarorining ijrosi sifatida 1945-
yilning oxirigacha 1,5 ming vrach, 4 ming feidsherlar qayta tayyorlandi va 5 
ming zapasdagi meditsina hamshiralari o„qitildi. 
Urush yillarida 0„zbekiston adabiyoti va san‟ati vakillari, ayniqsa, 
fidoyilik ko„rsatdilar. Shoir va yozuvchilar, dramaturg va publisistlar xalqni 
fashistlarga 
qarshi 
nafrat va g„alabaga so„zsiz ishonch ruhida 
tarbiyalaydigan yangi-yangi asarlar ustida ish olib bordilar. Oybekning 
«Qutlug„ qon» romani, H.Olimjonning «0„lim bosqinchilarga» kabi asarlari 
jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor boigan. G„.G„ulom, Uyg„un, 
Islom shoir, Fozil Yoidosh, Abdulla Qahhor, Zulfiya va boshqalar 
vatanparvarlik his-tuyg„usi bilan toiib-toshgan poemalar, she‟rlar va 
hikoyalar yozganlar. 
Yozuvchi va shoirlar o„z asarlari qahramonlarining obrazlarini bevosita 
frontlarda boiib, jang maydonlarida jon berib jon olayotgan jangchilar bilan 
uchrashib, birga yashab ulaming qahramonliklarini ba‟zan hayotlarini xavf 
ostida qoldirib boisa-da, o„z ko„zlari bilan ко„rib yaratdilar. 
Urush yillarida rus, ukrain, belorus yozuvchi va shoirlari bilan 
hamkorlikda juda ko„plab yirik asarlar, almanax va antalogiyalar yaratildi: 
«Biz yengamiz» (almanax), «0„zbekiston shoirlari - frontga» (antologiya) 
ana shular jumlasidandir. Alisher Navoiyning 
485


«Layli va Majnun», «Farhod va Shirin» dostonlari, Boburning lirik she‟rlari, 
Muqimiy, Furqat g„azallari, «Alpomish», «Go„ro„gii» singari xalq 
dostonlari, o„zbek baxshilarining asarlari, «0„zbek shoirlari va 
yozuvchilarining almanaxi» rus tiliga tarjima qilinib chop etildi. Temur 
Fattoh bilan Volkenshteyn «Alpomish» pyesasini yaratdilar. «0„zbekiston 
qilichi» nomli drama N.Pogodin, Uyg„un, 
H. 
Olimjon, S.Abdulla tomonidan yaratildi. Asar musiqasini 
T.So- diqov, T.Jalilov, M.Burxonov, N.Hasanov, A.Klumov, S.Vaynberg 
yozdilar. 
Urush yillarida o„zbek teatr san‟ati ham katta hajmdagi vazifalami 
bajardi. Bu davrda 0„zbekistonda 36 mahalliy va 14 evakuatsiya qilingan 
Moskva Davlat yahudiy teatri, Shevchenko nomidagi Xarkov Davlat teatri, 
Moskva revolyutsion teatri, Mayakovskiy nomidagi va boshqa teatrlar 
faoliyat ko„rsatdi. Toshkent, Yangiyoi va Andijonda yangi teatrlar ish 
boshladi. 
0„zbekiston kompozitorlari 1943-yilning o„zidayoq 400 ga yaqin 
mudofaa «vatanparvarlik» qo„shiqlarini, kompozitorlar xalqqa manzur 
boigan «vatanparvarlik» mavzuidagi muzikali drama, opera va balet 
asarlarini ham yaratdilar. 
0„zbekiston san‟atkorlarining urush yillaridagi ogir mehnat- larini 
baholash nihoyatda qiyin. Faqat 1942-1944-yillar davomida teatr jamoalari 
203 yangi asami sahnalashtirdilar. 187568 spektakl va konsert ko„rsatildi. 65 
million kishi san‟atkorlaming chiqishlarini tomosha qildi
1

Turli janrlar bo„yicha ixtisoslashtirilgan 30 ta konsert briga- dalarining 
kuchi bilan harakatdagi jangchilar uchun 15 ming marta, respublika 
shaharlaridagi harbiy kasalxonalarda davolanayotgan jangchilar uchun ham 
15 ming marta konsert
2
uyushtiriladi. 
Urushdagi tarixiy g„alabada o„zbek xotin-qizlar front-konsert 
brigadasining ham munosib ulushi bor. Brigada ahli 1942-yilning avgustidan 
1945-yil may oyiga qadar urushning o„n ikki frontida 1200 marta konsert 
qo„yib berdi. 
Xalqning katta olqishi va hurmatiga sazovor boigan san‟at 
yulduzlarimiz Halima Nosirova, Olim Xo„jayev, Razzoq Hamroyev, Abror 
Hidoyatov, 
Sora 
Eshonto„rayeva, 
Mukarrama 
Turg„unboyeva, 
Tamaraxonim, Abbos Bakirov, Lutfixonim Sarimsoqova, Shukur 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling