O'zbekiston tarixi


 «Hayot va iqtisod» jumali, 1990-yil, 1-son, 11-12-betlar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet394/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «Hayot va iqtisod» jumali, 1990-yil, 1-son, 11-12-betlar.
521


Sho„rolar hukumati sof mustamlakachilik siyosati olib bordi. 
O'zbekistonni o„zining asosiy xom ashyo etkazib beruvchi minta- qalaridan 
biriga aylantirdi, yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab 
chiqaradigan korxonalami rivojlantirishni o„zining bosh maqsadi qilib 
qo„ydi. 1946-1985-yillarda 0„zbekistonda elektro- energiya sanoatini 
rivojlantirish maqsadlarini ko„zlab Angren, Navoiy, Chorvoq, Toshkent 
elektr stansiyalari, umumiy quwati 300 ming kvt dan oshadigan 19 ta 
Chirchiq-Bo„zsuv gidroelektr stansiyalari, quwati 126 ming kvtga boradigan 
Farhod GESi qurilishi poyoniga etkazildi. Markaziy Osiyoda eng yirik 
boigan va umumiy quwati 3 million kvtga yetadigan Sirdaryo GRESi qurib 
bitkazildi. 
Shu yillar mobaynida yengil va oziq-ovqat sanoatining bir qator 
korxonalari qurilib ishga tushirildi. Chimboy yog„ zavodi, Toshkent trikotaj 
fabrikasi, Namangan sun‟iy tola zavodi, Yangiyo„lda tikuvchilik fabrikasi 
(1945-1950), Buxoro, Uchqo„rg„on va Qo„qon yog„ zavodlari, Toshkent 
Chinni korxonasi (1951-1955), Pop rezina mahsulotlari zavodi, Toshkent, 
Nukus, Xo„jayli va Olmaliqda katta panellar ishlab chiqarishga moslashgan 
kombinatlar, Ohangaron sement zavodi, Yangiyo„l konditer fabrikasi, 
Namangan konserva zavodi, Shahrisabz go„sht kombinati, Urganch, 
Namangan va Navoiyda sut zavodlari (1959-1965), keyingi yillarda Angren 
rezina kombinati, Xiva gilam fabrikasi, Koson yog„-moy zavodi, Toshkent 
motor zavodi, Samarqand maishiy xolodilniklar-muzlatgichlar zavodi, 
Quvasoy chinni buyumlar zavodi (1966-1985) va boshqalar qurilib ishga 
tushirildi. 
0„zbekistonda Sovet hukumatining rangli va qora metallurgiya, ko„mir 
ishlab chiqarish, gaz va neft mahsulotlarini qazib olish, taransport va aloqa 
tarmoqlarini rivojlantirish, kapital qurilish hamda shaharsozlik kabi 
sohalarga e‟tibor berganligi to„g„risida keragidan ortiqcha yozilgan. 
Jumladan, 0„zbekistonning poytaxti Toshkent Markaziy Osiyo- ning 
yirik shaharlaridan biridir. Unda 250 dan ortiq sanoat korxonalari bor. 
Shahar, ayniqsa 1966-yilda ro„y bergan tabiiy ofat - yer silkinishidan so„ng 
rivoj topdi. Shaharda o„nlab ulkan qurilishlar yuzaga keldi. Xalqlar do'stligi 
saroyi, Toshkent metrosi, Paxtakor Markaziy stadioni va boshqalar 
shahrimiz ko'rkidir. 1946-yildan so„ng O„zbekistonda o„nlab shaharlar 
paydo bo„ldi. Bular Olmaliq, Angren, Guliston, Yangiyo„1, Yangiyer, 
Zarafshon, Yangiobod, Shirin, Navoiy, Taxiatosh va boshqalardir. 1946-
1985-yillarda 0„zbekis- 
522


tonda yirik va kuchli gaz sanoati kompleksi yaratildi. Jarqoq, Gazli, Uchqir, 
Saritosh, Muborak, Sho„rtan, 0„rtabuloq, Yangi qazgan kabi yirik gaz 
konlari topildi va ishga tushirildi. Natijada, 1940-yilda 0„zbekistonda 0,7 
milliard kubometr gaz qazib olingan bo„lsa, bu ko„rsatgich 1966-yilda 22 
milliard 566 million
1
kubometmi, 1970- yilda - 32,1 million, 1980-yilda - 
34,8 million
2
va 1986-yilda esa 38,6 million kubometmi tashkil etdi. Bu hoi 
0„zbekiston yoqilg„i tizimida gaz hissasining keskin oshishini ta‟minladi. 
Oqibatda 1960- yilda yoqilg„i tizimida gaz iste‟mol qilishning hissasi 8,6 
foizga teng bo„lgan boisa, 1970-yilda bu daraja 64,6, 1980-yilda - 79,6, 
1985- yilda esa 80,2 foizni tashkil qildi. Ammo, d. ^qatni tortadigan eng 
muhim joyi shundaki, 0„zbekistonning yer qa‟ridan qazib olinadigan bebaho 
boyligi - zangori olov 0„zbekiston mehnatkashlarining kosasini oqartirishga 
xizmat qilmadi, balki asosan «og„alarimiz»ning go„shalarini qizdirdi, 
mustamlakachilarga behisob boyliklar keltirdi. Chunki Muborak, Sho„rtan, 
Gazli va boshqa konlardan 1-3 kilometr uzoqlikda joylashgan qishloqlar, 
ovullar va aholi punktlarida yashayotgan mahalliy xalq yantoq, g„o„zapoya 
yoqib qozonini qaynatishga majbur boigani holda, 0„zbekistonning zangori 
olov boyliklari yer osti gaz quvurlari orqali Uralning sanoat markazlariga, 
Moskvaga, hatto Yevropa davlatlariga oqizildi. Jami boiib 0„zbe- kiston 
gazining 70 foizdan ortigi mamlakatimizdan tashqariga yuborildi. 
Yer ostidan qazib olinib yuz foiz markazga jo„natilgan ming- ming 
tonnalab oltin, uran va boshqa tengi yo„q qimmatbaho boyliklar va 
ma‟danlar to„g„risida gapirmasa ham boiadi. 
Sovet hukumati 0„zbekiston hududida mavjud boigan katta hajmdagi 
oltin va kumush zahiralarini izlab topish va qazib olib ketish uchun zamr 
boigan kapital mablagiami ayamasdan sarfladi. Buni quyidagi raqamlar 
yaqqol isbotlaydi: 1966—1970-yillar davomida ana shu maqsad yoiida 107 
million so„m kapital mablag„ sarflangan boisa, 1971-1975-yillarda bu 
ko„rsatkich 183 million so„m va 1976-1980-yillarda esa 292 million so„mga
3
teng boidi. Bu sohaga ajratilgan kapital mablag„ hajmi 1981-1985-yillarda 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling