O'zbekiston tarixi
0‘zR PDA, 58-fond, 342-ro‘yxat, 166-ish, 39-varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘zR PDA, 58-fond, 342-ro‘yxat, 166-ish, 39-varaq. 2 O'zR PDA, 58-fond, 357-ro‘yxat, 109-ish, 15-varaq. 3 O'sha manba. 535 1979- yil 27-dekabrda yo„llagan 32/1774 s sonli xatiga qaraganda, respublika umumittifoq fondi hisobidan 1980-yilda faqat mevaning o„zidan 3 ta vazirlikkagina: SSSR Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va SSSR Ministrlar Soveti qoshidagi Davlat Xavfsizlik Qo„mitasiga 4584 tonna mahsulot yuborgan: 1. Pista -194 tonna. 2. Quruq meva - 4230 tonna. 3. Qovun - 100 tonna. 4. Tarvuz - 150 tonna. 5. Uzum - 10 tonna 1 . Faqat 1981-yilda 0„zbekiston Moskva, Leningrad va RSFSRning boshqa Markaziy sanoat markazlariga 900 ming tonnaga yaqin sabzavot, karam va bog„dorchilik mahsulotlari jo„natdi 2 . 0„zbekiston Respublikasi 1984-yilda Moskva shahri aholisi uchun sabzavotchilik mahsulotlari etkazib berish topshirig„ini 103 foiz qilib ado etdi. Ammo Moskva shahar kompartiya qo„mitasi kotibi V.V.Grishin KPSS MQ nomiga arznoma xati yozib, 0„zbekiston SSR moskvaliklarga pomidor, karam, qizil lavlagi, uzum va boshqa mahsulotlami yetkazib berish rejasini bajarmaganligidan norozi boiib shikoyat qiladi 3 . Ana shu shikoyat asosida KPSS MQ 1984- yil 17-oktabrda maxsus qaror qabul qildi. Qarorda 0„zbekiston SSR mutasaddi idora va tashkilotlarining RSFSRning Moskva va boshqa shaharlariga sabzavot, poliz va bog„dorchilik mahsulotlari yetkazib berish sohasidagi ishlarini qoniqarsiz deb topildi va bu boradagi yo„1 qo„yilgan «xato va kamchiliklar»ni tezda tugatish talab qilindi 4 . Yaylovlaming paxta ekiladigan maydonlarga aylantirilganligi natijasida chorva mollari tuyogining umumiy soni keskin qisqarib ketdi. Bu hoi o„z navbatida respublika aholisi uchun juda zarur boigan go„sht, sut va sut mahsulotlarini yetishtirishni juda og„ir ahvolga solib qo„ydi. 0„zbekistonda 1960-1986-yillarda 1940-yilga taqqoslaganda aholining o„sish sur'atlari 282,2 foizni tashkil etgani holda paxta yetishtirish 388,4 foizni tashkil etgan, sigirlar, qo„y-echkilar va otlaming o„sishi esa aholi o„sishidan juda ham orqada qolgan. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling