O'zbekiston tarixi
Muhitdinov N. Kremlda o'tgan yillarim. -T.:0‘zbekiston, 1995, 78-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Muhitdinov N. Kremlda o'tgan yillarim. -T.:0‘zbekiston, 1995, 78-bet. 2 O'zR PDA, 58-fond, 356-ro‘yxat, 37-ish, 4-varaq. 533 millat uchun jon kuydiradigan yaxshi va vijdonli vakillaridan biri edi. U 1950-1951-yillarda 0„zbekiston SSR Oliy Kengashining, 1951-1953 va 1954-1955-yillarda Ministrlar Sovetining raisi vazi- falarida ishladi. Nuritdin Muhitdinov 1955-yildan 1957-yilgacha 0„zbekiston Kompartiyasini boshqardi. U o„zining tashkilotchiligi, mehnatsevarligi, notiqlik san‟ati, el va millat ishi uchun fidoyiligi bilan xalq o„rtasida obro„-e‟tibor qozondi. Ammo u mustamlakachi mustabid tuzum qobig„idan chetga chiqib keta olmadi va chiqib keta olmas ham edi. Shu tuzum qobig„ida turib xalqi va millati manfaatini o„z imkoniyatlari darajasida himoya qildi. N.A.Muhitdinovning shaxsan tashkilotchiligi va rahbarligida 1956-yil 11-13-oktabrda 0„zbekiston tarixida birinchi marta respublika ziyolilarining qurultoyi o„tkazildi. Unda katta ma‟ruza bilan chiqqan Kompartiya kotibi o„z mafkuraviy dunyoqarashi doirasida fan ravnaqi, kadrlar tayyorlash, madaniy-tarbiyaviy faoliyat, adabiyot va san‟at, baynalmilal tarbiya muammolari, I.Stalin shaxsiga sig„inish davridagi, mafkuraviy ishlarga partiyaviy rahbarlikda yoi qo„yilgan xatoliklar va nuqsonlami atroflicha tanqid qildi. 0„zbekistonda, xalq o„rtasida Nuritdin Akramovich Muhitdinov obro„- e‟tiborining ko„tarilib boiishi Moskva rahbariyatini tashvishga solib qo„ydi. Chunki, Moskva N.Muhitdinov singari iste‟dodli arboblaming umumxalq suyanchig„iga aylanishini mustamlakachi tuzum uchun xavf deb bilardi, u hammani - oddiy xalqdan tortib barcha mahalliy rahbarlargacha tobelik mhida tarbiyalanishidan manfaatdor edi. Shu boisdan ham Moskva xamirdan qilni sug„ur- ganday ustalik bilan N.A.Muhitdinovni KPSS MQsining Siyosiy Byuro a‟zoligi va kotibligiga saylab «yuqoriga ko„tardi». Shu ko„targanicha uni o„ttiz yil mobaynida 0„zbekistonga qaytishiga izn bermadi. Bu Nuritdin Akramovich Muhitdinovga nisbatan amalda surgun bilan teng boiib, 0„zbekiston uchun juda katta yo„qotish hisoblanar edi. Ayni paytda N.A.Muhitdinov mustamlakachi qizil saltanat va Kompartiyaning 0„zbekiston va millatga qarshi qaratilgan siyosatining ishtirokchisi ham edi. Uning Mirzacho„1 yerlarini o„zlash- tirish va paxta yakkahokimligini o„matish bobidagi sa‟y-harakatlari, tashabbuskorligi va tashkilotchiligi milliy manfaatlarimizga katta zarar keltirdi. N.A.Muhitdinovning kamchiligi shunda ediki, u Kommunistik partiyaga, uning g„oyaviy-siyosiy va iqtisodiy dasturiga, shovinistik qizil saltanat - SSSRga chin dildan ishonardi, o„zi 534 bilan birga yelkadosh bo„lib ishlagan, aslida milliy raqiblarimizni haqiqiy «baynalmilalchilar» deb hisoblardi. Bunga «Kremlda o„tgan yillarim» deb nomlangan N.Muhitdinovning esdaliklar kitobini o„qigan har bir kishi to„la ishonch hosil qilishi mumkin. Respublika birinchi rahbarlarining Markaz bilan munosabatlari «aytsam tilim aytmasam dilim» qabilida edi. 0„zbekiston SSRning barcha viloyatlari va QQASSRning rahbarlari asosiy diqqat-e‟tiborini paxta etishtirishga qaratib xalq xo'jaligining boshqa sohalariga panja orasidan qarab keldilar. Xususan, kartoshka, sabzavot va bog„dorchilik mahsulotlarini yetishtirish masalalari e‟tibordan chetda qoldi, oz miqdorda rejalashtirilgan topshiriqlar ham bajarilmadi, gektaridan olinadigan hosil miqdori ham hech kimni qiziqtirmadi. 1976-1980-yillarda meva-sabzavot yetishtirish rejalarini Jizzax viloyati 71%, Farg„ona viloyati - 78% Xorazm viloyati - 81% va Surxondaryo viloyati - 87% ado etdi, xolos. 1980-yilda respublika bo„yicha 167 xo'jalik sabzavot, 136 xo„jalik kartoshka, 85 xo„jalik bog„dorchilik, 244 xo„jalik meva, 150 xo„jalik uzum, 142 xo„jalik go„sht, 295 xo„jalik sut, 136 xo„jalik tuxum tayyorlash rejasini bajarmadi 1 . 1985-yilda QQASSR xo„jaliklarida kartoshka ekish rejasi 72 foizni tashkil etgan bo„lsa, Jizzax viloyatida - 73, Sirdaryoda - 45, Toshkent viloyatida - 92 foiz bajarildi. Kartoshkadan gektar boshiga olinadigan hosildorlik Buxoro viloyatida 33 sentnerdan oshmadi, Navoiy viloyatida - 34, Qashqadaryo viloyatida 46 sentnerga teng boidi 2 . Natijada bu sohalar bo„yicha davlatga mahsulot sotish rejalari oida-joida qolib ketar edi. Jumladan, Toshkent viloyati bo„yicha 1985-yilda davlatga sabzavot topshirish rejasi 76 foiz, kartoshka - 70 foiz, bog'dorchilik mahsulotlari - 78 foiz, uzum topshirish rejasi 65 foizni tashkil etdi. Xuddi shunday ahvol QQASSR, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida ham qayd etildi 3 . Ana shu kam miqdorda yetishtirilgan mahsulot ham mar- kazlashtirilgan reja asosida RSFSRning sanoatlashgan Markaziy shaharlariga tashib olib ketilar edi. 0„zbekiston SSR ministrlar soveti raisining o„rinbosari T.N.Osetrovga SSSR Savdo vazirining o„rinbosari S.D.Aleshinning Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling