O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
O'sha manba, 27-varaq. 2 O'sha manba, 635-ish, 40- varaq. 656 orqali chiqishlar qilib jahon jamoatchiligining diqqat e‟tiborini qaratdilar. Pokistonlik Mavlon Ragib Hasan 1957-yilda 0„zbekistonda boiib qaytgach, 1958-yilda «Islamik revyu» jumalida «Sovet Ittifoqi haqida mening taassurotlarim» deb nomlangan maqola bilan chiqdi. U SSSR ga kelgan Pokiston delegasiyasiga mamlakat bo„ylab erkin safar qilishga imkoniyat berilmadi, hatto Buxoro va Termiz shaharlariga ham borishga ruxsat etilmadi, «bizning kelganligimiz 0„zbekistonning ruslashtirilgan Markazi - Toshkentda bekorga ketdi» 1 , deb yozadi. Mavlon Ragib Hasan SSSRda Islom diniga qarshi shafqatsiz kurash ketayotganligini yozadi. Uning ta‟kidlashicha, Turkistondagi 27000 masjiddan bir nechaginasi qolgan xolos. Hammasi boiib bizga Toshkentda 10 ta, Samarqandda 4 ta, Dushanbeda 3 ta masjidni ko„rsatdilar, deydi u. «Imom Buxoriy» qabristoni achinarli ahvolda. «Bibixonim», «Registon», «Sherdor», «Mirzo Ulug„bek» singari ajoyib arxitektura ansambllari hisoblangan madrasalar xarob holga kelib chang bosib yotibdi». 0„z xotiralarim davom ettirib u yozadiki, «Buxoroda 350 ta islom madrasalari bor edi. Bu madrasalarga 0„rta Osiyo va Rossiyaning Yevropa qismidan minglarcha toliblar kelib ilm olar edilar. Kommunistlar Buxoroning hamma madrasa va masjidlarini yo„q qildilar. Hozir ular Mir-Arab madrasasini yangitdan ochdilar. Shu boisdan bizning Buxoroga borishimizga ruxsat bermadilar» 2 . «Yaqinda, - deydi u, - Sovet hukumati muqaddas Qur‟onni chop etdi. Ammo bu arab mamlakatlariga tashviqot nuqtayi-nazaridan qilindi, chunki birorta musulmon bolasi yoki qizi arabcha o„qishni bilmaydi va katta yoshdagilar orasida ham bundaylar kam topiladi. Arab alfaviti taqiqlangan» 3 . Mavlon Ragib Hasan xulosalariga ko„ra, sovet musulmonlari dunyodan mutlaqo uzib qo„yilganlar, hatto Ittifoqdagi musulmonlar ham bir-birlarini yaxshi bilmaydilar, ular milliy va irqiy belgilarga qarab boiib yuborilgan. Ilgari arab alfavitida boigan o„zbek, tojik, fors, tatar, qozoq va boshqa xalqlarga «zo„rlab rus kirilitsasi tiqishtirildi» 4 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling