Qular qonda suzgan qasrlar,
Judab yitar sangin saltanat,
So‘qir bo‘lar asriy nahsdan Bino boigan
yovuz shaytanat.
Abdulla Oripov «o„zbeklar ishi» deb atalmish tavqi la‟natni
butun
millat, butun boshli xalq bo'yniga «ilib», ming-minglab begunoh
vatandoshlarimizni qatag'on qilgan mushtumzo„r
mustamlakachilarga
qarata yozgan «Javob» she‟rida quyidagi satrlami bitadi:
0 ‘zbekning yeridan jo'nagan ne’mat
Sening ham umringga yegulik qadar.
Ayt, kimning mehridir bu ulug‘ davlat,
Endi himmatimdan qildingmi hazar?
Tosh bersa yutguvchi ey, nafsi yoriq,
Xayru ehsonimni mayli unutgin.
Elkang to‘n ko‘rmasin, oyog‘ing choriq,
Do‘stga xor boiginu biri kam o‘tgin.
O, xalqim, ochiq qoi hotamsan azal,
Atoyi xudo de mayli mehmonni.
Lekin nonko‘rlarin uchratgan mahal
Og'ziga tiq endi tipratikonni.
Jangovar va tezkor adabiy janr - publisistika vositasida o„zbek
ijodkor ziyolilari vatan va xalq manfaatlari yoiida fidoyilik qildilar.
Ijodkorlar Odil Yoqubov,
Abduqahhor Ibrohimov, Muhammad Ali,
Yoidosh Muqimov, Pirimqul Qodirov va boshqalar
respublika va Ittifoq
matbuoti sahifalarida 0„zbekiston hayotining dolzarb muammolarini
ko„tarib chiqdilar. Bu harakatlaming
barchasi xalq ommasi milliy
ongining o'sishiga ma‟naviy ozuqa berdi va 80- yillaming ikkinchi
yarmida milliy ozodlik toiqinining qudratli ko„tarilishiga sabab boidi.
Xullas, Sovet tuzumi ko„p jihatdan
juda katta va halokatli jar
yoqasiga, boshi berk ko„chaga kirib qolgan edi. Uni bunday halokatli va
bo„hron ko„chasidan olib chiqish amri mahol boisada, M.S.Gorbachev
boshliq KPSS MQ «chiqmagan jondan umid»
qabilida uni saqlab
qolishga harakat qilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: