O'zbekiston tarixi
E t t i n c h i b o b
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
663
E t t i n c h i b o b 0‘ZBEKIST0N «QAYTA QURISH» YILLARIDA. MAMLAKATDA KENG QAMROVLI BO‘HRONNING KUCHAYISHI l- §. Mustamlaka saltanatini saqlab qolishga so‘nggi muvaffaqiyatsiz urinish Sovet jamiyati 80-yillaming o„rtalariga kelib ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boshi berk ko„chaga kirib qoldi. Bunday bo„hronli hodisaning asosiy sababi Sovet tuzumining jamiyat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti talablariga bardosh beraolmaganligi, hayot sinovidan o„taolmaganligi va siyosiy tizim sifatida yaroqsiz boiib qolganligida edi. Ammo KPSS MQ Bosh kotibi M.S.Gorbachyov avtoritar tuzumni saqlab qolishga muvaffaqiyatsiz urinib ko„rdi. U KPSS Markaziy Qo„mitasining 1985-yil aprel Plenumida Sovet tuzumini «qayta qurish», jamiyatning barcha sohalarini chuqur isloh qilishdan iborat nomaqbul konsepsiyani ilgari surdi. M.S.Gorbachyov «Qayta qurishning mohiyati aynan shundan iboratki, u sotsializm bilan demokratiyani birlashtiradi, sotsialistik qurilish lenincha konsepsiyasini nazariy va amaliy jihatdan toia- to„kis tiklaydi», deb ishongan edi. Biroq, qizil saltanat va kommunistik mafkura asrimizning 80- yillariga kelib, o„z istiqbolining porloq emasligini, aldamchilik va yolg„onchilikdan iborat misi chiqqan siyosat bilan mustamlaka va ulug„ davlatchilikka asoslangan tuzumni bundan keyin saqlab qolaolmasligini anglay boshladi. Endi u obyektiv haqiqat qarshisida cho„g„ ustida turgan odam- dek o„zini har tarafga tashlashga, bu tahlikali va oxir-oqibati tanazzul bilan tugaydigan istiqbol qarshisida qandaydir yoi topish talvasasiga tushib qoldi. Boshqacha qilib aytganda, Sovet tuzumi milliy or-nomusi va vijdoni uyg„onib, o„z haq-huquqi va insoniy qadr-qimmatlarini talab qilayotgan, mustamlaka iskanjasida saqlanayotgan respublikalar va xalqlaming qonuniy milliy ozodlik toiqiniga duch keldi. Bu qudratli toiqin jahon xaritasidagi so„nggi va oxirgi mustamlakachi Sovetlar saltanatini jahannam to„riga uloqtirib tashlashi hech gap emas edi. 664 Kommunistik mafkura xohlaydimi-yo„qmi, o„z g„oyalarini qisman o„zgartirishi, ish uslubining yangi shakllarini izlab topishi, qisqasi, qandaydir o„zgarish qilishi kerak edi. Ana shu harakatlaming mahsuli sifatida Gorbachevcha «qayta qurish» siyosati dunyoga keldi. Bir qarashda, qayta qurish siyosati mamlakatda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolaming haq-huquqlari va erkin- liklarini kengaytirish borasida maium darajada ijobiy siljishlarga olib keldi. Biroq, bu asl manzaraning tashqi ko„rinishi edi, xolos. Bu sirti yaltiroq, ichi qaltiroq jamiyatda oynaning teskari, ammo haqiqiy tomoni ham bor edi. Jumladan, Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling