kechayotgan bunday katta tarixiy ijtimoiy-siyosiy voqealarga Markaz
M.S.Gorbachev boshchiligida albatta befarq
qarab turmasligi hammaga
ay
on
edi.
Binobarin
Moskva
0„zbekistondagi
bunday
«o„zboshimchalik»lardan tashvishda edi. Va uni tezda «jilovlab» qo„yish
chorasini izlamoqda edi. Vaziyat shu darajada keskin tus oldiki,
M.S.Gorbachev 0„zbekiston Prezidenti Islom Karimovni «o„taketgan
amalparast» deb atadi va undan qutulish uchun tazyiq o„tkazishning
barcha choralarini ishga soldi. Islom Karimovning o„zi bu haqda shunday
degan edi:
«1990-yilning 26 martida O‘zbekiston Oliy Soveti
Prezidentlikni joriy etdi va meni shu lavozimga sayladi. Shundan so‘ng
men Moskvaga SSSR Davlat Kengashi yig‘ilishiga keldim. Gorbachyov
meni O‘zbekiston prezidenti deya piching, haqoratamuz so‘zlar bilan
Kengash a’zolariga tanishtirdi va tartibga solib qo‘vishga va’da berdi.
Bu yerda u prezidentlikni bekor qilishni nazarda tutdi. Men unga
shunday javob berdim: «Agar suhbat shunday davom etadigan bo‘lsa,
men Kengashni tashlab ketaman». So‘ng Moskva har qanday yo‘1 bilan
bo‘lsa ham meni olib tashlashga urindi, ammo hech narsaga erisha
olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. Meni qo‘llab-quwatlagan xalq
ham boshqacha fikrlay boshlagandi»
Do'stlaringiz bilan baham: