O'zbekiston tarixi
0‘zR. MDA, 126-fond, 1-ro‘yxat, 609-ish, 8-varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘zR. MDA, 126-fond, 1-ro‘yxat, 609-ish, 8-varaq. 163 millati vakillaridan 7 kishi majlis deputatlari tarkibiga kiritildi. Qoraqalpoqlaming vakillari ham Majlisda o„z o„miga ega boiadi. Bular, albatta, jadidlar rahbarligida boshlangan ozodlik va erk uchun kurashning dastlabki yutuqlari edi. Ammo bu g„alaba uzoqqa bormadi. U bor yo„g„i 7 oy umr ko„rdi, xolos. Asfandiyorxon Rossiya muvaqqat hukumatining Xivadagi vakili general Mirbadalovga suyangan holda 1917-yil iyun oyining boshlarida jadidlar boshliq majlisga qarshi fitna uyushtirdi. General Mirbadalov Xiva xonligidagi reaksion kuchlarga tayanib Yusuf Oxun, Jalol Oxun, Davlat Oxun, Tavdiy afandi, Mulla Ramazon va boshqalar rahnamoligida ko„hna Ark yaqinida maxsus miting tashkil qildi. Miting qatnashchilari Yosh xivaliklami «dindan qaytgan kofirlar» deb eion qildilar va deputatlar majlisini tarqatib yuborishga da‟vat etdilar. Bu paytda Bobooxun Salimov va «Yosh xivaliklar»ning boshqa yirik namoyandalari Toshkentga Sho„ro hukumatidan yordam so„rash uchun jo„nab ketgan edilar. Xon Nozirlar kengashining raisi H.Matmurodov boshliq jadidlaming 17 vakilini qamoqqa oldi. Keyinchalik ulaming juda oz qismi qamoqxonadan qochishga muvaffaq boidi. Qolganlari esa otib tashlandi. Jadidlar «Shariatga xiyonat qilgan»likda ayblanib ta‟qib ostiga olindilar va quvgin qilindilar. Xiva xoni majlisga yangidan «saylov» oikazdi. Uning raisi qilib Ortiq Oxun saylandi. Nozirlar kengashining raisi lavozimi esa Bosh vazir deb qayta nomlandi va unga Isoqxo'ja tayinlandi. Bu amalda o„ziga xos davlat to„ntarishi edi. Bu ishni amalga oshirishdagi xizmatlari uchun xon Mirbadalovga 40 000 so„m pora berdi 1 . B.Salimovning boshi uchun katta miqdorda pul va‟da qilindi. Uning singlisi Ullijonbiy tutib olinib, qiynab oidirildi. Shundan so„ng B.Salimov va boshqa jadidlar yashirin faoliyat yuritishga majbur boidilar. Ulaming ko„pchiligi Amudaryoning narigi tomonidan, sho„ro hokimiyati o„matilgan o„ng sohilidan boshpana topdilar. Asfandiyorxon mamlakatda xalq noroziliklarini bostirish va jadidlami «tartib»ga chaqirishda ms askarlaridan foydalandi. 1917- yil iyulda Rossiya muvaqqat hukumati Xiva xonligida maxsus harbiy ma‟muriyat tashkil etdi. Harbiy komissar Zaysev xonga Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling