O'zbekiston tarixi
Непесов P. Из истории Хорезмской революции, 1920-1924 гг. - Т.: «Госиздат»
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Непесов P. Из истории Хорезмской революции, 1920-1924 гг. - Т.: «Госиздат», 1962, 71-bet. 164 yordam uchun jazo otryadlarini tashkil etib, shahar va tumanliklarga taqsimlandi. Xalq ommasining haq-huquqlari rus askarlari tomonidan toptaldi va oyoq osti qilindi. Bu ham yetmagandek, 1917- yilda xonlik hududida ocharchilik avj olabordi. May oyida Xiva shahrida «ochlik isyoni» ko„tarildi. Bu to„g„rida 1917-yil 27- avgustda Toshkentda chop etiladigan «Ulug„ Turkiston» gazetasi quyidagilami yozgan edi: «Hozirgi paytda Xivada dahshatli ochlik kuchaydi, mamlakat shaharlarida och qolganlaming qo„rqinchli isyoni avj oldi» 1 . Mamlakatda ana shunday og„ir bir sharoitda 1917-yil sentabrda Junaidxon o„z qurolli to„dalari bilan Xivaga qaytib keldi. U 1916- yildagi qo„zg„olon davrida Afg„onistonga o„tib ketgan edi. Junaidxon xonlikda juda katta o„zgarishlar yasashga muvaffaq boidi. Junaidxon murakkab shaxs. Uning tarixda tutgan о„mi haqida turli manbalarda turlicha fikrlar mavjud. Sho„rolar tarixida u «o„g„ri», «qaroqchi», «siyosiy tovlamachi», aksilsho„roviy adabiyotda esa «turkmanlaming qahramoni» deb ko„rsatilgan. Sho„ro tarixchilari voqea va hodisalami soxtalashtirishda ustasi farang boisalar, albatta aksilsho„roviy muxoliflar ham ulardan qolishmaydilar. Junaidxon turkmanlaming yovmid urugidan, j unaid naslidan chiqqan. Uning asl nomi G„urban Mamed (ya‟ni Qurbonmamad) boigan. U dastlab o„z ovulida qozi boigan, miroblik qilgan. Qoraqum sahrosida o„z yigitlari bilan bir necha savdo karvonlarini talab, «sardor» nomini ham olgan, bir necha kichik «sardor»lami o„ziga tobe qilgan va shu tariqa nom chiqargan. So„ng u o„zini Xiva taxtiga da‟vogar deb eion qiladi. Shu bois uni yovmidlaming junaid nasli xoni - «Junaidxon» deb ataganlar. Junaidxon o„z yigitlari bilan to„g„ridan-to„g„ri Xiva xonligiga xavf solib turgan kommunistik bosqinga, ya‟ni sho„ro hokimiyatiga qarshi bosh ko„tardi. Uning bu maqsadi nafaqat Asfandiyorxonga, balki Chor Rossiyasining Xivadagi barcha aksilsho„roviy harbiylariga va umuman milliy mustaqillik uchun kurashayotgan kuchlarga ayni muddao edi. Asfandiyorxon 1918-yil yanvarida Junaidxon bilan aloqa o„matdi va xonlikni birgalikda idora qilish hamda bolsheviklarga qarshi kurashish maqsadida Xivaga taklif qildi. Junaidxon va uning tarafdorlari xonning oliy amaldorlari oldida eski qabila va umg„chilik asoslaridagi adovatlami unutib, sidqidildan 1 0„shajoyda. 165 rus bolsheviklari Xiva xonligida «qoibola proletar inqilobchi»ni tayyorlash uchun barcha jirkanch, noqonuniy, nodemokratik va noxalqchil xatti- harakatlami ishga soldilar. Ular turli nayranglar bilan taraqqiyparvar jadidlar va oddiy mehnatkash xalqdan «inqi- lobchilar» yasadilar. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda «Taxtaqal‟a sulhi» Xiva xonligi uchun o„ziga xos tuzoq rolini o„ynadi. Chunki bu sulh Xiva xalqiga o„z taqdirini o„zi belgilashini rasman e‟lon qilishi bilan uni chalg„itdi va Sho„ro hukumatining go„yo tinchliksevar bo„lganligini soxtakorlik bilan ko„rsatib xalq ongini zaharladi. Bu sulh kuch to„plab olish va nafasni rostlash uchun Sho„ro niqobidagi bosqinchilarga juda zarur edi. 1917-yil dekabr va 1918- yil yanvarida Sho„rolar Amudaryoning quyi oqimi va o„ng qirg„og„idagi To„rtko„1 (Petro Aleksandrovsk), Nukus, Chimboy, Qizil Arvot, Bayram Ali, Tejen, Krasnovodsk, Kazanjikda o„z hokimiyatlarini o„matdilar. 3 dekabrda Ashxobodda Kaspiy orti viloyati Xalq komissarlari kengashi tashkil topdi. Chunki, bu hududlarda ruslar boshqa joylardagiga nisbatan ko„pchilikni tashkil etar edi. Kommunistlar o„zlarining razil maqsadlarini amalga oshirish uchun To„rtko„l shahrini «Inqilob markazi»ga aylantirdilar. To„rtko„l siyosiy va strategik jihatdan juda qulay ahamiyatga ega joy edi. Shu boisdan ham RSFSR va uning Markaziy Osiyodagi asosiy tayanchi - Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi bu shaharga katta e‟tibor berdi. Bu yerga zudlik bilan Kaspiy orti frontidan bir necha harbiy boiimlar tashlandi. Ular maxfiy ravishda xonlikning ichkarisiga - Xiva va boshqa shahar va tumanlarga doimiy ravishda o„z «inqilobchi»larini - josuslarini yuborar edilar. Kommunistik tashviqotga aldanib Qalandar Odinayev, Bozorboy Suyarqulov, Shallazatdin Faxretdinov va boshqalar bolsheviklar Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling