O'zbekiston tarixi


Rossiya MDA, 1318-fond, 1-ro‘yxat, 715-ish, 107-varaq; M.Matkarimov. Xorazm


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
Rossiya MDA, 1318-fond, 1-ro‘yxat, 715-ish, 107-varaq; M.Matkarimov. Xorazm 
Respublikasi: davlat tuzilishi, Nozirlari va iqtisodi. - Urganch, 1993. 18- 19-betlar.
176 


Xorazm xalqining obro„-e‟tiborli va savodli farzandlari edilar. Xalq ommasi 
bu hukumatga xayrixoh bo„lib, uni qo„llab-quwatlar edi. XXShR o„z 
Konstitutsiyasi doirasida mustaqil davlat sifatida Xorazm xalqining tub 
manfaatlariga javob bera oladigan ichki va tashqi siyosat olib bordi. 
Konstitutsiyaviy tartib-qoidalar asosida o„lkadagi 22 tumanning (Xiva 
xonligida 20 tuman va 2 noiblik bo„lgan) hammasida 1920-yilning aprel-
may oylarida mahalliy Sho„rolar saylandi. Ular quyidagi tuman sho„rolari 
edilar: Darg„anota, Pitnak, Hazorasp, Beshariq, Honqa, Yangi Urganch
Gurlan, Qipchoq, Mang„it, Qilichboy, Monoq, Toshhovuz, Po„rsi, Xo„jayli, 
Qo„hna Urganch, Qo„ng„irot, Xiva, Ali-Eli (Ilolli), G„ozovat, Shovot, Xitoy, 
Qo„shko„pir. 
Har bir tumanda tuman Kengashlari tashkil etildi va 5-7 kishidan iborat 
Kengash tarkibi shakllantirildi. XXShRsining tashkil etilishi munosabati 
bilan Kompartiyaning Xorazm tashkiloti (filiali) ni tuzishga ham katta 
e‟tibor berildi. Bu tashkilot 1920-yil 28 mayda bo„lib o„tgan partiya 
a‟zolarining birinchi Butun Xorazm anjumanida rasmiylashtirildi. Partiya 
tashkilotiga A.Akchurin rais etib saylandi. Biroz vaqtdan so„ng A.Akchurin 
Buxoroga ishga o„tkazilgach, uning o„miga Mulla Jumaniyoz 
Sultonmurodov Xorazm Kompartiya Markaziy Qo„mitasining raisligiga 
saylandi. Kompartiya bilan ayni vaqtda Xorazmda komsomol, kasaba 
uyushmasi va pioner tashkilotlari ham tashkil etildi. Xorazm komsomoli 
faoliyatida kompartiyaning tashviqot-targ„ibotlariga aldanib jonkuyarlik 
bilan xizmat ko'rsatgan va oqibatda qatag„on qilingan Xorazm xalqining asl 
farzandlari Karim Boltayev (1901-1938), Davlat Rizayev (1903- 1937), 
Qurbon Olloberganovich Beregin (1904-1938), Masharip Qoriyev (1903-
1939) va boshqalaming alohida о„mi bor. 
RSFSR hukumati va kompartiya o„zining Xorazmdagi bosqinchilik va 
ulug„ davlatchilik siyosatini o„zaro «tenglik va do„stlik» aloqalari pardasiga 
o„rab amalga oshirdi. Rossiya Federatsiyasi ana shu siyosatga amal qilib, 
Bobooxun Salimov boshchiligidagi Xorazm Xalq Sho„ro Respublikasi 
delegatsiyasini Moskovda yuqori darajada izzat-ikrom bilan kutdi. 
Xorazmlik vakillar tarkibida Bobooxun Salimovdan tashqari yana Mulla 
0„roz Xo„jamuhamedov va Mulla Nurmuhammad Boboyevlar ham bor edi. 
Ular deyarlik uch oy mobaynida 1920-yil 9-iyuldan to sentabr oyining 
oxirlariga qadar Moskovda bo„lib, Rossiya Federatsiyasi hukumati bilan 
muzokaralar 
177 


olib bordilar, «xalqlar dohiysi» V.I.Lenin bilan uchrashdilar. Xorazm Xalq 
Sho„ro Respublikasi delegatsiyasi 1920-yil 19-iyulda Tavrida saroyida o„z 
ishini boshlagan III Komintemning II kongressi majlislarida ham bevosita 
ishtirok etdilar
1
. Ana shu tashrif davomida XXShR bilan RSFSR o„rtasidagi 
1920-yil 13-sentabrda o„zaro tenglik va birdamlik shartnomasi tuzildi. 24 
moddani o„z ichiga olgan mazkur shartnomani RSFSR tomonidan 
G.V.Chicherin va L.M.Karaxon, XXShR nomidan esa Bobooxun Salimov, 
Mulla 0„roz Xo„jamuhammedov va Mulla Nurmuhammed Boboyevlar 
imzolagan edilar. Unda RSFSR XXShRning to„la mustaqilligini tan oldi. 
Chor Rossiyasi bilan eski tuzilgan barcha shartnomalar tengsizlik asosiga 
qurilgan shartnomalar sifatida bekor qilindi. Podshohlik Rossiyasi davrida 
rus mulkdorlari tomonidan Xiva xonligi hududida barpo etilgan barcha 
banklar, zavod-fabrikalar, savdo korxonalari va boshqalami Xorazm Xalq 
Sho„ro Respublikasining mulki deb belgilandi. RSFSR bilan XXShR 
o„rtasidagi davlat chegarasi deb 
1920- 
yil 13 sentabrdagi chegara tan olindi va chegara belgilari 
qo„yishga kelishildi. Rossiya Federatsiyasida yashaydigan Xorazm Xalq 
Sho„ro 
Respublikasi 
fuqarolari, 
XXShRda 
yashaydigan 
RSFSR 
fuqarolarining huquq va burchlari belgilandi. Mazkur shartnoma 
1920- 
yil 29-sentabrda RSFSR MIQ sessiyasida va 1920-yil, 26- 
oktabrda XXShR Nozirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi
2
. Ammo bu 
shartnoma shartlari shunchaki sho„ro Rossiyasining bosqinchilik siyosatini 
yashirish maqsadida ilgari surilgan edi va shu boisdan ham u qog„ozda qolib 
ketdi. 
«Xalqlar dohiysi» V.I.Lenin Xorazm davlat vakillari bilan uchrashuv 
chog„ida «bundan keyin Xorazm xalqi o„z taqdirini o„zi belgilaydi», bu 
«inqilobiy g„alabadir», «Men sizlami bunday g„alaba bilan tabriklayman», 
deb aytgan. Bu tadbirlaming hammasi amalda Sho„ro Rossiyasining vaqtdan 
yutish va nafasni rostlab olish maqsadida ayyorlik bilan amalga 
oshirayotgan o„yinlari edi. Chunki bu davrda Sho„ro Rossiyasi har 
tomonlama bo'hronli boshi berk ko'chada boiib, kuchsizlanib qolgan edi. 
Ammo u tez orada o„zini o„nglab olib XXShR hukumatiga bosimni 
kuchaytira bordi, unga zarracha bo„lsa-da mustaqil ishlashga imkon 
bermadi. Chunki Sho„ro hukumati Markaziy Osiyodagi, shu jumladan 
Xorazm vohasidagi 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling