O'zbekiston tarixi
' 0‘zR. MDA, R-71-fond, 1-ro‘yxat, 1-shi, 11-varaq; Maqsud Matkarimov. Xorazm
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
' 0‘zR. MDA, R-71-fond, 1-ro‘yxat, 1-shi, 11-varaq; Maqsud Matkarimov. Xorazm
Respublikasi. Davlat tuzilishi, Nozirlari va iqtisodi.-Urganch, 1993, 14- bet. 173 o„z manfaatlari yo„lida boshqarish uchun butun chora tadbirlarni ko„rdilar. V.I.Lenin boshliq bolsheviklar Sankt-Peterburg, Toshkent va boshqa shaharlarda davlat to„ntarishini amalga oshirib sho„ro hukmronligini o„matish uchun qanday noqonuniy va harbiy to„ntarishni amalga oshirgan bo„lsalar, Xivada ham huddi ana shunday usullar bilan o„zlarining mustabid tartib-qoidalari va boshqaruv tartibotlarini o„mata bordilar. Xalqning mahalliy o„ziga xos shart-sharoitlari, tarixiy an‟ana va milliy urf-odatlari e‟tiborga olinmadi, nazar-pisand qilinmadi. 1920-yil mart-aprelning boshlarida Muvaqqat «inqilobiy hukumat» tarkibida nozirliklar tashkil qilindi. Hukumat rahbarlaridan ayrimlari ayni paytda nozirliklami ham bajardilar: Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov Muvaqqat «inqilobiy hukumat» raisiligidan,tashqari xorijiy (tashqi ishlar) noziri boTdi; Odamoxun Ortiqov Muvaqqat «inqilobiy hukumat» raisining yordamchisi. Mulla Navro„z Ro„zi- boyev - Muvaqqat «inqilobiy hukumat»ning kotibi; Mulla 0„roz Xo„jamuhamedov - Muvaqqat «inqilobiy hukumat» kotibining yordamchisi; Matpanoboy Madrahimov - Moliya noziri; Shayxutdin Hasanov - Harbiy nozir. (Asli Yangi Urganchdan, millati tatar, 1918- yildan RKP (b) a‟zosi, 1919-yildan boshlab Petro- Aleksandrovskdagi Xiva inqilobiy qo„mita a‟zosi bo„lib ishlagan); Polvonniyoz Xoji Yusupov - Oliy mufattish (davlat nazoratchisi) noziri, millati o„zbek, Yosh xivaliklar partiyasining a‟zosi, savdogar, Xiva jadidlari tarafdorlaridan; Eshonqori Jabborqulov - xalq xo„jaligi noziri. Ziyoli Yosh xivaliklar partiyasining a‟zosi, savdo-tijorat ishlari bilan shug„ullangan. Mulla Bekchon Rahmonov xalq madaniyati va maorif noziri. Millati o„zbek. Yosh xivaliklar partiyasining a‟zosi Bobooxun Salimov - adliya noziri. Millati o„zbek. Yoz xivaliklar partiyasining a‟zosi. Xiva xonining qozikaloni bo„lib ishlagan. Muvaqqat hukumat qoshida kundalik ishlami hal qilish bilan shug„ullanuvchi uch kishidan iborat hay‟at tashkil etildi. Lining tarkibiga Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov - rais, Polvonniyoz Xoji Yusupov va Bobooxun Salimovlar muovin etib kiritilgan edi 1 . Muvaqqat «inqilobiy hukumat» o„z faoliyatini Xiva xoni va amaldorlarining mol-mulklarini musodara qilib, davlat ixtiyoriga o'tkazishdan boshladi va bu to„g„rida bir qator dekretlar e‟lon qildi: «Xonning mulki to„g„risida dekret», «Vaqf yerlarini boshqarish Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling